Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Psixogimnastik mashqlarni to‘xtatish va muhokama qilish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
6.4. Psixogimnastik mashqlarni to‘xtatish va muhokama qilish. 
Treninglai davomida qo'llaniladigan psixogimnastik mashqlar ishtirokchilar uchun qiziqarli va 
g'ayri oddiy bo'lganligi uchun odatda ko‘pchilik ishtirokchilar ulaming uzoqroq vaqt davom 
ettirilishini istaydi. Lekin bu treneming rejasi buzilishiga va trening samarasining pasayishiga olib 
ketishi mumkin. Shuning uchun trener har bir mashqni vaqtida to'xtatish va muhokama qilish 
texnikasini puxta egallashi zarur. 
Trener psixogimnastik mashqning qanday borishini oldindan aytib beradi va uning vazifasi 
vaqtni kuzatib borishdan iborat boMadi. Shunga asosan u mashqning tugashini guruhga maTum 
qiladi. Lekin ko‘pincha mashqni o‘tkazishning chegarasini oldindan aniqlab bo'lmaydi, bunda 
asosiy e’tibor guruh a’zolari o'zlarini qanday his qilishi, ulaming mashqni bajarish jarayoniga 
qanchalik berilganligi va qiziqqanlik1 darajasini hisobga olishga qaratiladi. 
Bu borada umumiy qoida shunday: ishtirokchilaming psixogimnastik mashqdan qoniqishi 
yuqori darajaga yetganda, uni yakunlash kerak. Trener guruh ishtirokchilarining holatidagi 


40
o‘zgarishlami diqqat bilan kuzatishi va ana shunday" daqiqani payqab olishi kerak boTadi. Bu 
daqiqa shundan iboratki, bir tomondan mashqning maqsadi uchun va uning muhokamasi uchun 
yetarli materiallar yig'iladi, boshqa tomondan esa guruhning ko‘pgina ishtirokchilari mashqni 
bajarishni davom ettirish niyatida bo'lib va uni tugatishga roziligini ham izhor etadilar. 
Psixogimnastik mashqning yakunida albatta muhokama jarayonini o‘tkazish shart. Bunda 
quyidagi tavsiyalarga amal qilinishi lozim boTadi: Agarda mashqni o‘tkazishdan maqsad ko'proq 
va mazmunli axborot olishga yo'naltirilgan bo‘Isa, demak uning muhokamasiga ham shuncha ko‘p 
vaqt sarflanadi. 80 
Bu vaqtda ulaming mashqning tag-zamirida yotgan mantiqni anglash borasidagi fikilari so 
raladi va treneming o‘zi ham mashqning asl mohiyatini ochib bemvchi fikrlami bildiradi (Masalan, 
“Mevali salat” mashqi zamirida insonning yashash uchun kurash instinkti yotishi kabi). 
Agar mashqning maqsadi guruh a’zolarining holati qay darajada o'zgarganligini bilishga 
qaratilgan bo‘lsa, u holda muhokama jarayonida: "Siz о zingizni qanday his qilyapsiz?", "Hozir 
kayfiyatingiz qanday?" kabi qisqa savollar beriladi. Bunday sharoitda aksariyat holatlarda 
“kayfiyatim ko‘tarildi”, “mazza qildim , zo r bo ldi , faollashdim”, “tetiklashdim” kabi ijobiy va 
hissiy javoblar beriladi va shu bilan chegaralaniladi. Ba’zi hollarda esa ishtirokchilaming aniq bir 
holatini ко rgan boshlovchi o‘zi ham ularga quyidagicha gap qotishi mumkin: "Ko‘rib turibmanki, 
hammangiz xushvaqtsiz, demak endi keyingi murakkab ishlarga ham о tish mumkin , Men 
ko‘ryapmanki, hamma tabassum qilayapti, menimcba kayfiyatlar yaxshi, demak, mashg'ulotni 
davom ettirish mumkin" va h.k. 
Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan psixogimnastik mashqlarda g‘olib va mag lublarbo 
Imasligi va hech kim o'zini yakkalanib qolganday xis qilmasligi kerak, aksincha psixogimnastik 
mashqdan asosiy maqsad bu — vaqtixushlik qilishdir va u mashq ishtirokchilarida umumiylik, 
mushtaraklik hissini vujudga keltirishi lozim Psixogimnastik mashqiar bolalarda ham, kattalarda 
ham boshqalarga ishonch, diqqatni jamlash, kirishimlilik va o‘zaro muloqot kabilarga ko‘nikma, 
malakalar hosil qiladi. Shu tarzda mashqiar ishtirokchilaming nafaqat aqliy jihatdan, balki umuman 
shaxs sifatida rivojlanishiga ham katta yordam beradi. 
Shuningdek, psixogimnastik mashqiar ishtirokchilami uzoq davom etgan zo'riqtiruvchi 
mashg‘ulotlar yoki noxush hayotiy vaziyatlardan so‘ng o'zini tiklab olishiga yordam beradi. Trener 
yodda tutishi kerak bo‘lgan holatlardan yana biri mashg'ulotning boshlang'ich bosqichida guruhdagi 
barcha ishtirokchilar ham mashqlarda ishtirok etishni istayvermaydilar va ulami majburlash kerak 
emas. Lekin bu ulaning xohishini qondirish kerak, deani ham emas. Trener ulami turli usullar bilan 
qiziqtirishi va mashqdagi ishtirokini ta’minlashi lozim. Odatda tajribalarda shu narsa isbotlanganki, 
bunday ishtirokchilar bitta psixogimnastik mashqda qatnashsalar, o‘z- o‘zidan keyingi mashqlarda 
ham ishtirok etishni istab qoladilar. Shuningdek, treneming har doim yelib-yugurib harakat qilishi 
ishtirokchilami faol bo‘lishga undash bilan birgalikda, guruhda xush kayfiyat, do‘stlik muhitini 
yaratishga ham yordam beradi. 
Psixogimnastik mashqning oxiri doimo qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. 
Ya’ni psixogimnastik mashq oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zamr: birinchidan, 
ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, psixogimnastik mashqdagi 
o‘zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqishi kerak. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin