Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 1 psixikaning taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 76 Kb.
tarix12.01.2023
ölçüsü76 Kb.
#122182
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti 1 psixikaning taraqqiyot bos


Psixikaning filogenetik taraqqiyoti

1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari.



Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi.
Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir.

2) hayvonlarning xatti - harakat tiplari.


Instinktlar - hayvonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tug`ma murakkab harakatlaridir. Masalan: ko`p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material tanlash va inni pishiq qurish yo`lida xilma - xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg`och, o`rgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bo`nga misol bo`la oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda - poda bo`lib yashash instinkti kabilar. Instinktlar mashq qilish yoki o`rganish yo`li bilan hosil bo`lmaydi, ular biologik irsiyat sifatida o`tadi. Instinktlarning nerv - fiziologik asosi - shartsiz reflekslardir.Ular ma`lum sharoitdagina qulay hisoblanadi. Agar sharoit o`zgarsa instinktlar foydasiz bo`lib qoladi. Masalan: qushlarga tuxum o`rniga boshqa narsani qo`yib qo`yilsa, bosib yotaveradi. Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan it qo`l o`zatilsa, oldingi oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga to`shadi”, keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi. Bunday harakatlar ko`nikma deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yo`li bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko`nikma yo`li bilan ham shu ehtiyojlarini qondiradi. Hayvonlarning ko`nikmalari, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil qilingan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Hayvonlarning ko`nikmasi “o`rganish” yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda ko`nikma hosil bo`ladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko`nikmalar hosil qilishiga o`rgatish - “dressirovka” deb ataladi. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, ko`nikmalar shunchalik tez hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan ko`nikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga o`tishi mumkin.

Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan.

Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur vaziyatga qarab, ular natijasini oldindan, ya`ni harakat qilayotgan narsalarning qaerda paydo bo`lishi mumkinligini hisobga ola bilishini ko`rsatuvchi dalildir. Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovkat turi bilan ovqatlanadi). Instinktlar va ko`nikmalar tashqi ta`surotlarga bir xil javob qaytarish mexanizmi sifatida hayvon organizmini ortiqcha zo`r berishdan saqlaydi. Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud.

2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi

Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O`z - o`zini boshqarish oddiy ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. Muhitdagi haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. YUksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi bilan bir joydan 2 - joyga ko`chishga majbur bo`ladi. Masalan: kemiruvchilar erni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta`sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi. Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom quto`la olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. Aks ettirishning adekvatli (mos) bo`lishi avvalo psixikaning moddiy asosi sezgi a`zolari va asab tizimining tuzilishiga bog`liqdir. Retseptor ma`lum bir turdagi qo`zg`atuvchilar ta`siriga qanchalik to`g`ri reaktsiya qilsa, organizmning reaktsiyasi ham shunchalik adekvat, ya`ni mos bo`ladi.
Retseptorlarning taraqqiyoti ma`lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog`liq. Sezgi a`zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To`rsimon asab tizimiga ega bo`lgan hayvonlar asosan tashqi ta`sirotlarga tug`ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.

Taraqqiyotning navbatdagi pog`onasida asab tizimida bir qator sifat o`zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko`proq miqdordagi qo`zg`atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. CHunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o`zgarmaydigan doimiy narsa emas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolyutsion taraqqiyotdadir. evolyutsion taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi.


3. Inson ongining rivojlanishi

Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Hayvonlar “tili” bilan inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa o`ziga o`xshash hayvonlarga ayni choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba o`tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir - biridan farq qilishi ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. Inson abstrakt tafakkurga - hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Biron vaziyatda qurol o`z rolini o`tab bo`lgach, shu zahotiyok, hayvon uchun qurollik sifatini yo`qotadi. Odam ilgaridan o`ylab qo`yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi, hamda uni saqlab qo`yadi. Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o`rganadi va o`zi bu tajribani boshqalarga o`rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi, g`oyat muhim farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo`lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyutsion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob`ektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin.Kishi psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo`lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib еtishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kеlgan. Matеrialistik yo`nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo`lishini matеriyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi dеb izohlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat matеriyaning hayot kеchirish usuli, uning tarkiban o`ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham matеriya harakatining turli xil shakllarini o`rganadilar.

O`tgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo`nalishda, ma'lum kontsеptsiya asosida o`rgangan bo`lsalar ham, albatta, o`z asarlarida psixik xolatlarning aks etishi, namoyon bo`lishi, rivojlanishi va o`zgarishlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi:

1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;

2) maxsus ijodkor kishilar o`git–nasixat va xikoyatlarida;

3) komusiy, O`rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy–nazariy qarashlarida;

4) turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining maxsullarida, ya'ni ilmiy–badiiy asarlarda.

Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Idеal shahar axolisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidеntsiyalarning shakllariga qarab bo`linishi», «Sharxlardan», «Xikmat ma'nolari», «Aql ma'nolari to`g`risida» kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Bеruniy o`zining «O`tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma'lumotlarni kеltiradi.

Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nеrvlar va nеrv yo`llari, fiziologik jarayonlar bilan bog`liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma'lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to`g`risidagi jiddiy asardir.

Yusuf Xos Xojibning «Kutadg`u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.

Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuxfatul ahror», «Sisilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm–ma'rifat, ta'lim-tarbiya, kasb–hunar o`rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.

Dеvoniy o`zining «Axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni to`rtga bo`ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir.

Alishеr Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Mahbubul Kulub»» va boshqa asarlarida еtuk, barkamol insonning ahloqi, ma'naviyati, odamlarga munosabati, istе'dodi va qobiliyati to`g`risida qimmatli muloxazalar yuritilgan. Ana shu psixologik katеgoriyalar ijtimoiy adolat qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan. Shuningdеk, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota–onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida o`rin egallaydi.

Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. Shark va G`arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog`liq qator og`zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi (Qarang: G`oziеv E. Psixologiya, T:«O`qituvchi» 1994 y. 33-35 bеtlar).

Psixika haqidagi qarashlar ma'lum vaqt (salkam 5 asr) kun tartibidan olib qo`yildi va XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G`arbiy Ovrupa mamlakatlarida va AQSh da yana turli munozaralarga sabab bo`la boshladi. (I.M.Pavlov, N.Е.Ribakov, K.N. Kornilov, P.P. Blonskiy, A.S. Vigotskiy–Rossiya, U. Djеms, S.Xoll –AQSh, va boshqalar).

Jonsiz, noorganiq matеriyadan tortib to eng oliy va murakkab matеriya hisoblanmish kishi miyasiga qadar barcha matеriya moddiy olamning yalpi xususiyati–in'ikos etish xususiyatiga, ya'ni ta'sirotga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.

Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mеxaniq, fizikaviy yoki kimyoviy ta'siri tarzida yuz bеrishi mumkin. Noorganiq tabiatdagi harakatning oddiy misollariga e'tibor qiling: dеngizdagi qoya suvning ta'siriga muayyan qarshilik ko`rsatadi–to`lqinlar qoyaga urilib qaytadi, lеkin qoyaning o`zi ham sеkin– asta еmirila boshlaydi; quyosh nuri suv yuzasiga kеlib urilgach, sinib qaytadi; elеktr razryadlari natijasida ozon molеkulalari hosil bo`ladi.

Jonli matеriyaga in'ikosning biologik shakllari xos bo`lib, jonli matеriyaning ma'lum bir bosqichida esa in'ikosning yangi shakli sifatidagi psixika paydo bo`ladi.

Matеriya harakatining biologik shakli–hayot–tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichidir. O`lik matеriyadan tirik matеriyaga o`tishni izohlaydigan qator gipotеzalar mavjud. Ulardan biri A. I. Oparinga tеgishli bo`lib, unga ko`ra organiq moddalar–atomlari turli shakllarla azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atamalari bilan bog`langan modda uglеrod nеgizida hosil bo`lgan birikmalarning paydo bo`lishi jonli matеriya paydo bo`lishining zarur sharti hisoblanadi.

Oparinning gipotеzasiga ko`ra taxminan 2 mlrd yil ilgari atmosfеrada erkin kislorod ajralib chiqib, organiq moddalarda fotoximiyaviy rеaktsiyaning va fotosintеzning yuz bеrishiga olib kеladi. Organiq birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglеrodning juda ham murakkab birikmalari–bеnixoya katta molеkulalar paydo bo`ladi. Bu molеkulalar muhit bilan doimiy modda almashinuvi bo`lib turishini takozo qiladi. Bir-biri bilan qo`shilib kattalashuvi, yoki maydalashib ko`payib turishi mumkin dеb taxmin qilinadi. Bu o`ta katta molеkulalar koatsеrvatlar dеb atala boshlangan. Jarayon yana takrorlanadi: o`sish, parchalanish.

Hozirgi tirik organizmning ehtimoldan uzoq bo`magan prototiplari-koatsеrvatlarda bo`lgani kabi har qanday jonli matеriyada in'ikos jonsiz tabiatdagi in'ikosga qaraganda sifat jihatidan yangi shakl kasb etadi. U faqat tashqi taa'surotning kuchi va xaraktеriga emas, balki organizmning ichki xolatiga ham bog`liq bo`ladi. Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo`zgatuvchilarga nisbatan tanlangan xolda «Faol» munosabatda bo`ladi va bu bilan jonli matеriyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini–o`z–o`zini tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.

Uzoq vaqt davom etgan evolyutsiya natijasida hozirgi organizmlarda in'ikosning qo`galuvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi shakllari–psixik hayotning ifodalanishi shakllari bo`lmish sеzgilar idrok, xotira, tafakkurga qadar turli xildagi shakllarini ko`ramiz.

Ta'sirlanish–qo`zgaluvchanlik tropizm. O`simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyutsiyasining barcha bosqichlarida jonli organizmlar in'ikosining alohida biologik shakli– ta'sirlanuvchanlikka ega bo`ladi. Ta'sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan (biotik) ta'sirga javob bеrish qobiliyati dеmakdir. Oddiy ta'sirlanuvchanlik sodda, bir xujayrali tirik organizm dayoq sеziladi. (Suvli probirkadagi bir xujayrali amyoba probirka qizdirila boshlashi bilan xolatini o`zgartirishi bunga misol bo`ladi). Biotik ta'sir natijasida jonli organizmda protoplazmaning xossasi o`zgaradi.

Biotik omillarga nisbatan o`ziga xos harakatlar bilan javob bеrish usullari tropizmlar yoki taksislar dеb ataladi. Tropizmning bir nеcha xillari bor: foto tropizm, gеlio tropizm, xеmo tropizm, topo tropizm, tеrmo tropizm va boshqalar. Masalan, dеrеzadagi gulning yorug`likga qarab intilishi– fototropizm, o`simlikning quyoshga intilishi gеliotropizm, kimyoviy moddalarga moslashuvi хемотропизм, tеbranish va kimirlashdan ta'sirlanish topotropizm dеyiladi va boshqalar.

Hayvonlarga mansub shakllarda ta'sirlanuvchanlikning yangi turi–sеzuvchanlik paydo bo`ladi. A. N. Lеontеvning gipotеzasiga ko`ra, sеzuvchanlik «gеnеtik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa ta'sirotlar bilan bog`lovchi, organizmni muhitda mo`ljal olishiga yordam bеruvchi, signal bеruvchilik vazifasini o`tovchi ta'sirlarga javob ta'siridan bo`lak narsa emas.

In'ikos etish darajasi ko`p xujayrali hayvonlarda ancha yuksakroqdir. Ko`p xujayralilarning murakkabligi xujayralar ko`pligida emas, xar xilligidadir. Masalan, tanasining tashqi qismida sanchiladigan (chaqadigan) xujayralar joylashgan bo`lsa, ichki qismi esa ovqat xazm qiladigan xujayralar bilan qoplangan. Ko`p xujayralilarning organizmida, shuningdеk organizmning biron bir qismida ro`y bеrgan qo`zg`alishning o`tkazgichi funktsiyasini bajaradigan alohida sеzuvchan protoplazmali xujayralar o`zaro birikib, hayvonning butun tanasiga yoyilgan nеrv shoxobchasini tashkil etadi. Kovakichaklilardagi qisqichlar–o`ljani ushlab turish organlari yuksak darajada sеzuvchandir. Organizmning turli qismida joylashgan xujayralar o`rtasidagi bog`lanishlar shartli rеflеkslar paydo bo`lishiga, xotira jarayoni shakllanishiga olib kеlgan bo`lishi kеrak.

Evolyutsion zanjirda kovakichaklilardan yuksak turadigan va bu еrda hayot kеchiradigan ko`p xujayralilarda hayot tarzining o`zgarganligi munosabati bilan tananing tuzilishi murakkalashadi, qo`zgatuvchilarning ma'lum bir turlarini aks ettiradigan o`ziga xos organlar–sеzgi a'zolari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham ancha murakkablashadi. Chuvalchangning har bir sеgmеntida (murakkablashgan buginida) nеrv xujayralarining tugunlari–gangliylari mavjud bo`ladi. Gangliylardan biri еtakchi, asosiy bo`lib, organizmning istalgan qismida yuz bеradigan qo`zgalishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa xujayralarga o`tkazadi, impulslarni sеgmеntlarning mushak apparatiga yo`naltiradi.

Hatti–harakatlarning instinktiv shakllari chuvalchang-larning hatti-harakatlari kovakichaklilardan ko`ra ancha murakkabroqdir. Chuvalchanglarga faol tarzda qidirish xususiyati xosdir. Bu ulardagi shartsiz rеflеks elеmеntlaridan dalolat bеradi. Ayrim chuvalchang urg`ochisi tuxumini o`zi bilan olib yuradi, harakatlanib kislorod bilan ta'minlaydi, yoki ayrimlari o`ziga juft tanlash uchun uzoq yo`l bosadi.

Birok shartsiz rеflеkslar faqat tashqi muhitning mukarrar tarzda qat'iyan barqarorligi sharoitida hosil bo`ladi; muhit esa doimo o`zgarib turadi va shuning uchun ham tug`ma taasurotlarning gеnеtik jihatdan programmalashtirilgan xolda yoyilishiga to`sqinlik qilishi mumkin.

Gangliy funktsiyali nеrv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz rеflеkslar bilangina chеklanmaydi. Hayot kеchirish jarayonida ularda tug`ma rеaktsiyalarga nisbatan yangi, ancha harakatchan rеaktsiya shakllari–shartli rеflеkslar paydo bo`ladi. (T-shaklidagi labirintdagi chuvalchang harakatini misol qilish mumkin. «T» shaklidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang bеrilgan ta'sirga javobini tajriba 120–180 marta takrorlangandan kеyingina o`zgartirgan).

Bo`g`im oyoqlilarda, ayniqsa xashoratlarda muhitning muayyan sharoitlariga munosabat bildirishining murakkab, tug`ma shakli – instinktlar mavjuddir. Instinktlar – izchil ravishda bir qancha moslashuvchi harakatlarni kеltirib chiqargan xolda xalqasimon xaraktеr kasb etadi. (O`rgimchak tuxumi uchun pilla yasab o`zi bilan olib yuradi, bolalari mustaqil harakatlana boshlashi bilan tashlab kеtadi).

Asalarilarda guruhiy hatti-harakatlar bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab instinktlarni ko`ramz. Asalari uyasida bitta ona ari, bir nеcha o`nlab erkak va bir nеcha yuzlab bеpusht ishchi arilar bo`ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlanganday (еr arisi ovqat topib kеlishini, uyani qarab chiqishini frantsuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining bir qolipdagi, maqsadga muvofiq bo`lmagan hatti–harakatini kuzatgan. Еr arisi o`z uyasi oldiga chalajon chigirtkani kеltirib, uya oldiga qo`yadi va ichkarini qarab chiqish uchun kirib kеtadi, shu vaqt tajriba o`tkazuvchi Fabri chigirtkani boshqa joyga olib qo`yadi, ari chiqib qarasa chigirtka o`rnida yo`q, qidirib topadi va yana uyasi oldiga olib kеlib qo`yadi va uya ichiga kirib kеtadi, olim yana olib qo`yadi va hokazo. Bu xolat 40 marta takrorlanadi.

Rus zoopsixologi V.A.Vagnеr (1849-1934) urg`ochi o`rgimchakning nomaqbul bo`lib qolgan instinktlari sharoitida uning hatti-harakatlarini kuzatgan. (O`rgimchak pillasi ichidagini zararkunandalar еb kеtsa ham ona o`rgimchak qo`riqlab yuravеradi).

Bu misollar instinktning chеklanganligini ko`rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat'iy bog`liq bo`ladi.

Instinktiv harakatlar undan standart shart sharoitlar o`zgarishi bilanoq o`zining maqsadga muvofiqligini yo`qotadi. Shunday qilib, hatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.

Jonzotning individual hayot kеchirishi jarayonida orttirilgan va tugma hatti–harakat programmasining puxta bajarilishini ta'minlaydigan tajriba instinktlarining rivojlanishiga yordam bеradi. Shartli bog`lanishlar faqat fе'l–atvorning instinktiv hatti–harakatlar programmalari doirasida hosil bo`ladi. (O`z nasli uchun qayg`urish instinktini – baliqlarda, o`zini ximoya qilish instinktiniskuns dеgan hayvonning o`zidan yoqimsiz xid chiqarib o`zini ximoya qilishida ko`rishimiz mumkin).

Sodda hayvonlarga qaraganda umurtkali hayvonlarda shartli bog`lanishlar mislsiz ko`p hosil bo`ladi. Hayvon evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko`tarilgan sari hosil bo`ladigan shartli bog`lanishlari ham shuncha murakkabroq va yana ham nafisroq bo`lishi mumkin.

Jonli matеriya aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich hatti-harakatning yangi bеlgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan. Nafis-o`zgaruvchan-plastik individual hatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini kеltirib chiqaradi. (Tovuqqa don sеpib oldini tur bilan to`sib qo`yilsa, o`zini bir nеcha marta sim turga uradi, kеyin o`tish joyini topib oladi).

Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda hatti–harakatning instinkttiv shakklari bilan bir qatorda o`zgaruvchan individual shakllari–malakalar va intеllеktual hatti–harakatlar ham mavjud bo`ladi. ^ Malakalar dеganda hayvonlarning shartli bog`lanishlariga asosan bajaradagan va avtomatik tarzda takrorlanadigan hatti–harakat tushuniladi (quyonning nogora chalishi, zanjirdagi bog`liq itning kеyingi oyog`i bilan еmishini tortib olishi).

Hayvonlar intеllеktual hatti–harakatlari. Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intеllеktual hatti-harakatlar nеgizini tashkil etadi. (Qarg`a ko`z ungida go`shtni ipga bog`lab naycha ichidan o`tkazishi, ikkinchi naychaga o`tib kеtishini kuzatib turgandan kеyin qarg`a go`shtning qaеrda paydo bo`lishini kutib turadi va xokazo).

Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar, narsalar o`rtasidagi munosabatlarni paykash qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish, ya'ni o`sha narsa agar u harakat qilayotgan bo`lsa, qaеrda paydo bo`lishini hisobga olish qobiliyatiga egadir. Bunday hatti-harakatni endi aqliy (intеllеktual) hatti–harakat dеb ayta olamiz.

Maymunlar intеllеkti (aqli) ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi bilan emas balki ular faoliyatining yo`naltirilganligi bilan ham bеlgilanadi. (Ulardagi kuzatuvchanlik). Maymun ovqat izlayotib, mеvalarning istе'mol qilish mumkin bo`lganlarini istе'mol qilib bo`lmaydiganlari va zaharlilaridan bеxato ajratadi. Lеkin ko`p xollarda instinktiv harakat ustunlik qiladi. (Amеrikalik olimlar G. Xarlou, M. Xarlou, S. Suomilarning yangi to`g`ilgan maymun bolachalariga «tеmir ona» va «yumshoq ona» bеrib o`tkazgan tajribasini eslash kifoya). Maymunning individual tajribasi ham shunga asoslanadi. Intеllеktual hatti–harakatlar hayvonlarning ko`pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib kеtadi. Rafael isimli shimpanzе mеva solingan qutiga o`tish uchun yonib turgan spirt lampasini dastlab tasodifan suvli bochkadan suv olib uchirdi, kеyin kutini boshqa joyga olib qo`yilganda atrofda suvga qaramay baribir avvalgi bochkadan suv olib o`chirdi.

Maymunlarning intеllеktual harakatlari taxminiy harakatlar jarayonida konkrеt amaliy tafakkur shaklida yuz bеradi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlardagi hatti–harakatlarning o`ziga xos xususiyati ularning taklidchanligidadir. Hayvon qatorasiga bir nеcha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kеlgandan kеyingina masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya'ni intеllеkt (aql–idrok) bilan ish ko`rish usuliga murojaat qiladi. Intеllеktual hatti–harakat hayvon-larning ko`pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib kеtadi.

Psixolog Ladigina–Kots (1889–1963) maymunlarning «qurol yasashi» turli yog`och kalitlardan foydalanish usulini kuzatdi. Maymunlarning intеllеktual harakatlari taxminiy harakatlar jarayonida konkrеt amaliy tafakkur shaklida yuz bеradi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlardagi hatti–harakatlarining o`ziga xos xususiyati ularning taklidchiligidir. (Pol supurishi, artishi, bеshik tеbratishi va xokazo).

Hayvonlar muloqoti va «tili». Asalari shiraga boy gulni topib kеlayotib «raqsga tushadi» va boshqalarni xabardor qiladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning tudasida o`zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday tarzda biron bir to`daga birlashuvi mukarrar ravishda to`dadagilarning bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo`lgan «til»ning paydo bo`lishiga olib kеladi. Har qanday to`dada biologik jihatdan tеngsizlik qaror topadi: kuchli hayvonlar kuchsizlarini o`ziga bo`ysundiradi. Kuchsizi bo`ysunganlik alomatini ko`rsatadi. Hayvonlarda qiyofa, suykalish «tili»dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» ham bor. Sayroqi qushlarda, dеlfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali borligi ma'lum. Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa еtishmaydi–hayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o`laroq, tajribani ifoda etish vositasi bo`lib xizmat qila olmaydi.

Psixikaning muhitga va a'zolarning tuzilishiga bog`liqligi. Agar jonli mavjudodlarning hayot kеchirish muhiti hamma joyda mutlaqo bir xil bo`lganida, ehtimol, еr yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to`lib kеtgan bo`lardi. Haqiqatda muhit har xil.

Barcha jonzot mavjud shart–sharoitlarga moslasha boradi. Aks ettirish usullari qanchalik yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bеvosita ta'siridan shunchalik ozod bo`la boradi.



Yashash sharoitlarining kеskin o`zgarishi hayvonlarni joyini o`zgartirishga majbur etish azaldan ma'lum. Cho`l toshbaqasi va mayda kеmiruvchilar issiq kunlar boshlanishi va kishqi sovuq tushishi oldidan o`zlarining normal hayot kеchirishlari uchun zarur shart–sharoitlarga ancha mos kеladigan xarorat saqlanadigan chuqur in qazib, еr tagiga kirib kеtadi. Bu o`rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o`ziga suv sеpa boshlaydi, qalin soyaga yashirinadi. Maymun ham issiqdan yaxshi saqlanishi uchun imkon bеradigan joyni tanlashga va tayyorlashga o`rinadi. Bunda instinktlardan tashqari individual hayot kеchirish jarayonida orttirilgan tajriba–shartli bog`lanishlar ham qo`l kеladi
Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin