11.3. Treninglaming asosiy turlari Ho’zirgi kunda keng ommaga tag‘dim qilinayotgan treninglami umumiy tarzda quyidagi 4 ta
asosiy gumhga ajratish mumkin:
Korreksion treninglar. Bunday treninglaming maqsadi murojaat qilgan shaxsning psixologik muammosini hal etish,
uning o‘z-o‘zini anglashiga hamda yangi va baxtli bayot boshlashiga ко’mак berishdan iboratdir.
Korreksion trening o ‘z ichiga mijoz I'sixodiagnostikasmi ham oladi, lekin psixodiagnostika odatiy
(testlar yordamida yoki psixolog bilan uzundan uzoq suhbat) tarzda emas balki o'zgacha, trening
shaklida amalga oshiriladi. Trening davomida diagnostik mashqlami bajarar ekan mijoz heixtiyor о
zini so zlarda emas, balki amalda, ya’ni ayni jarayonda namoyon qiladi. lining psixologik portreti
yuqori aniqlik bilan chiziladi. Keyin esa korreksion ishlar mnalga oshiriladi, bunda mijoz psixolog
bilan ishlaydi va ular birgalikda mijoz uchun y«ingi hamda maqbul bo lgan xulqni ishlab chiqadilar.
Bunday xulqni amalga oshirish yo'llari o'rgatiladi.
Bunday treningni moslashish qismida mijoz o‘z muvafaqqiyatlarini real luyotga ко chirish
malakasiga ega boTadi, u faqat trening doirasidagina omadli va baxtli bo‘lib qolmasdan, balki
xuddi shu hislami shaxslararo munosabatlarga ham ko‘chirishni oTganadi. Bunday treninglaming
barcha qismlari (diagnostik, korreksion, moslashish)ni bir kunda ham amalga oshirish mumkin,
biroq ba’zi hollarda bunday treninglami mijozning istagi va uning muammosining hal etilishiga
qarab haftalab va hatto oylab davom ettirish ham mumkin. Bu esa mijoz muammosining
murakkablik darajasi va uning bu muammodan qutulishni qanchalik istayotganligiga bog’liq.
Ko‘pincha korreksion treninglarda eng ko‘p vaqt mijozning psixologik himoyasini yorib
kirishga sarflanadi. Chunki bunday treningga murojaat qiluvchilar treneming ularga yordam
berishini istaydilaru, iekin o'zlari o‘z ruhiyatidagi ichki o'zgarishlarga hali tayyor bo‘lmaydilar.
Biroq agar mijoz o‘z vaqti va pullarining qadriga yetsa, o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lsa, u holda
korreksion treningning natijasi juda yaxshi bo'ladi.