Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Ishtirokchilarning kutishlarni aniqiash



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

4.3. Ishtirokchilarning kutishlarni aniqiash. 
Trening mashg‘ulotiga kelayotgan har bir ishtirokchi o‘z muamolarining hal bo‘lishini kutib 
mashg‘ulotga umid bilan kelishi sir emas. Buni bilgani holda trener tanishuvdan so‘ng guruh 
a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so‘rab chiqadi. Bu qismning ahamiyatli 
jihati shundaki, ishtirokchiga o‘z muammosini gapirtirishga dastlabki turtki berilishi bilan 
birgalikda trener ularning kutishlarini bilib olganidan so‘ng shunga muvofiq o'zining dasturi va 
rejasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. 
Kutishlarni aniqiash bosqichida guruh a’zolari aylana bo'ylab o'tir- ganlari holda o‘zlarining 
treningdan nima kutayotganligini, o‘zini xavo- tirga solayotgan holatlar yoki ularga yoqmayotgan 
jihatlar yuzasidan e’tirozlarini aytib chiqishlari so'raladi. 
Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan
hayron boT- masdan, xayrixohlik bilan eshitishi va har bir ishtirokchiga o‘z kutuvini boshqalar 


27
bilan baham ko'rgani uchun minnatdorchilik bildirishi lozim. 
Mana shu jarayonlar to'liq bajarib bo'linganidan so'nggina guruh ishlash uchun tayyor 
hisoblanadi va trener asosiy mashg'ulotlami boshlashi mumkin. Ya’ni asosiy bosqich - ishni olib 
borish bosqichiga o'tish mumkin bo'ladi. 
IV BOB BO‘YICIIA TOPSHIRIQLAR 
Nazorat savollari
1. Treningni birinchi kuni nechta bosqichdan iborat? 
2. Guruhiy normalar nima chun qabl qilinadi?
3. Tanishuvda necha xil holat kuzatiladi?
4. Ishtirokchilarning kutuvlarini aniqlashdan maqsad nima? 
Mustaqil ish mavzulari
1. Sheriklararo muloqot umatishda ijtimoiy-psixologik treninglaming zarurligini tahlil qiling
2. Trening jarayonida shaxsning mulokotchanligini oshirish muammosiga oid adabiyotlarga 
taqriz yozing
Testlar
1. Har qanday treningni samaradoriigi... bog'liq. 
A) Trener tomonidart 1- kun qanday tashkil qilinishiga
B) Ishtirokchilarning kimligiga
V) Ishtirokchilarning kayfiyati yaxshiligiga
G) Oradagi tanaffusning mavjudligiga
2. Guruxiy normalar qachon qabul qilinadi? 
A) Normalar xar kuni vaziyatga karab uzgartiriladi
B) Treningni birinchi ktmida
V) Trening boshlanishidan 1 kun oldin tayyorlanadi
G) Normalar trening rejasi tuzilganda tuzilishi shart
3. Treningni birinchi kunida amaiga oshiriladigan qismlar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang. 
A) Tanishuv, kutish, kuzatish
B) intervyu, tanishuv, sir saqlash
V) *Kutish, tanishuv, guruhiy normalar
G) Guruhiy normalar, sir saqlash, kutish
4. Tanishuv qismi qachon o'tkaziladi
A) Ikkinchi va uchinchi kun 
B) Faqat birinshi kun 
V) Oxirgi kun 
G) *Birinshi kun va har kun boshida 
5. Tanishuvni kim o’tkazadi 
A) Guruxdagilar
B) Chetdan kelganlar
V) *Trener va yordamchisi
G) Raxbarlar
6. Ishtirokchilarning kutuvlari qachon aniqlanadi
A) Ikkinchi va uchinchi kun
B) *Birinchi kun va har kuni kun boshida
V) Faqat birinchi kun
G) Oxirgi kun ;
7. Ishtirokchilarning kutuvlari qachon oxirigi nuqtaga yetadi? 
A) Birinchi kun va har kuni kun boshida
B) Ikkinchi va uchinchi kun
V) *Oxirgi kun
G) Faqat birinchi kun
8. Ishtirokchilarning kutuvlarini kim aniqlaydi


28
A) Chetdan kelganlar
B) Guruxdagilar
V) *Trencr va yordamchisi
G) Raxbarlar
9. Kutishlar bosqichida... nazarda tutiladi. 
A) Ishtirokchilarning bir-birini kutishi
B) Trener nimani kutayotganligi 
V) ishtirokchilarning treningdan nima kutishi
G) Trenerning ishtirokchilardan nima kutishi 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin