Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


"Trenningda boshidan oxirigacha qatnashish” normasi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

"Trenningda boshidan oxirigacha qatnashish” normasi. Bu norma ishtirokchilarda 
mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan tamoyildir. Agar ishtirokchilardan kimdir biror 
kun, hatto biror soat mashg'ulotni qoldiradigan bo'Isa, bu nafaqat uning o‘zi, balki guruh uchun 
ham, trener uchun ham mashg'ulot effektining pasayishiga olib keladi. Umuman ishtirokchilar bir-
birlariga do’stona munosabatda bo’lishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak. 
Agarda ketishi kerak bo’lib qolsa albatta trener va guruhni ogohlantirishi lozim.
"Ixtiyoriylik” normasi. Trening mashg’ulotida o’z mulohazalarini bayon etish, 
inunozaralarda, о‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilish muhim ahamiyatga 
ega. Ya’ni jarayonlarda ishtirokchilar ixtiyoriy ishtirok etmasdan biri- biriga “mulozamat qilishi” 
vaqtning yo'qotilishi va muhitning buzilishiga olib keladi.
"Vaqtni tejash" yoki “Reglamentga rioya qilish” normasi. Guruh ishtirokchilari trening 
mashg'uloti davomida fikrlarini imkon qadar qisqa, lo‘nda ifodalashi, muvzusi doirasidan chetga 
chiqib ketmasligi lozim. Chunk gapni aylantiravcrish, gapni uzoqdan boshlab olib kelish, bir tikmi 
qayta-qayta takrorlayvcrish kabi hollar guruh ishtirokchilarining g'ashiga tegishi bilan birga 
treningda eng qirnniatli bo'lgan vaqtni bekorga sarflanishiga olib keladi. Bu esa ishtirokchilaming 
noroziligiga va ular orasida do'stona muhitning buzilishiga olib kelishi mumkin 
 "Shaxsni baholamaslik" normasi. Trening mashg‘ulotlari jarayonida har bir ishtirokchi o‘z 
fikr-mulohazalarini va hissiyotlarini bayon qilishi mumkin, biroq bunda boshlovchi va qolgan 
ishtirokchilar hikoyadagi vaziyatnigina muhokama qilishlari hamda so‘zlovchining o‘sha paytdagi 
xulq-atvori, xatti-harakatini baholashdan qochishlari kerak. Masalan, "o‘sha paytda siz jahlga 


25
berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi" kabi jumlalaming qo‘ llanilishi 
ishtirokchining e’tiroziga sabab bo‘lishi bilan birga qolgan ishtirokchilar o‘z fikrlarini va 
muammolarini bayon etishda ochiq gapirishdan tortinishlari mumkin. Shuning uchun, “bunaqa 
vaziyatda men bunday qilardim yoki degan bo‘lardim” kabi variantlarda so'zlashish yoki fikrini 
bildirish so'raladi. 
Yuqorida sanab o'tilgan normalaming barchasi hamma treninglarda qo‘llanilishi shart emas. 
Normalarni qabul qilishda guruhning tuzilishi, trening mashg'ulotning davomiyligi kabilar ham 
e’tiborga olinishi maqsadga muvofiqdir. 
Sanalgan normalardan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o'tilishi shart:
• Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan holatda ham 
uning gapini bo‘lishga, to‘xtatib qo'yishga yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q.
• Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g'ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.
• Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo'lsa, javob 
bcrmaslik huquqiga ega.
• Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu 
haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish 
kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak. 
Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog'ozga yozib, xonaga osib qo'yish yoki 
guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum" usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq. 
Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa 
muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki 
noroziligini izohlashini so'rash lozim. Tamoyillami tasdiqlashni ovozga qo'yish kerakmas. Chunki 
agar kimdir guruhning fikriga norozi bo ladigan bo'lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh 
boshqa qarorga kelishi lozim bo'ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik 
iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo 
bo'ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davornida noroziligini namoyon qilib, qolganlarga 
xalaqit berishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari agar bu shaxs o‘zini past baholovchi shaxs 
boisa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo'lish 
ehtimolini tug'diradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin