Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


XI. TRENING TURLARI VA KLASSIFIKASIYASI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

XI. TRENING TURLARI VA KLASSIFIKASIYASI 
11.1. Trening turlariga oid nazariy yondoshuvlar 
Hozirgi kunga kelib guruhiy treninglar bo‘yicha ish olib boruvchi asosiy yo'nalishlar sirasiga 
quyidagilami kiritish mumkin:
- Gumanistik psixologiya (K.Rodjers, A.X.Maslou, Frankl);
- Bixeviorial yondashuv (V. Bandura);
- Geshtalterapeya (Perlz);
- Pozitiv terapiya (Pezeshkian), 
- Psixodinamik yondashuv;
- Umumiy treninglar; 
 Gumanistik yo‘naiishdagi treninglar. 
Gumanistik psixologiya terapevtik dunyoqarash nuqtai nazardan faoliyat olib boradi. U 
insonning ichki potensialini realizasiya qilishga yo'naltirilgandir. Gumanistik psixologiyada 
K.Rodjersning «Mijozga yo‘naltirilgan terapeya» va A.X.Masluning «O‘z-o‘zini aktuallashtirish» 
yo'nalishlari keng tarqalgan. 
Mijozga yo'naltirilgan terapeya insonning o'sishi va sog'ligiga ko‘maklashuvchi ijobiy 


70
kuchlami topish va uyg'otishga yo'naltirilgandir. Lining asosiy maqsadi - mijoz o‘zini o‘zi qanday 
bo‘lsa shundayligicha qabul qilishiga va atrofdagilami ham shundayligicha idrok etishiga 
ko'maklashuvchi shaxslararo munosabatlami o'rnatishga yordam berishdan iborat. K.Rodjers 
nazariyasiga ko'ra, mijozning o‘zi o‘z yo'lini terapevtning yordami bilan aniqlab olishi kerak
terapevt rolida boshqa insonlar ham boiishi mumkin. Bunday treninglarda psixologik xavfsizlik, 
qabul qilish va tushunish iqlimi saqlab qolinadi. 
Psixologik treningda mashhur bo'lgan quyidagi gumanistik yo‘nalishlami keltirish mumkin: 
uchrashuv guruhi va senzitivlik treningi (K.Rodjers 1994 y.). Bunday doiradagi treninglar 
jarayonida ishtirokchilar sheriklarining xatti-harakat va xulq-atvoriga e’tibor beradi, baholaydi va 
ulami sharhlash orqali o'zini, o‘z xatti- harakatlarini ham anglay boradi. Bunday trening guruhlarida 
ishtirokchilar kutilmagan his-tuyg‘u!arni, jahl, o'ziga ishonmaslik, psixologik himoya kabilami 
namoyish qilish va ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi\ar. Bunday treningda ishtirokchilarning 
erkinlik prinsipi talab etiladi. Trener guruh faoliyatini boshqarish va tashkillashtirishdan 
vozkechadi, shu usul orqali frustrasiyani yuzaga keltiradi. 
Natijada ishtirokchilarning o‘zi faollashib mashg‘ulot davomida kechayotgan barcha 
jarayonga nisbatan mas’uliyatlari oshadi. Asosiy diqqat bu yerda guruhiy jarayon yoki shaxslararo 
ta’sir ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoniga emas, balki, autentlikni izlashga va boshqa insonlarga 
nisbatan ochiqlikka qaratilgan bo'ladi. 
K. Rudestam guruhiy uchrashuvning quyidagi maqsad va vazifalarini sanab o'tadi:
- ishtirokchilami shaxslararo xulq-atvorga o‘rgatish;
- guruhiy dinamika nazariyasini amaliyotda tasdiqlash; 
- ishtirokchilar hayotda to‘qnashadigan muammolarga qayta ishlov berish;
- ishtirokchilarga boshqarish ko'nikmasini rivojlantirishga yordam berish;
- olingan bilimlami guruhdan tashqarida ham qo‘llay olishga o'rgatish. 
Shuningdek, 
psixologik 
himoya 
to‘siqlarini 
kamaytirish 
va 
shaxsiy 
darajadagi 
nosamimiylikni bartaf etish hisobiga o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishdan ibomtdir. 
Psixodinamik yondashuvga trasaktanaliz, psixodramma va tana tanaterapeyasi kiradi. 
V.Yu.Bolshakov o‘zining «Psixotreninglar» deb nomlangan kitobida transaktanalizni inson o‘zini 
va boshqalaming xulq-atvorini tahlil qilishga ratsional qarashni o'rgatuvchi, o'zini va o'zgalar shaxsi 
psixologiyasining mohiyatini hamda uning ichki programmalashtirilgan ssenariysini yaxshiroq 
anglashga yordam beruvchi psixologik metod deb ta’kidlab o'tgan. 
E.Bern o'zining «Guruhiy transaktanaliz» kitobida psixologik ta’siming 4 xil ko'rinishini 
ajratib ko‘rsatgan: 
- dekontaminasiya;
- reketektlashtirish;
- fahmlash;
- qayta yo'naltirish.
• Dekontaminasiya - bu reaksiya va hissiyotlami n-to‘g‘ri tushunilishidir. 
• Reketektlashtirish — mijozda o'z tajribasining har xil aspektlarida dunyoqarashning 
o‘zgarishidir.
• Fahmlash - sodir bo‘layotgan voqea-hodisalaming barchasini mijozning anglashiga yordam 
berish tushuniladi. 
• Qayta yo'naltirish - mijozning oldingi xatti-harakatlari, reaksiya va maqsadlari konstruktiv 
yo'nalishga o'zgarishini taqozo qiladi. 
Bunday 4 xil ta’sir ko‘rinishlari orqali hayot ssenariysiga o‘zgartirish kidtish treneming 
murakkab ish natijasidagina amalga oshadi. Mashg'ulot davomida ishtirokchilarda insaytga ya’ni, 
haqiqiy xulq-atvor va harakatlarning asl motivlari aniqlanishi, ko'z ochilish daqiqasiga erishiladi.
Insayt jarayonining yuzaga kelishini psixodinamik yondashuvning yana bir yo'nalishi bo'lgan 
psixodrammada ko'rish mumkin. Psixodrammaning asoschisi Yakob Levi Moreno hisoblanadi. 
Psixodramaning asosiy g‘oyasi - mijoz uchun og'riqli va muammo—i vaziyatlami sahnalashtirilgan 
tomosha sifatida о tkazishdan iborat. Hozirgi kunda psixodramaning yengilroq ko‘rinishi sifatida 
«Rolli о yinlar» ham juda mashhur bo‘lib qoldi (Arnold 1989 y.). Bunda ishtirokchilar 


71
tugallanmagan ssenariylarda emas, balki psixologik rollatda kichik epizodlami o'ynaydilar va o‘zini 
tekshirib ko'radilar. Bu usul ijtimoiylashuvni chuqurlashtirishga va mukammallashtirishga 
qaratilgan bo lib, ishtirokchilaming qadriyatlari va etnik hissiyotlarini korreksiya qilishga 
mo‘ljallangandir. 
Bixeverial yondashuv metodining mohiyati shundan iboratki, inson о z tajribasini o‘zgalardan 
o‘rganish vositasida egallaydi. Noadekvat xulqni tuzatish uchun noeffektiv reaksiyadan voz 
kechtirish zarur va adaptivroq (ijobiy) reaksiyaga o'rgatishdan iborat. Treningni tipik metodikasi bu 
- xulqni repetitsiyalashdir. Ish- irokchilarga xulqning muvaffaqiyatli modeli ko'rsatiladi, ular o'z 
navbatida uni o'zlashtirishlari kerak boiadi. Ishtirokchilaming (omadli) muvaffaqiyatli xarakatlari 
guruhning ijobiy munosabati bilan qo'llab-quwatlanadi va omadsiz harakat esa salbiy qo'llab-
quwatlanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin