Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


NIZO - shaxslararo munosabatlar jarayonida o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

NIZO - shaxslararo munosabatlar jarayonida o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli 
manfaatlar va munosabatlaming to‘qnashuvidir. 
Nizo deganda (lot. conflictus — to'qnashuv) o'zaro Munosabatlar jarayonida yuzaga 
keladigan qarshiliklami hal etishning anchagina keskin usuli tushuniladi. Bu jarayonda odatda nizo 
sub’ektlarining o'zaro qarshilik ko‘rsatishlari va negativ emotsiyalar bilan kechadi. Agar nizo 
sub’ektlari o'zaro tortishsa, lekin bu jarayonda neggativ emotsiyalarni boshdan kechirmasa yoki 
aksincha, tortishmasalar u negativ emotsiyalami boshdan kechirsa, bu holat nizo oldi vaziyati 
hisoblanadi. 
Nizo sub’ektlarining tortishuvi uch xil doirada namoyon bo'lishi mumkin: muloqotda, xulq-
atvorda, faoliyatda. Har qanday nizoning asosida tomonlaming qandaydir voqe-hodisaga nisbatan 
qarama-qarshilik pozitsiyasi yoki ma’lum bir sharoitda ulaming maqsadga erishishidagi qarama-
qarshiliklari yoki qiziqishlari, istaklari, intilishlarining bir-biriga mos kelmasligi kabilar yotadi. 
Ko'pchilik insonlar nizoni negativ va buzg‘unchi xarakterga ega deb tushunadilar. Lekin, 
o‘zaro munosabatlarda yoki tashkilotlarda nizoning boimasligi o‘sha munosabatlaming yoki o‘sha 
tashkilotning “so‘lish”ga olib keladi. Nizolar javobgarlik, manfaatdorlik, qat’iylik kabilarni 
rivojlantiradi. Shuningdek, anglangan nizolar kishilar orasidagi munosabatlaming yaxshilanishi va 
yangilanishiga olib keladi. Nizolar bo‘lmaganda kishilaming o‘z muammolarini anglashi va 
ulaming yechimini topishga harakat qilishi kamdan-kam holatlarda sodir bo‘ladi. Tinchlik - 
tomonlaming ular uchun mutloqo yechimi yo‘qdek tuyulgan muammolami birgalikda yengib o‘tib, 
ma’lum bir yechimga kelishlaridir. 
Destruktiv nizo - Tomonlardan binning manfaatla-i ustun qo‘yilganda yuzaga keladi. Bunda 
quyidagi holatlar kuzatiladi:
- Nizoning yechimi topilmaydi va uni boshqarish imkoniyati boy beriladi, 
- G‘azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab 
bo’ladi;
- Juda kuchli stressga olib kelishi mmkin;
- Odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilofni vujudga keltiradi. 
Konstruktiv nizo - Tomonlaming ikkalasi uchun ha— teng manfaatga ega boTgan yechim 
topiladi va buning natijasida:
• Yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochiladi; 
• Muammo yechimining yangi yo‘llari, imkoniyat va usullari kashf etiladi; 
• Ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar 
o‘matiladi, tomonlami birlashtiradi. 
Aksariyat hollarda adabiyotlarda “nizo” tushunchasi bilan birgalikda “nizoli vaziyat” 
tushunchasi ham qoTlaniladi va bu tushuncha aynan nizo bilan bir xilda 188 
tushuniladi. Shunga ko'ra nizoning tuzilishi haqida gap ketganda aynan nizoli vaziyatning 
tuzilishini ko‘rib chiqish mumkin bo'ladi. Har bir nizoli vaziyat o‘zining ob’ektiv mazmuni va 
sub’ektiv ahamiyatiga egadir. 
Ob’ektiv tomonlarga: 
• nizoning ishtirokchilari (tomonlari);
.• nizoning predmeti; 
• nizoning ob’ekti;
• nizoning mikro va makromuhiti. 
Subektiv mazmun tomonlaming motivlari, nizoli xulq-atvor, informasion model kabi 
elementlami o‘z ichiga oladi. Ushbu elementlami chuqurroq ko'rib chiqamiz. 


95
Nizoning ishtirokchilari. Har qanday nizoda ham asosiy harakatlantiruvchi kuch - odamlar 
bo‘ladi. Ular shaxsiy, rasmiy va yuridik shaxslar sifatida harakat qiladi yoki gumhga birlashadi. 
Nizoning ishtirokchilariga bog’iq holda nizoning quyidagi turlari ajratiladi:
1. Shaxsning ichki nizosi — shaxsning tashqi muhitdan noroziligini va qaror qabul qila olmay 
qiynalishi bilan bog‘liq ichki kurashlar natijasida kelib chiquvchi kcskin negativ kechinmalardan 
iborat boTgan nizo.
2. Shaxslararo nizo - ikki yoki undan ortiq alohida shaxslar o’rtasida yuzaga keladi. Bunda 
ulaming ehtiyojlari, motivlari, maqsadlari, qadriyatlari, ustanovkalari va e’tiqodi kabilaming o‘zaro 
mos kelmasligi kuzatiladi.
3. Shaxsiy—guruhiy nizo - ayrim holatlarda shaxsning xulq-atvori yoki xatti-harakati guruhiy 
normalar va guruhning kutishlariga mos kelmaganda yuzaga keladi.
4. Guruhlararo nizo. Bu holatda turli guruhlaming xulq-atvor, norma, maqsad, qadriyatlarga 
nisbatan stereotiplarining o‘zaro to‘quashuvi yuz beradi. 
Nizoda ishtirok etishiga ko‘ra quyidagilami tahlil qilish (ajratish) mumkin:
• nizoning asosiy ishtirokchilari (yoki qarama-qarshi tomonlar) — bir-birlariga qarshi faol 
harakatlami amalga oshiruvchi kishilar, ulaming faol harakati qarshilik ko‘rsatish yoki himoya 
reaksiyasi ko‘rinishlarida namoyon boTadi;
• qo'llab-quwatlovchilar (tarafkashlar) guruhi — o'zining faol harakati yoki ishtiroki orqali 
nizoning rivojlanishi yoki barham topishiga olib keluvchi kuchlar;
• boshqa ishtirokchilar — nizoning rivojlanishi va natijasiga epizodik ta sir ko‘rsatuvchi 
sub’ektlar (masalan, g’alamis fitnachilar; raediatorlar, ya’ni orada turuvchilar va hakamlik 
qiluvchilar; nizoni keltirib chiqaruvchilar). 
Nizoli xulq-atvor (xatti-harakat). U nizo ishtirokchilarining qarama-qarshi harakatlaridan 
tashkil topadi. Nizoli xulq-atvomi strategiya va taktikaga bo‘lish mumkin. Strategiya nizoga 
nisbatan va nizoni hal etish shakllariga ko‘ra (masalan, o’zini chetga olish yoki passivlik, kelishuv, 
raqobat, hamkorlik). shaxsning о z yo’nalishini, ustanovkalarini belgilab olishi sifatida qaraladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin