N.V.Kuzmina o‘qituvchi faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga muvofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga qonstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni namoyon etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativlik (tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va gnostik (bilimlardan foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) qobiliyatlarni kiritadi. Bundan tashqari, N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni kiritadi.
O‘z ishini muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir qator zarur bo‘lgan umumiy va maxsus qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Umumiy qobiliyat deganda, har qanday inson faoliyatida yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘lgan, maxsus qobiliyat esa bolalarga ta’lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan pedagog faoliyati davomidagi kerakli qobiliyat tushuniladi. Umumiy qobiliyatlarga bu erda to‘xtalib o‘tmaymiz, chunki ular faqatgina pedagogik faoliyat bilan bog‘liq emas, maxsus qobiliyatni esa batafsil ko‘rib chiqamiz. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
Bu barcha maxsus qobiliyatlar-ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatish- uchta o‘zaro bog‘langan bilim olish, malaka oshirish va ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. Ular ontogenezda qachon va qanday shakllana boshlanishini, Shuningdek, qanday qonuniyatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish qiyin. Ulardan qaysilaridir tug‘ma hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, holbuki hozirgacha ilm-fan bu narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumot bera olmaydi. Boshqa qobiliyatlar kabi pedagogik qobiliyat ham tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda bolalarda shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin.
Maxsus pedagogik qobiliyatlar ichida bolalarni tarbiyalash qobiliyati o‘ziga xos sinfni tashkil etadi. Ular ichida asosiylar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Boshqa odamning ichki kechinmalarini to‘g‘ri baholay olish, hamdardlik, hamfikrlik (empatiya) qobiliyati.
Bolalar uchun qilayotgan ishlarda namuna va o‘rnak bo‘la olish qobiliyati.
Bolalarda olijanoblik hissini, yaxshi inson bo‘lishga xohish va intilishni, yuqori axloqiy maqsadlarga erishishni shakllantirish qobiliyati.
Tarbiyalanuvchi bolaning o‘ziga xos xususiyatlariga tarbiya ta’sirlarini moslashtira olish qobiliyati.
Odamda ishonch hissini uyg‘ota olish, uni tinchlantirisha olish, o‘z-o‘zini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash qobiliyati.
Har bir bola bilan muomala qilishning kerakli usulini topa bilishi, o‘zaro tushunishga erisha olish qobiliyati.
Tarbiyalanuvchi tomonidan o‘ziga nisbatan hurmat uyg‘ota olish, bolalar orasida hurmat qozona olish qobiliyati.
Pedagogning tarbiyachi sifatidagi qobiliyati ham uning o‘qituvchilik qobiliyatiga muvofiqdir. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi o‘qituvchi bo‘lishdan ko‘ra yaxshi tarbiyachi bo‘lish birmuncha murakkabroqdir.
Ba’zan yaxshi o‘qituvchi bo‘lib, nisbatan kuchsiz tarbiyachi bo‘lish mumkin. Ba’zan esa yaxshi tarbiyachi bo‘lib, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish murakkablik qiladi. Bu holat ayrimlarda o‘qituvchilik, ayrimlarda esa tarbiyachilik faoliyat doirasining asosiy ekanligini anglatadi.
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham borki, ularni aniq o‘qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga mansub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham bir xilda zarurdir. Bu narsa - pedagogik muloqot, muomaladir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib shunday yozgan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murakkab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning eng asosiy maqsadi - o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi shaxsiga ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan yana biri o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tashkil etishidir. Odatda bu mahoratni pedagogning kommunikativ qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega bo‘lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shaxsining muhim tomonidir.
Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon bo‘ladigan kommunikativ qobiliyat - bu bolalar ta’lim va tarbiyasi bilan bog‘liq pedagogik ta’sir doirasida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. SHulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:
Birinchidan, insoning barcha kommunikativ qobiliyatlari ham birdek namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo‘lgan bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar borki, ular boshqa kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, muloqot jarayonida to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa odamlar bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishidir.
Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini batafsil ko‘rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib o‘tamiz.
Insonni inson tomonidan bilish - insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasida jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari, va kelgusi rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyotlari o‘zaro bog‘liqligini baholash; jestlari, imo-ishoralari, mimika va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.
Odamni o‘z-o‘zini bilishi o‘z bilimlarini, o‘z qobiliyatlarini, o‘z xarakterini va boshqa shaxsning o‘zidagi xususiyatlarini baholash; sirtdan qaraganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zida qanday namoyon bo‘lishini bila olishdir.
Muloqat jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholay bilish – bu holatni kuzata bilish qobiliyati, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ularga e’tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixologik mazmunini to‘g‘ri baholash va qabul qilishdan iboratdir.
Pedagogik nuqtai nazardan qiziqarli bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko‘pdan-ko‘p muammolar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqatning noverbal shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini ola bilish, yuzaga kelgan tushunmovchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida echa bilish, boshqa odam tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushinishni va qabul qilishni ta’minlaydigan tarzda o‘zini tuta bilish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z -o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq - atvoridagi faoliyatini boshqarishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqat qilganda zarur bo‘lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushinishimizni ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklaridan qutilishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqatga to‘siq bo‘ladigan, muloqat uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikmalar shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin bo‘lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy- psixologik trening yaxshi natija beradi.
Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon bo‘lishi pedagog tomonidan rag‘batlantirish va jazolash usulining qo‘llanilishidir. Agar rag‘batlantirish yoki jazolash xizmatga yarasha odilona bo‘lsa, ular o‘quvchilarning yutuqlarini mustahkamlaydilar, qo‘llaydilar. Rag‘batlantirish va jazolash usullarining mutahkamlash roli pedagogik adolatga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ko‘pgina sa’y-harakatlariga, agar ularning yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib, ular qilgan xatolariga qattiq e’tibor qaratmasa va buning uchun jazolamasa, ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos keluvchi hislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi hislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘qituvchining tashki qiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning poqizaligi, saranjom- sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi qaddi-qomati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi taassurot koldiradi.