Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi


Ko‘nikma - oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə87/145
tarix15.12.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#121133
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi

Ko‘nikma - oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir
Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni – bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashu-vini taqozo etadi. Uning boshlanish nuqtasi axborotning yuksak darajada, ya’ni ongda qayta ishlanishidan iboratdir. Amaliy harakatlarning ana shu yuksak darajadagi faoliyati natijalari bilan yo‘naltirib turilishi esa uning yakunini tashkil etadi.
Ko‘nikma va malakalar xatti-harakat uslubi bo‘la turib, ma’lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o‘quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat, ilmiy faoliyat, san’at sohasidagi ko‘nikmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo‘llaniladigan ko‘nikma va malakalar mavjud: bular - harakat, sensor, aqliy ko‘nikma va malakalardir. Harakat ko‘nikmalariga jismoniy mehnat, sport va o‘quv ko‘nikmalari (xat yozish, tez o‘qish va hokazo) kiradi.
Sensor ko‘nikma va malakalarga o‘lchov, yorug‘lik, ovoz va simvolik ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqarish markazlarida takrorlab borishlar kiradi.
Akliy ko‘nikma va malakalarga - kuzatish usullari, malakalarni rivojlantirish, og‘zaki va yozma hisob-kitobni ishlab chiqish, harakatlarga yo‘naltirish, kitob bilan ishlash, arxiv materiallarini yig‘ish, ilmiy tajriba o‘tkazish va hokazo. Malakalar mashq qilish natijasida yuzaga keladi, ya’ni bunda maqsad sari yo‘naltirilgan (doimiy) qaytarish mustahkamlashga olib keladi va samarali usullar asosida qayta-qayta qaytarilishi amalga oshiriladi.Inson tomonidan egallangan ko‘nikma va malakalar yangi ko‘nikmalarni shakllantirishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Odatlar - bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional ehtiyojiga aylanib ketgan harakatlardan iborat individual hislat
Odatlarni insonning madaniy va axloqiy xulqida ahamiyati katta. Odatlar bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib topib, ulardan farqli o‘laroq, ijobiy hamda salbiy bo‘ladi. Masalan, mehnatsevarlik odati ijobiy, dangasalik odati salbiydir. Odatning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlar qobig‘ida hosil bo‘lgan dinamik stereotiplardir.
Ta’lim boshqariladigan jarayon bo‘lib, bunda har bir bolaning harakati qadamba-qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har bir bosqichda o‘quvchining bilimlarini malakalarini o‘zlashtirish haqida axborot olib turadi, yangi material avvalgi materialni o‘zlashtirishga qarab taqdim etiladi.


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin