2.8. Rossiyada trening guruhlarining rivojlanishi Rus psixologiyasida ham ijtimoiy psixologik trening o‘ziga xos tarzda keng ko‘lamda
rivojlantirilgan va bu borada juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Rossiyada treninglaming vujudga
kelishi bevosta Amerikalik A.Everett nomi bilan bog'liqdir. Tinib-tinchimas A.Everett o‘z
faoliyatini to‘xtatmaydi. U 1974 yilda sharq falsafasi va dinini o'rganish maqsadida Rossiya va
Hindistonga sayohat uyushtiradi. 1977 yilda Everett birinchi bor Rossiyada “O ‘z-o‘ziga yoT” (“Put
к sebe”) dasturi bilan seminar trening o‘tkazadi, Everettning mazkur treningi to‘liq ikki kunga
mo‘ljallangan edi. Bundan tashqari A.Everett “Hayot”, “Sevgi”, “Yorug‘lik” kabi dasturlari bilan
olib boriladigan yetti kunlik meditasion trening dasturlarini ham o‘tkazadi.
Psixolog Nina Yurevna Xryasheva 1982 guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglami o'tkazish
bo'yicha Leypsigdan kelgan mutaxassislar - professor M.Forverg va uning turmush o‘rtog‘i Troud
Albekoga shogirdlikka tushadi. Bu orada L.A.Petrovskiy va Yu.N.Emilyanovlar ham o‘z
treninglarini tajribadan o'tkaza boshlaydilar. Ular o‘tkazadigan treninglar ishlab chiqarish, ta’lim,
sog'liqni saqlash tashkilotlari, davlat boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari,
korxona tashkilotlari xodimlarining kompetentligini oshirish maqsadiga yo'naltirilgan edi.
Rossiyada ijtimoiy psixologik treninglarga bag'ishlangan dastlabki monografiya 1982 yilda
L.A.Petrovskiy tomonidan nashr etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy-psixologik treninglaming nazariy va
uslubiy aspektlari yoritib berilgan.
XX asming 90-yillarida Rossiyada turli mavzular va yo‘nalishlarda guruhiy treninglar
o'tkazishning rivojlanishi kuzatiladi. 1990 yilda S.I.Makshanov kreativlik treninglari dasturini
ishlab chiqishni boshlaydi. 1998 yilda uning “Trening psixologiyasi” nomli monografiyasi nashrdan
chiqdi. So‘ngra u “O'ziga ishonch” nomli trening dasturini ishlab chiqadi.
Bu borada Rossiyada amalga oshirilgan ishlardan eng asosiysi 1993 yilning mart oyida
trening institutining tashkil topganligi bo'lib, uning tashkil etilishidan asosiy maqsad trening
sohasidagi mutaxassislami tayyorlash va bu sohani yanada rivojlantirishdan iborat edi.
Mutaxassislami tayyorlash uchun 3 bosqichdan iborat bo‘lgan metodik mashg'ulotlar o'rgatilar edi.
Ushbu institutda jamlangan tajribalar asosida 2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan 3
bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham nashr etildi. Bu kitobda
institut xodimlari tomonidan ko‘p yillar davomida to‘plangan treninglar, psixologik mashqlar, turli
xil chet el adabiyodaridan olingan va mutaxassislaming o'zlari tomonidan o‘ylab topilgan trening
mashg'ulotlari jamlangan.