Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


VIII BOB BO'YICHA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
VIII BOB BO'YICHA TOPSHIRIQLAR 
N azorat savollari
1. Rolli o'yinlaming o'ziga xosligi nimada? 
2. Rolli o'yinlami o'tkazish qoidalarini sanang.
3. Psixodramma bilan rolli o'yinning farqi nimada?
4. Psixodrammaning treningdagi ahamiyati nimada? 
Mustaqil ish mavzulari
1.Rolli o'yinlarga misollar yozing
2.Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarda qo'llaniladigan rolli o'yinlarga misollar yozing
3.Stressni bartaraf etuvchi treninglarda psixodrammaning qo'llanilishini tahlil qiling
Testier
1. 
Trening 
jarayonida 
qo'llaniladigan, 
hayotiy 
vaziyatlar 
va 
munosabatlar 
modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan usulning nomini aniqlang 
A) Rolli o'yinlar
B) Psixodramma
V) Psixogimnastik mashq
G) Aqliy hujum
2. Rolli o‘yinlarda eng asosiysi nimaligini aniqlang
A) Muloqot yoki munosabat
B) Kayfiyatni ko'tarish
V) Harakat qilish
G) Rol o'ynash
3. Tashqi muhit bilan bcvosita bog‘liq bo‘lgan muammolar va vaziyatlar qaysi usulda 
o‘ynaladi? 
A) Rolli o‘yinlarda
B) Psixodrammada
V) Psixogimnastik mashqda
G) Aqliy hujumda
4. Rolli o‘yin tugaganidan so‘ng hosil qilingan tajriba muhokama qilmadi -bu rolli o'yinning 
qaysi xususiyatiga tegishli? 
A) Bosqichlariga
B) Qoidalariga
V) Normalariga
G) Tavsiyalariga
5. Rolli o‘yin va psixodrammaning umumiyligi nimada? 
A) har ikkalasida ham rollar ijro etish talab etiladi 
B) har ikkalasida ham hayotiy vaziyatlar o'ynaladi
V) Har ikkalasida ham ijtimoiy vaziyatlar o‘ynaladi
G) har ikkalasida ham kayfiyat ko'tariladi 


54
IX. TRENER VA UNGA QO‘YlLADIGAN TALABLAR 
9.1.Trener haqida tushuncha 
Hozirgi kunda trening atamasi kabi trener atamasining ham aniq standart va yo'nalishlari 
boTmaganligi sababli bu mutaxassislarga qo’yiladigan talablar ham aniq tarzda asosla berilmagan. 
Zamonaviy psixologiyaning yangi atamasi boigan trener fenomeni to'g’risida gapirishdan oldin, 
trening tushunchasining mohiyatini takrorlab olish maqsadga muvofiqdir. Trening - bu shunday 
o‘quv jarayoniki, bunda materiallaming nazariy bloki kichiklashtirilib, asosiy e’tibor ko'nikma va 
malakalami hosil qilish amaliyotiga qaratilgan boiadi. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqqan holda tahlil 
qilinsa, trenerga quyidagicha ta’rif berish mumkin boTadi: trener ~ bu trening mavzusida 
belgilangan nafaqat nazariy bilimlami bilishi, balki shaxsiy va pedagogik tajribaga ega boigan
qatnashchilarga yangi va zarur bilimlami o'rgata oladigan, tayyor qarorlar boTmagan taqdirda 
tashkiliy faoliyatga o’rgatish qobiliyatiga ega boTgan shaxsdir. Yana bir ta’rif: trener bu - 
pedagogik qobiliyatlarga ega, tajribali, trening davomida keng majburiyatlar diapozonini amalga 
oshiruvchi va qo‘yilgan vazifalami hal qiluvchi yetakchi shaxsdir.
“Trener” so‘zi ingliz tilidan olingan boTib, trainer - mashq qildiruvchi, o'rgatuvchi 
ma’nolarini anglatadi. Trener - trening guruhini tashkil etuvchi va guruh bilan ishlovchi shaxs 
hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - insonlar o’rtasida sogTom munosabatlaming boTishiga 
erishishdir. 
Trening jarayonida trener har bir ishtirokchining psixologiyasi bilan ishlaydi. Inson 
psixologiyasining barcha jihati esa juda nozik soha bo'lib, uning qaysidir joyiga noxosdan tegib 
ketish katta noxushliklarga, muammolarga, hattoki aziyatlarga olib kelishi mumkin. Shuni hisobga 
olgan holda treneming ishini qimmatbaho olmos (javohir) bilan ishlaydigan mohir zargaming ishiga 
o‘xshatis mukin. 
Mutaxassislar o‘zaro “Trenerlik vazifasida tunsh osonmi yoki qiyin?” degan savolga javob 
izlashgan va bu savolga javobni ikki xil oifadagi kiilardan quyidagi ikki xil variantda eshitish 
mumkinligini qayd etishgan. 
Birinchisi - qiyin deydi, trenerlik kasbi bilan shug’ullanib kelayotgan mutaxassilar. Ikkinchisi 
- oson deydi, trening guruhlarida shunchaki ishtirokchi sifatida qamashgan kishilar. Hozirgi kunda 
bu kasbning aniq standart va yo’nalishlari boTmaganligi sababli bu soha mutaxassislariga 
qo’yilayotgan talablar ham tarqoq holdadir. Bu sohada faoliyat yuritgan mutaxassislar ham trener 
qanday sifatlarga ega boTishi kerakligi haqida turlicha fikr bildiradilar. Quyida shu sohadagi 
adabiyotlar tahlili asosida trenerlik kasbi uchun zarur bo‘igan talablaT qatorini havola etamiz.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin