Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Intizom ga qa t'iy rioya qilish y o k i “0 - 0 qoidasi ” normasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 Intizom ga qa t'iy rioya qilish y o k i “0 - 0 qoidasi ” normasi. Bunda har b ir guruh a ’zosi 
m a sh g 'u lo tg a o ‘z vaqtida kelishi, o ‘z vaqtida ketishi kerakligi zarurligini his etishi lozim va 
bunga qat’iy amal qilishi kerak. Chunki trening mashg’ulotiga biror- bir ishtirokchi kechikib qolsa, 
mashg'ulot qoidasiga ko’ra mashg’ulotni boshlash mumkin emas, shuning uchun butun guruh 
kechikkan ishtirokchini kutishiga to’g'ri keladi. Bunday holning sodir boTishi esa ayrim 
ishtirokchilaming jahlini chiqarishi, g'ashiga tegishi, mashg'ulotlaming to'xtab qolishi va turli 
noroziliklarga olib kelishi mumkin.
"Maxfiylik"yoki “Sir saqlash” normasi. Trening jarayonida bayon etilgan kimningdir, 
aniqrog'i guruhdagi biror-bir ishtirokchining hayotiga oid ma’lumotlar, fikrlar, hissiyotlaming 
ifodalanishi, o‘yin va mashqlami bajarish jarayonida noqulay holatlarga tushib qolishlar trening 
doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Negaki kishining shaxsiga oid bunday ma’lumotlaming 
mashg'ulot chegarasidan chetga chiqishi uning uchun turli kutilmagan tnoxushliklami keltirib 
chiqarishi mumkin.
"Shu yerda va hozir" normasi. Guruhdagi muomala-munosabat mashg'ulot jarayoniga 
bevosita aloqador, ya’ni ayni payt bilan bog'liq bo'lishi zanir. Hattoki ishtirokchilardan birortasi 
o'tgan zamondagi voqeani hikoya qilayotganda ham, iming shu yerda va ayni paytda nimani his 
qilayotganligi muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Bundan tashqari, ham trener, ham 
har bir ishtirokchi o'zining har qanday muammolarini unutib, o'zini faqat "shu yerda va hozir" 
holatida his qilishi trening samarasi uchun asosiy omillardan biridir. 
Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish normasi. Bunda doimo mulohazalar 
"Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening o’ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga 
muvofiqligi uqtirilishi kerak.
"Yagona mikrofon" normasi. Biror ishtirokchi o‘z fikrini bildirayotganida, boshqalar unga 
diqqat bilan quloq solishi va uning gapini boTmasligi, bir-birining shaxsini o’zaro hurmat qilishi 
lozim. Kimdir gapirayotganida boshqa birovning unga quloq solmasligi so'zlovchining shaxsiyatiga 
tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. 
Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin