Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

15.3. Nizo dinamikasi 
Nizo rivojlanishi uchun tomonlardan birining ikkinchi tomonning qiziqishlarini cheklab 
qo'yishga harakat qilishi bilan bog‘liq mojaro bo’lishi shart. Agar qarama- qarshi tomon ham xudda 
shu taxlitda javob qaytarsa, u holda nizo yashirin holatda eng muhim holat (daraja)ga o‘tadi. 
Nizo qanchalik murakkab yoki sodda boiishidan qat’iy nazar har doim uning ikki tomoni - 
buzg'unchilik va yaratuvchanlik tomonlari mavjud bo‘ladi. “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” 
deganlaridek nizoning kelib chiqishi va rivojlanishiga har doim ikki tomon sabab bo‘ladi. 
1. Ikkala tomon ham nizo yuzaga kelganda ziddiyatni kuchaytirishga harakat qilishi va 
shaxslararo munosabatlarda buzg'unchilikka olib kelishi mumkin. 
2. Ikkala tomon ham nizo yuzaga kelganda ziddiyatni pasaytirishga harakat qiladi va 
shaxslararo munosabatlarda murosaga va osoyishtalikka olib kelishi mumkin. 
3. Ikkala tomondan biri nizoni kuchaytirishga, ikkinchisi esa pasaytirishga harakat qiladi. 
Bunday vaziyatda shaxslararo munosabatlarda osoyishtalik yuzaga kelshi yoki yangi ziddiyatlar 
yuzaga kelishi mumkin. 
Nizoning dinamikasida quyidagi asosiy davrlar ajratiladi:
Latent davr (nizo oldi davri). Bu davming mohiyati shundaki, ob’ektiv qarama- 
qarshiliklaming vujudga kelishi nizo ishtirokchilarining motiv va qiziqishlari bilan belgilanadi. 
Reallikning muammo sifatida qaralishi o‘zaro munosabatga kirishayotgan ishtirokchilami qarama-
qarshiliklami (nizo boiishi shart emas) hal etish uchun harakat qilishga undaydi. Biroq bu jarayonda 
muammoli vaziyat va opponentning harakatlari sub’ektning qiziqishlariga nisbatan bevosita tahdid, 
xavf- xatar sifatida qabul qilinadi. 
Ochiq davr. Nizo anglanganidan so‘ng tomonlar qarama-qarshi tomonning maqsadi, intilishi, 
o'ylari va yutuqlarga erishish yo‘llarini to‘sib qo'yishga yo‘nalgan nizoli muomalaga o‘tishadi. 
Muhimi shuki, tomonlar o‘zlarining muomalasi yoki xulqi nizoga olib kelishini tushunib yetishlavi 
lozim. Ochiq davr o‘z ichiga 194 
quyidagilarni oladi; to'qnashuv (janjal, mojaro), nizoning eskalasiyasi (o‘sishi), balansli (mos 
keluvchi) qarshilik, nizoning yakunlanishi. 


98
Insident (janjal) - tomonlaming birinchi to'qnashuvi, kuch sinashishi, muammoni o‘z 
foydasiga hal etish uchun harkati bilan ifodalanadi. 
Eskalasiya — bu opponentlaming kurashi keskin tus olishidir. Eskalasiya quyidagi belgilar 
bilan ifodalanadi: partnyorlami adekvat idrok etishning o‘rin almashuvi; emotsional zo‘riqishning 
o'sishi; dalillardan e’tiroz va shaxsiy qarshiliklar k o ‘rsatishga o ‘tish; buzilgan qiziqishlam ing 
ierarxik darajasining o ‘sishi; zo‘ravonlik ishlatish; dastlabki ziddiyat predmetining yo‘qolishi; nizo 
chegarasining kengayishi; ishtirokchilar sonining ortishi. 
Balansli qarshilik - shu bilan tavsiflanadiki, tomonlar qarshilik ko'rsatishda davom etadilar
lekin kurashning shiddati pasayadi. Biroq kelishishga harakat qilinmaydi. 
Nizoning yakunlanishi va nizodan so'nggi davr - bu davr ni/olashish holaliui tugatib, 
muammoning ycchimini izlashga va nizoni Uigutishgu bo'lgnn liuiiiknUln namoyon boMadi. 
Nizoni tugatishning asosiy shuklhiri: ziddiyatni hal rush, hissiyotiaming so ‘nishi, munosahatlarni 
yo 'Iga qo 'yish, kamrhlllklarnl hartaraf rti.sh yoki boshqa nizogao‘tilishi. 
Ziddiyatni hal etish - quyidagicha bo’lishi mumkin: qisman (nizoli hnrnkiilliiigii imkon 
bermaslik, lekin nizoga bo‘lgan istakning so‘nmasligi); to'liq (nizo tashqi munosabatlarda ham, 
ichki hissiyotlarda ham barham topadi).

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin