Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya tarixi Reja


Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi



Yüklə 77,24 Kb.
səhifə5/7
tarix19.06.2022
ölçüsü77,24 Kb.
#117075
1   2   3   4   5   6   7
psixodiagnostika va eksperimental ps

2.4. Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi

Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi.


Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo’lgan hoxlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, oq’irlik, o’pkaning tiriklik siq’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jixozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQSHda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj. Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V. Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XYIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi.
Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni kuzatish metodi, ifodalash metod I va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko’zg`atuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga etkazish uchun “Falsafiy maktab” degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E. TSimmerman” firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi.
Geytengen shahrida “Myuller”, Berlinda “Ebbingauz”, Freyburgda “Myustenburg”, Bonnda “Lips”, “Geydelburg”, “Strasburg”, “Gall”da psixologlarning kabinetlari ochildi. Keyinchalik esa Vyurtsburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari ochildi.
1890 yilga kelib Ebbengauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E. Meymann “Umumiy psixologiya arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropotologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj oldi.
1886 yilda Kozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1983 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev xarbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu erda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1986 yilda Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o’rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80 yillarida Xarkov va Yurev shaxarlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu erdagi ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga G.I.CHelpanov rahbarlik qildi. I.A.Skorskiy Kievda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish muammolari o’rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan “Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali chop etildi.
1892 yilda Odessadagi “Novorossiysk” universiteti filologiya fakulteti qoshida faylasuf va psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu erda idrok va xotira muammolari o’rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik protsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik protsesslar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik protsesslarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.
AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida evropalik olimlarning xissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
AQSHga Evropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenger, K.Levin, Mak-Dugalli kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQSHga olib kirdilar.
1883 yilda Baltimor shaxridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQSHda birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda “Pedagogik seminar” uyushtirildi.
1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi tayinlandi.
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochadi. Xuddi shu yilda D.Petrik ham Yova universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern universitetida (D.YAstrov), 1891 yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard universitetida (G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat Yuritgan.
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu laboratoriyaga dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik qildi. 1897 yilda J.Solli Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning ayrim jihozlari Myustenburg (Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada boshqa laboratoriyalar yo’q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchnchi laboratoriyaga asos soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora psixologlarning birinchi yig`ilishi bo’lib o’tdi. 1904 yilda Rivers, Mayer va Uartlar psixologiyaning “Britaniya” jurnaliga asos soldilar.
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan bog`liq. Rossiya psixologiyasida Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental tadqiqotlar o’tkazmagan bo’lsa ham, Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889 yilda Ribo Sarbonnada birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi. 1895 yildan boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi.
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij psixologiya institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 yilda esa frantsuz psixologlar jamiyati tashkil etildi.


Germaniyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi



1883 yilda nashr qilingan “Falsafiy maktab” jurnali


1890 yilda nashr qilingan “Sezgi a`zolari psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnali


1903 yilda nashr qilingan “Psixologiya maktabi” jurnali



1903yilda nashr qilingan “Umumiy psixologiya arxivi” jurnali



1895 yilda nashr qilingan “Laboratoriya qaydlari” jurnali

1886 yilda nashr qilingan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnali

1883 yilda nashr qilingan “Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnali

1985 yilda nashr qilingan


“Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali

1883 yilda nashr qilingan


“Nevrologik axborotnoma” jurnali

Rossiyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi




AQSHda tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi



1877 yilda nashr qilingan
“Amerika psixologiyasi” jurnali


1915 yilda nashr qilingan “Amaliy psixologiya” jurnali


Angliyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi



1904 yilda nashr qilingan
“Britaniya” jurnali


Yüklə 77,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin