Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


VI. TRENINGDA PSIXOGIMNASTIK MASHQLARDANFOYDALANISH



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

VI. TRENINGDA PSIXOGIMNASTIK MASHQLARDANFOYDALANISH 
 
6.1. Psixogimnastik mashq usuli haqida tushuncha
Psixogimnastik mashq usuli — trening jarayonida ishtirokchilami faollashtirish, kayfiyatini 
ko'tarish, ular orasida o‘zaro ishonch va samimiylik muhitini yaratish maqsadida pisixogimnastik 
mashqlar usulini qoTlash taktikasidir. Trening mashg'ulotlari jarayonida trening jarayonida 
qo‘llaniladigan psixogimnastik mashqlami ham aksariyat hollarda (bizning muhitimizda) “o‘yin” 
atamasi bilan atash yoki adashtirish hollari bo Tib turadi. Masalan, “Mevali salat” psixogimnastik 
mashq boTsada, uni o‘yin deb atash va “Hozir Sizlar bilan “Mevali salat” o‘yinini o’ynaymiz”, deb 
murojaat qilinadi. Shuni hisobga olgan holda, psixogimnastik mashqlaming o'yindan ajratib 
turadigan alohida jihati - bu harakatning mavjudligi ekanligini qayd etib o'tish lozim. Trening 
jarayonida psixogimnastik mashqlami o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari mavjud boTib, ulami bilish 
ha bir mutaxassis uchun zarurdir. 
Trener psixogimnastik mashqlami o‘tkazishdan oldin va o'tkazish jarayonida ou usulning 
ayrim o‘ziga xos muhim jihatlariga albatta amal qilishi lozim. Ya’ni o‘z mashg’ulotining samarali 
boTishini istagan trener psixogimnastik mashqni tanlash va o'tkazishdan oldin quyidagi 4 xil holatni 
hisobga olinishi kerak boTadi:
Birinchi navbatda trener psixogimnastik mashqni o‘tkazishi natijasida gunihda qanday holat 
vujudga kelishi e’tibor qaratishi lozim. Buni shunday izohlash mumkinki, har qanday 
psixogimnastik mashqni o'tkazish natijasida guruhda asosan ikki xil holat kuzatiladi.
a) butun guruhning holati o‘zgarishi;
b) guruhdagi har bir ishtirokchining holati o'zgarishi. 
Agar, kundalik hayotda gimnastika - tanamizning salomatligi uchun bajariladigan mashqlar 
to'plami ekanligini hisobga olsak, u holda psixogimnastik mashqlar - bizning psixikamizni, ya’ni 
ruhiyatimizni sogTomlatirish uchun xizat qiluvchi mashqlar to'plami ekanligini tahlil qilish 
mumkin. Demak, psiogimnastik mashqlar o’tkazilganidan so‘ng eng awalo, guruhdagi har bir 
ishtirokchining holati o'zgarishi - uning kayfiyati ko‘tarilishi, o'z muammolarini unutib, quvnoq 
holatga o'tib qolishi, faollashishi, eng asosiysi guruhiy isblarga tayyor bo'lib qolishi kuzatiladi. 
Bundan esa butun guruhning holati ham ijobiy tomonga o‘zgaradi, degan xulosaga kelish mumkin. 


38
Ikkinchi navbatda, psixogimnastik mashqni o tkazayotgan trener guruh taraqqivotning qaysi 
bosqichida turganligini hisobga olishi kerak. Buni bilishning zaruriyati shundaki, guruh 
ishtirokchilari qanchalik jipslashgan bo Isa, о zini erkin sezsa, o'tkazilayotgan mashqlar tahlikasiz, 
normada o‘tadi va treneming kutiigan natijaga erishishi osonlashadi. Ayniqsa guruh a’zolarining 
tana kontaktlariga oid bo'lgan va ko'zni yumib bajariladigan mashqlarga e’tibor qaratish muhim
negaki bunday mashqlaming bevaqt o'tkazilishi guruhda zo'riqish yoki norozilik holatlarini keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Trener hisobga olishi zarur boTgan uchinchi holat кип vaqtidir. Aun boshlanishida guruhda 
ishchanlik, ahillik, o'zaro ishonch muhitini yaratuvchi mashqlami o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Bu - guruhning ayni paytdagi ishga taalluqli bo'lmagan tashvish va muammolarini unutishga olib 
keladi va guruh a’zolari "hozir va shu yerda" sharoitini his qilishadi. Bundan tashqari, 
ishtirokchilaming butun diqqat-e’tiborini va aqliy faoliyatini safarbar etishi uchun imkon tug'iladi. 
Kunning ikkinchi yarmida esa charchoqni tarqatadigan, hayajonli his-tuyg‘ulami yumshatishga olib 
keladigan mashqlarni o'tkazish tavsiya etiladi. "Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so ng uyquga 
qarshi kurashish kerak" — bu har qanday treneming oltin qoidasi bo'lishi kerak. 
To rtinchidan, trener psixogimnastik mashqni O‘tkazishda yo 'riqnomaga c 'tibor qaratishi 
kerak. 
Yo’riqnoma (instruksiya). Trening jarayonida o'tkaziladigan psixogimnastik mashqlaming 
asosiy samaradorligini ta’minlovchi qismi - yo‘riqnoma deyiladi. Mashqning samaradorligi 
yo'riqnomaning aniq, puxta, oydin va ixcham tuzilganligiga bog'liq boTib, u o'zida yetarli darajada 
zarur axborotlami ifoda etishi shart. Trener yo riqnomani ortiqcha tafsilot va tushuntirishlar bilan 
toTdirmasligi kerak. U qanchalik aniq, qisqa, tushunarli bo‘lsa, psixogimnastik mashq shunchalik 
samarali o'tadi va kutiigan natijani beradi. 
Treneming yo‘riqnomani tushuntirish uchun sarflagan vaqti mashqni bajarishga ketgan vaqtga 
nisbatan kamroq vaqtni olsa, bunday yo'riqnomani risoladagidek yo‘riqnoma deyish mumkin. 
Trener yo'riqnomani tushuntirish davomida har bir ishtirokchi bilan ко z orqali kontakt o‘matishi 
kerak. Bu esa ishtirokchilaming c tiborini oshirish, diqqatini jalb etish va ulami yaxshiroq 
tushunishga olib keladi. Irener ishtirokchilardan yo'riqnomaning tushunarli yoki tushunmaganlik 
holati bo'lganligini so‘rashi shart. 
Yo riqnoma hamma uchun tushunarli bo'lganligi va ishtirokchilar nitua qilishni hi lib 
olganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina trener mashqni bajartirishga kirishishi mumkin. Agar 
mashqni bajarish jarayonida yo'riqnomani kimdir yaxshi lushunmagan bo Isa, u holda mashqni 
bajarishni to'xtatish va yo'l qo'yilgan xatoni tuzatish lozim bo'ladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin