Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

«Bil” mashqi. 
Ko'rsatma. Gurux ishtirokchilaridan ixtiyoriy bittasi tashqariga chiqariladi. Qolgan gurux 
ishtirokchilari esa doira bo'lib, stul yoki kreslolarda o'tirishadi. Topuvchi ko'zi bog'liq xolda doira 
ichiga kiradi. U o'tirganlami qo'l bilan ushlab ko'rishi mumkin emas. Stulda o'tirgan odam “bil” 
deydi iloji boricha ushlab ko'rish mumkin emas hamda boshqacharoq ovozda bo'lishi kerak. 
Topuvchi kishi ishtirokchini ovozini tanisa, o'sha topilgan ishtirokchini o'zi topuvchi bo'ladi. 
“Chigilni yechish”
Ko'rsatma : qatnashchilar doira shaklida turadilar. Ishtirokchilar bir-birlariga yaqinroq turib 
oladilar, kichikroq doira hosil qilib, hamma qo'llarmi doira o'rtasiga cho'zamiz. Treneming ishorasi 
bilan hamma bir vaqtda bir-birining qo'llarini ushlaydi, Bunda yonidagi kishining qoiini emas, 
keyingi odamning qoiini ushlashga harakat qilish kerak. Bir ishtirokchi bir qoii bilan bir 
ishtirokchining, ikkinchi qoii bilan esa ikkinchi ishtirokchining qo’ini ushlashi lozim. Trener barcha 
qoTlar bir- birini ushlashganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, guruh qatnashchilariga qoilarini 
qo'yib yubormay, mashqni boshlash, ya’ni "chigalni yozishni" taklif qilad“. 
Mashq bajarish”davomida, guruhda mashqni yechish qiyinligi yoki mumkinmasligi 
to‘g‘risida turli fikrlar tutiladi. Bunday paytda trener xotirjamlik bilan, bu hal qilinishi mumkin 
boTgan vazifa ekanligini, chigal yechilishi mumkinligini ta’kidlashi kerak. Mashq uch variantning 
biror ko‘rinishida ijro etilishi mumkin: Guruhning barcha qatnashilari bir doira ichida turadilar. Bu 
paytda kimdir orqasiga, yana kimdir yoniga qarab turishi mumkin, asosiysi doira holati saqlanib 
qolishi kerak. 
Agar guruh katta bo‘lsa, unda ikki yoki undan ortiq mustaqil doiralar tashkil qilinishi 
mumkin. 
Guruh qatnashchilari zanjir bo'lib, bir-birlariga bog’lanib doira hosil qiladilar. Bu mashqni 
bajarish uchun guruh qatnashchilariga vaqtni 3-5 minutdan 20 minutgacha belgilash mumkin. 
Ba’zan guruhlar zanjimi yechishdan bosh tortishlari mumkin. 
Mashq yakunlangandan sung, guruhga quyidagicha savollar bilan murojaat qilinadi: 
"Mashqni bajarishga nima yordam “erdi?", "Mashqni tezroq bajarish uchu” y“na nima qilsa 
boTardi?", "Bu mashqni tezroq bajarish u”hu“ nima xalaqit berdi?". 
Odatda ishtirokchilar, o‘yin”muxokamasida shunday fikrga keladilar: "bunday mashqni 
muvaffaqiyatli ha’l etish uchun hamkorlik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, barcha 
o'zini erkin his etishi, barcha kishini fikrlarini inobatga olish va mashq jarayonini diqqat bilan 
kuzatib borish kerak ekan". Bu mashq guruhni biriktirishg”, shuningdek og‘ir kechgan kunni 
maroqli yakunlash imkonini beradi. Mashqni ehtiyotkorlik bilan bajarish talab qilinadi, chunki u 
ishtirokchilar orasida jismoniy bog’lanishni taqozo etadi. Agar trener o‘yin davomida biror 
qatnashchining toliqqanini sezsa, uni o'yindan ozod qilishi mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin