Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trener uchun asosiy kasbiy talablar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
9.3.Trener uchun asosiy kasbiy talablar 
Trener shaxsiga qo'yiladigan talablar doirasini kasbiy nuqtai nazardan qo'yiladigan talablar 
qatori bilan davom ettirish mumkin:
• Trener awalo o‘zgalar shaxsiga xos boTgan psixologik xususiyatlami juda yaxshi bilishi 
kerak (inglizlar aytganidek, “o‘zgalar psixologiyasini bilish — ular ustidan hukmronlik qilishning 
bir shaklidir , degan naqlni esdan chiqarmaslik lozim, lekin bunda pedagogik alturizm, ya’ni 
o‘zgalar manfaatini o'zinikidan ustun qo'yish hislati ham mavjud bo‘lishi kerak)
• O‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish 
qobiliyatiga ega boTishi zarur.
• Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishni bilishgina emas, balki 
ularning oldini olishni ham bilishi, vaziyat taqazo qilganda esa uni bartaraf eta olishi kerak.
• Empatiya, ya’ni o‘zgalar holatini chuqur his qila olish qobiliyatiga ega boTishi zarur.


56
• O'zgaruvchanlik, moslashuvchanlik borasida aql sohibi bo lish, kutilmagan holatlarga o‘zini 
oldindan tayyorlash, murakkab vaziyatlarda o'zini yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak.
• Ishtirokchilarning nutqini tinglash, noverbal harakat va mimikalarini anic 
tushunish, reaksiyalarining mohiyatini to‘g‘ri talqin eta olishi kerak. 
• Ishtirokchilarning ehtiyoj va qiziqishlariga qarshi bonnasligi kerak. 
• Rejalashtirish qobiliyatining boTishi, bunda kutilayotgan jarayonning barcha muhim va 
nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi kerak. 
• O‘ziga nisbatan ishonchning mavjudligi, real tafakkurga va kuchli irodaga ega bo‘lishi 
kerak.
• O‘z xatti-harakatlarini doimo m a’lum maromda ushlash, kerak b o ‘lsa o‘zidagi motorikani 
rivojlantirgan boTishi kerak. 
Trenerlik qobiliyatiga oid talablar
Mashg’ulotlami oiib boruvchi trenerdan quyidagi qobiliyatlar talab etiladi:
1. Maqsadga yo‘nalganlik - treningni oxirigacha yetkazish, reglament qoidasiga rioya qilish.
2. Chidamlilik - treneming ushbu sifati guruhda intizomni saqlashga yordam beradi. 
3. Reaksiya tezligi - trening jarayonida yoT qo'yilgan xatolarga operativ holda diqqatni qarata 
olish.
4. Xanzma - treneming ishtirokchilar uchun qiziqarli boTa olishi, auditoriyani “yondira” 
olishi.
5. Yumor - trening jarayonida ajablanish, noqulaylik kabi holatlaming namoyon boTmasligiga 
yordam beradi. 
6. Kommunikativ qobiliyat - shaxslararo va guruhlararo nizolarga yoT qo ymaslikni, guruh 
ishtirokchilariga ta’sir etishning samarali yoTlarini ta’minlab beradi.
7. Moslashuvchanlik - treneming har qanday holatga moslasha olishini ta’minlaydi.
8. Xatolami tuzatish - xatolami ko’ra olish, uni qanday tuzatishni bilish, xato qilib qo‘yishdan 
qo‘rqmaslik kerak.
9. Shuhrat qozonish - 2-3ta muvaffaqiyat treneming mashhurligini ta’minlaydi.
10. Refleksivlik - bu kasbiy sifatlaming eng ahamiyatlisi bo‘!ib, anglash qobiliyati va qanday 
vaziyatda nimani qoMlay olish kerakligidir. 
Yuqorida sanab o'tilganlar bilan bir qatorda trener dasturga mos ssenariylar tanlay bilishi
lozim bo‘lganda ularni har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg'ulotlami tashkil 
qilishda qatnashchilaming yoshi, jinsi, kasbiy malakalan, madaniyati va ehtiyojlariga mos ravishda 
dasturlarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo lishi, mashg'ulotlar shakli, vaqti, 
joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi treningni samaradorligiga bevosita ta’sir 
ko'rsatadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin