Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Mutaxassislar tomonidan trener uchun talablar tahlili



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

9.4. Mutaxassislar tomonidan trener uchun talablar tahlili 
M.Kubrom tomonidan trenerlik qiluvchi mutaxassisning ishiga nisbatan quyidagi talablar 
ishlab chiqilgan:
Intellektual qobilivatlar: kuzatuvchanlik, faktlami jamlash, qiyoslash, sog'lom fikrlash, tahil 
qilish, ijodiy fikrlash, original tafakkur qobiliyatlarining mavjudligi. 
Odamlami tushunish va ular bilan ishlav olish qobiliyati: ishtirokchilaming fikrini hurmat 
qilish, g'aliz va noo'rin bildirilgan fikrlarga nisbatan chidamlilik, yozma va og'zaki muloqotga 
kirisha olish qobiliyatining mavjudligi, ishontira olish hamda faoliyatga undovchi motivlami 
yaratish qobiliyatining mavjudligi. 
Intellektual va emotsional etuklik: faoliyat va xulqdagi barqarorlik, bosim ga qarshilik ko'rsata 
olish, o‘z kuchiga ishonch, har qanday vaziyatda o'zini nazorat qila olish, o'zgaruvchan sharoitlarga 
moslasha olish. 
Shaxsiv qat’ivatlilik va tashabbuskorlik: o‘ziga ishonch, mardlik, tadbirkorlik va 
tashabbuskorlik. 
Etika va rostgo‘vlik: boshqalarga yordam berish istagining mavjudligi, rostgo'ylik, shaxsiy 
kompetentlikning cbegaralarini anglash, xatolami tan olish qobiliyati.


57
Jismoniv va aqliv sog’lomlik: ishdagi va kundalik hayotdagi zo riqishlami qiyinchiliksiz 
“ko‘tara olish”. 
A.I.Prixojan treneming shaxsiy sifatlarini muhim ahamiyatga ega ekanligini va birinchi 
navbatda umumiy bo'lgan insoniy sifatlar uning har bir ishida namoyon bo‘lishi kerakhgim aytib 
o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, trenerdan talab qilinadigan psixologik professionalizmning asl mohiyati 
shundaki, u odamlarning ko'ziga va xatti-harakatiga qarab, ulaming uiyat-istaklarini, treningda 
ishtirok etish qobiliyatini oldindan taxmin qila olishi va о‘yin davomida mohirlik bilan ulaming 
xatti- harakatlanm zimdan boshqarish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. Bundan tashqari, trenerdan 
fidoyilik, o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan yuqori qo‘yish, sabr-toqat, tezkorlik, fahm-farosat kabi 
sifatlar ham talab etiladi. Bu sifatlar esa faqat nazariy tayyorgarlik asosida emas, balki ko‘proq 
hayotiy va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina qo‘lga 
kiritiladi. 
Trenemmg kommumkativligi, liderlik qobiliyati, ishontira olishi, mijozlar bilan munosabatda 
chidamhiigi, muammoning bir necha tomonlarini ko‘ra bilish, o‘z faoliyatini yo naltirishni bilish va 
nihoyat eng muhimi o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati trenerlik ishining eng muhim jihatlaridandir. 
Har bir trener о z-o zini tahlil qila olishi, o‘z “Men”ini anglashi hamda o‘z kasbt va “Men”i 
o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini anglashi lozim. U har doim o'ziga “Men kimman?”, 
“Men qanday mutaxasisman?” kabi savollar bilan murojaat etib turishi kerak. O ‘z shaxsiy 
sifatlarini anglay bilish mijozlar guruhi bilan samarali natijalarga erishishning shartlaridan biridir. O 
‘zini anglash konsultantga o ‘z nuqtai nazariga ko‘ra qaysi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi, 
shakllantirishi lozimligini aniqlash imkonini beradi. 
A.V.Batarshev o‘z-o‘zini anglashni quyidagicha ta’riflaydi: “Individning o‘zi liaqidagi 
tasavvurlari asosida o‘zi va boshqa odamlar bilan munosabat o‘matishini ta’minlovchi nisbatan 
barqaror va anglangan tizimdir”. A.Batarshevning fikriga ko‘ra shaxsning Men’ obrazi quyidagi 
komponentlardan iborat:
• Kognetiv komponent (shaxsiy psixologik sifatlari, qobiliyatlari, tashqi ko’rinishi, ijtimoiy 
qimmatliligi);
• Emotsional komponent (o‘z-o‘zini baholashi va o’zining emotsional bahosi) 
• Xulq-atvor komponenti (o‘ziga bo'lgan munosabati, obro‘ qozonishi, o'ziga faoliyat 
yurituvchi shaxs sifatida munosabatda bo'lish. 
• O‘z-o‘ziga ishonch - bu avvalo o‘z kuchiga, о z pozitsiasiga, q o ilay o tg an metodlarga 
bo‘lgan ishoncbdir. O‘z-o‘ziga ishonch ayniqsa, trener o‘z ishida eksperimental metodlardan 
foydalangan vaziyatlarda juda muhumdir.
• Har bir trener uchun zaruriy sifatlardan yana biri bu - ijodkorlikdir. Bu sifat kreativ tafakkur 
bilan bevosita bog‘liq, ya’ni noan’anaviy fikrlash, muammolarni tez yechish, nostandart 
yechimlami topish. Trenerlik ishida hech qanday umumiy retseptlar, sxemalar bo'lishi mumkin 
emas. Faqatgina umumiy yondashuv, murakkab, chigal vaziyatlami yechish tajribasi bo'lishi 
mumkin xolos. Trener doim nazariy bilimlari, tajribasi, metodikalari, shaxsiy sifatlari va albatta 
ijodiy energiyasini sarflagan holda ishtirokchilarga yangilik taklif qilishi lozim. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin