Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Treningda “Psixodramma” usulidan foydalanish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

8.4. Treningda “Psixodramma” usulidan foydalanish 
Ijtimoiy-psixologik treningda qo'llaniladigan eng qiziqarli va eng samarali usullardan biri 
psixodramma hisoblanadi. Psixodramma - bu trener tomonidan ishtirokchilarga biror-bir hayotiy 
(odatda, nizoli) yoki shartli vaziyatning taqdim etilishi va bu vaziyatlaming 3-4 kishilik guruhlarda 
o‘z rollaridan kelib chiqib ijro etishidir. Psixodramma rolli o‘yinlarning murakkabroq shakli 
hisoblanadi. Ulaming umumiyligi shundaki, har ikkalasida ham rollar ijro etish talab etiladi. Rolli 
o'yinlardaf rol sifatida turli xil predmetlar (ruchka, chashka, parta), jonzotlar (bo‘ri, quyonjning ham 
ishtiroki mavjud bo Isa, psixodrammada faqat ijtimoiy munosabalar aks etgan' rollar (ota, o‘g‘il, 
direktor, psixologjning mavjud bo'lishi talab etiladi. 
Masalan, psixodrammada oilaviy vaziyatlardan biri sifatida ota-ona va far: (o‘g‘il yoki 
qizjlaming dam olish kunini birgalikda o'tkazishi kerakligining 1 muhokamasi o‘ynaladi. Bu 
vaziyatning murakkabligi va muammoliligi shundaki, dam olish kuniga oila har bir a’zosi o'z 
rejasini belgilab, kimlargadir va’da berib qo‘ygan. Ushbu vaziyat muhokamasini tashkil etish 
psixodramma usulida amalga oshiriladi. 
Yoki yana bir vaziyat bir guruh insonlaming kimsasiz orolga tushib qolishlari | va shu orolda 
ma’lum muddat hayot kechirishini ko‘rsatib berish taklif qilinadi. Ishtirokchilarga guruhning har bir 
ishtirokchisi orolga tushib qolguniga qadar kemada ma’lum rolni (kapitan, kapitan yordamchisi, 
dengizchi, yo'lovchi) bajarib kelganligi izoh sifatida aytiladi. 
Muammoli holatlar, vaziyatlar va ulami qay tartibda ijro etish kabi jihatlar trener tomonidan 
guruhning tarkibi va ishtirokchilaming hayotiy muommolaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. 
Psixodrammani o'tkazishning turli xil modifikasiyalari (turlari) mavjud: 
1. Rollami almashish - ishtirokchilar rollami o‘ynab bo'lganlaridan so‘ng ishtirokchilarga 
rollarini almashinish taklif etiladi. Buning afzalligi shundaki, ma’lumj pozitsiyada rol ijro etgan 
ishtirokchi o‘yin shartlariga ko‘ra, keyinroq kontrpozitsr (akspozitsiya)ni egallashga majbur boladi 
va bunda u bir necha daqiqa avvl o‘zi aytgan gap-so‘zlari yoki xatti-harakatlarini to‘g‘ri, 


52
noto‘g‘riligini tushunib oladi.
2. Bitta vaziyatning turlicha talqini - psixodrammaning bu.usulida aynan bitta vaziyat 
ishtirokchilar tomonidan navbatma-navbat va asosiysi boshqacha, turlicha tarzda o ’ynalishi talab 
etiladi. Natijada inson aynan b .r vaziyatda o ‘z xarakterining turli tomonlarini namoyon etish 
hamda o‘z xulq-atvoriga ko‘p narsa bog‘liq!,ligini bilib olishi mumkin.
3. Barcha ishtirokchilaming qatnashuvi - aynan bitta vaziyatda turli ishtirokchilar o ‘z xarakter 
xususiyatlaridan kelib chiqib rol o ’ynashlari hisoblanadi. Shundagina inson o‘zi o’ynagan rolni 
boshqalar qanday ijro etishini, aynan shu muommoni boshqalar qay tarzda hal qilayotganligim 
ко‘rad,. Shuningdek, chetdan kuzatganda u yoki bu muloqot usuli qanday ko’rinishim hamda 
boshqalar uni qanday t/ubul qilishlanni bilib olishi mumkin. 
Psixodrammaning samarali usul ekanligi yana shunda namoyon bo'ladiki, u orqali 
ishtirokchilarda real hayotiy vazivatlarda muvaffaqiyatga enshish mumkmhgiga ishonch hosil 
qilinibgina qolmasdan, shunga mos ko‘mkma va malakalami hosil qilishga ham yordam beradi. 
Shuningdek, shaxsiy maqsadlarga erishishga, garmonik munosabatlar o'rnatishga ko‘maklashadi, 
msonlar bilan muloqotga kirishish uchun maqbul usullami izlashga va topishga undaydi. 
Psixodramma fimksional treningdan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? - degan savolga javob 
berish lozim. Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin: Birinchidan, improvizasiyalanganligi 
bilan farq qiladi. Funksional treningda trener tomonidan ijtimoiy xulq-atvomi ,jro etuvchi asosiy 
shaxs oldiga aniq maqsad qo‘yiladiki, bunda qanday yo‘l bilan bo'lmasin, albatta natijaga enshish 
lozim bo'ladi. Qolgan ishtirokchilar esa to'siqlami hosil qilishlan kerak bo‘ladi. 
Psixodrammada esa qandaydir muammo o‘rtaga tashlanadi va barcha ishtirokchilarga nizoli 
vaziyatni hal etish yo’llarini topish vazifasi beriladi va buning uchun ularga to 'liq imkoniyat 
beriladi. Har bir ishtirokchi о ‘z shaxsiy tasavvurlari va imkomyatlanga mos holda o‘z sherigiga 
ta’sir etish usullarini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunga mos holda psixodrammada har bir 
shaxsning o‘ziga xos jihatlari: xarakter xususiyatlari, axloqiy ustanovkalari, hayotiy qadriyatlari 
keng darajada namoyon boiadi. 
Psixodrammaning eng ijobiy jihati shuki, ishtirokchi o'zining haqligiga ishonadi va o‘z xulq-
atvorini shu ishonchga muvofiq holda namoyon qiladi, ya’ni о z hayotiy qadriyatlariga tayangan 
holda o'zini tutadi va buning ijobiy samara berishiga ishonadi. Ammo u qandaydir tushunarsiz 
sabablarga ko‘ra o'zining hulq-atvori atrofdagi insonlar bilan o'zaro munosabatlarni 
yomonlashtirayotganligini anglaydi. Shuningdek, psixodramma ma’lum bir vaziyatlarda nima qilish 
kerakligini “umuman bilmay qolgan”lar uchun ham juda foydali. 
Bundan tashqari, psixodrammaning oxirida o‘tkaziladigan sahnalashtirilgan vaziyatlaming 
guruhiy muhokamasi ham foydalidir. Bunday muhokama ishtirokchilarga shaxslararo o‘zaro 
munosabatlarga salbiy ta’sir etayotgan о z xarakteridagi kamchiliklami bilib olishga yordam beradi. 
Muhokama psixodramma metodining ikkinchi muhim tamoyili hisoblanadi. Muhokama 
jarayoni amalga oshirilgan pozitsiyaga nisbatan boshqa ishtirokchilaming reaksiyalarini chuqur 
bilib olishga yordam beradi. Odatda, ko'pchilik ishtirokchilar o‘z fikrlarida berilgan rolini 
qoyilmaqom qilib bajargani va eng zo‘r natijaga erishganiga ishonib, juda xursand bo'ladi. Ammo 
muhokama jarayonida ular o'z hulq-atvorining boshqa insonlarda qandaydir yoqimsiz hislar 
uyg'otganligini bilib hayron qoladilar. O ‘zaro fikr almashish jarayonida ishtirokchilar o ‘zlarida 
paydo bo‘lgan fikrlar va kechinmalami bilan o‘rtoqlashadilar. 
Bunday muhokama jarayonida ayrim ishtirokchilar ko‘pincha, o'zidagi qatiyatlilikni 
atrofdagilar qo‘pollik deb baholab, salbiy munosabat bildirsalar, hayron bo'lishadi, Aksincha 
bo'lishi ham mumkin: qatiyatsizlikni psixodrammadagi sheriklar mulozamatlilik deb qabul qilib, 
ijobiy baholaydilar, bu ham insoimi ajablantiradi. Demak, psixodrammaning afzalligi shuki, ushbu 
metod ishtirokchiga faqat yangi rollami bajarish imkoninigina bermasdan, balki o‘z xarakterini 
qaytadan baholashga hamda atrofidagi insonlarga munosabatini yangicha tarzda ko‘rib chiqishga 
ham yordam beradi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: inson kundalik hayotda bolalami 
tarbiyasida turli muommolarga duch keladi, bu muommolami bartaraf etishning eng samarali 
usullaridan biri bolalaming kundalik tarbiyasini “foydali o'yinlar” bilan uyg'unlashtirish 
hisoblanadi. Masalan, bolani uxlatishdan awai u bilan birgalikda qo‘g‘irchoqni uxlatish mumkin. 


53
Bunda bolaga tarbiyachi yoki ota-ona rolida bo'lib ko'rish imkonini berish kerak. Bu kichik 
o‘yindan so‘ng ko'pchilik ota-onalar o'zi ham og'ir-bosiq va muloyim tortib qolganligini qayd 
etishgan. Kichik maktab yoshidagi bolaning uy vazifasini tekshirayotganda aqlli va mehribon 
o'qituvchi rolini o'ynab ko'rish yoki bolaning o'zini o'qituvchi qilib qo'yish ham foydali hisoblanadi. 
O'quvchilar o'mida esa qator terib qo'yilgan o'yinchoqlar tanlanadi. Bola bajonidil ulami doskaga 
chaqiradi va ulaming o'miga hamma bilganlarini o'zi gapirib beradi. Yoki shifokorga borishdan 
avval bola bilan “polikiinikaga chiqish” o'yinini o'ynash mumkin. Bu o'yinda bola shifokor o'mida 
bo'lsa, u mijozni (quyon, ayiq) qo rqmaslikka chaqiradi. Ota yoki ona esa unga mijoz o'zini qanday 
tutishi kerakligini ko'rsatib beradi. 
Psixodrammada konkret o'yinli vaziyatlami tanlash trenerning qiziqish va fantaziyasiga 
hamda mahoratiga bog'liq. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin