17
4. Yakuniy bosqich.
Yuqorida sanalgan barcha bosqichlaming o‘ziga xos muhim jihatlari mavjud bo‘lib, quyida
shu haqda so‘z yuritamiz.
Birinchi bosqich tashkiliy bosqich bo‘lib, bu bosqichda treningni boshlashgacha bo‘lgan
barcha jihatlar qamrab olinadi. Bu bosqichda trener o‘ziga xos boTgan 3ta holatni hisobga olishi
lozim boTadi. Bular quyidagilardan iborat:
• Guruhni yig'ish yoki tashkil etish;
• Treningni tashkil etishda muhim jihatlar;
• Trening dasturi va rejasini tuzish.
Guruhni yig‘ish. Bu qism trening guruhini yig‘ishga qaratilgan bo’ib, bunda , quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratish talab etiladi.
Ma’lum bir psixoiogik muammolar yuzasidan murojaat etgan kishilar bilan shug'u
llanish
uchun tashkil etiladigan trening guruhlarini y ig ‘ishdan a w a l ular bilan i individual suhbatlar
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki guruh ishtirokchilarining kimligi, ulaming xarakter-
xususiyatlarini bilish trenerga butun guruh haqida ma’lum bir xuloaga klish imkoninin beradi. Bu
esa trening mashg’ulotining datur va rejasini tuzishda, mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan
usullami tanlashida qo’l keladi. Qolaversa, har bir ishtirokchining motivasiyasini yaxshi bilih ham
trener
uchun zarurki, aks holat ulaming guruhni tark etishiga olib kelishi mumkin. Bu esa trening
samarasiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Ko‘pgina trenerlar ishtirokchilami tanlab olishda taxminiy kuzatuv o‘tkazish bilangina
cheklanadilar, xolos. Afsuski, bunday kuzatishlar guruhda kim qanday ishtirokchi boTishini
aniqlash uchun yetarli maTumotlami bera olmaydi. Bundan tashqari, bunday taxminiy kuzatishlar
trenemi noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi ham mumkin, chunki guruhiy psixoterapiyaning natijasi,
ya’ni samarasi faqat psixoterapevt
yoki trenerga emas, balki ishtirokchilaming shaxsiga ham
bog’liqdir.
Mutaxassislaming qayd etishicha, guruhga eng ko‘p foydasi tegadigan ishtirokchilar ham
ba’zida, vaqtidan ilgari guruhdan chiqib ketishi va bunga turlicha mnillar sabab bo’lishi mumkin
ekan. Jumladan, ishtirokchida turar joyning o'zgarishi, vaqt muommosi
yoki guruhga nisbatan
qiziqishning yo'qolishi kabilar.
Ishtirokchilaming guruhni tark etish sabablarini o'rganish maqsadida Dj.Yalom ( 1966 y)
tomonidan 9 ta trening guruhlari kuzatilgan. Natija quyidagicha bo’gan: 97 nalar ishtirokchidan 37
nafari guruhni vaqtidan ilgari tark etgan. Chiqib ketgan i.slihrokchilaming fikrlari so'ralganda, ular
buning sababini tashqi omillar bilan bogTiqligini, guruhga bog’iq bo’magan, lekin guruhda ishtirok
etishdan ko‘ra umhimroq muommolar ekanligini qayd etishgan.
Ishtirokchining guruhdan ketish sabablari tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilib, quyidigicha
izohlar berilgan.
1. Ishtirokchilar guruhda yuzaga keladigan o‘zi uchun yoqimsiz bo’gan rmotsiyalardan, o‘z-
o‘zini namoyon qilish va yaqin munosabat o‘matishdan qo'rqib i|ochishlari mumkin.
2. Chiqib ketgan ishtirokchining shaxslararo xulq-atvori guruhdagi boshqa a’zolarining xulq-
atvoriga mutloq teskari bo’ishi mumkin.
3. Guruhni tark etish o‘zini namoyon qilishni, ochilishni xohlamaslikdan kelib i liiqqan
bo’ishi mumkin.
4. Guruhdagi boshqa ishtirokchilar uning muommolariga ijobiy munosabat bildira
olinaslikdan qo‘rqish bo’ishi mumkin.
Agar
yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo’sak, guruhga keladigan
ishtirokchilami diagnostika qilish, ulaming shaxs xususiyatiariga e’tibor lierish, tanlash kerak
boTadi.
Ayniqsa, maxsus muammolar doirasida tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlari uchun
guruhni yigTshda trener yoki uning guruhda birga ishlaydigan yordamchisi guruhga qabul
qilinadigan har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi maqsadga muvofiqdir. Bu
suhbatdan maqsad guruhning har bir a’zosining motivini aniqlash
orqali oldindan guruh
motivasiyasini aniqlab olishdan iboratdir.
18
Individual suhbat jarayonida ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, farzandingiz yoki boshqalar bilan) yoki ishda
(rahbar yoki hamkasblaringiz bilan) qanaqadir muammolar bormi? Treningda ishtirok etishga sizni
nima majbur qilyapti? Treningdan nima kutyapsiz? Trening sizga nima beradi deb o‘ylaysiz?
Bundan tashqari ishtirokchining individual-pisixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida
psixologik metodikalardan (Ksttel, Lyusher testi, Sub’ektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi
(SND) va turli proektiv testlardan) foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda (agar ishtirokchilarning
psixikasi va xulqida jiddiy o’zgarish borligi sezilsa) MMPI so'rovnomasining
moslashtirilgan
shaklidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual suhbat natijasida trener
guruhning har bir a ’zosi haqida m a i u m bir informasiyaga ega b o i i s h bilan birga, guruhning
umumiy ahvoli haqida ham tasawurga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar unga guruhning muammosi
yuzasidan o‘tkaziladigan trening dasturini tuzishda katta ahamiyatga ega boiadi.
Individal suhbat oxirida trener iloji boricha bo‘lajak ishtirokchining “Men haqimda nima deya
olasiz?”, “Test natijasi qanaqa chiqdi?” degan savollariga javob berishdan qochishga harakat qilishi
lozim. Chunki bunday maTumotlaming ishtirokchi hukmiga havola etilishi ishtirokchida turli
o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Trening gumhlarini yig‘ ishda yana quyidagi holatlami ham hisobga olish lozim: - Psixologik
trening mashg‘ulotlarida (nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglami hisobga olmaganda)
tashqi jismoniy kamchilikka ega boigan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar ishtirok
etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan shunday kamchilikka ega boiganlarda aks ta’sir
etish ehtimoli kuchliroq boiishi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’sa kerak.
- Trening mashg‘ulotlari uchun moijallangan gunihlarga imkon boricha,
muammosi bir xil
boTgan ishtirokchilami to‘plash kerak.
- Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish boiishlari lozim.
- Har b ir ishtirokchi o ‘zi uchun o ‘zi pul t o i a s h i shark Bu hoi ishtirokchilarning treningda
qatnashishidagi tashkiliy jarayonlarda yordam beradi va ulaming motivasiyasini kuchaytiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu jarayonlami tashkil etish trenerdan katta mahoratni,
ayniqsa psixologik bilim, ko’nikma va malakani ham talab etadi. Shuning uchun trener shaxsiga
qo’yiladigan talablar doirasida bunga ham e’tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: