Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

II. ASOSIY QISM. 
1. "Buzuq telefon" mashqi. 
Maqsad: Ma’lumot uzatishdagi buzilishlami anglashga o’rgatish. Ma’lumotni anglangan holda 
idrok qilish va faol tinglash uslubini o'zlashtirish. 
Yo‘riqnoma: Ushbu mashqda 6 kishi ishtirok etadi. Bunda 5 kishi xonadan tashqarida turadi, 


22
1 kishi xonada qoladi. Trener xonada qolgan odamga og‘zaki topshiriq aytadi. Bu odam iloji 
boricha hamma topshiriqni eslab qoladi va ikkinchi (xonadan tashqarida turganlardan biriga) 
odamga aytadi. Ikkinchi odam uchinchisiga, uchinchisi to'rtinchisiga va h.k. Qolganlar ma’lumotlar 
qanday uzatilishini kuzatib turdi. Keyin jarayon muhokama qilinadi. 
Mashq so‘ngida odatda maTumotning buzilishi kuzatiladi. MaTumotlaming bir kishidan 
ikkinchi kishiga o‘tishi natijasida u qanchalik o'zgarib ketishi paydo bo‘ladigan mish-mish gaplarga 
asos boTishi aytib o‘tiladi.
2. "Avtobusda" o‘yini Maqsad: Talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirish, shaxslararo 
munosabatlami ijobiy rivojlantirish. 
Ko‘rsatma: Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o'ynaydi, qolganlar esa 
yoiovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o'rindiqni egallab olib, biriga o‘zi o'tiribdi, biriga esa 
magnitofonini qolgan. U hech kimga joy bermoqchi emas. Ishtirokchilaming har biri bezori bilan til 
topishib uning yoniga o’tirishga harakat qilib ko‘rishi kerak. Shart shuki — maqsadga janjalsiz 
erishish lozim.
3. “Yomg’ir» psixogimnastik mashqi
Maqsad: Ishtirokchilar o‘rtasida samimiylik, iliqlik muhitini yaratish. 
Ko‘rsatma: Ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi. Bunda jimlik hukm surishi kerak. 
Trener «hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening harakatiarimni 
takrorlashingiz kerak»,- deydi. Trener o’rtada turib har bir ishtirokchining oldiga keladi va 
muayyan harakatlami bajarib ko‘rsatadi. Harakatlar: Kafflami bir-biriga ishqalash; Barmoqlami 
qirsillatish; Tizzalami shapatilash; Tizzilami shapatilab, oyoqlami do'ppilatish; Qarsak chalib 
tamomlash.
4. "Avlodlar o‘rtasidagi nizo" o‘yini 
Maqsad: Talabalarda muloqot madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlami ijobiy 
rivojlantirish. 
Ko‘rsatma. Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar 
o'rtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning vazifasi: imkon 
boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Ishtirokchilar orasidan tanlangan jyuri a’zolari har 
bir talabaning harakatini baholab boradi.
5. “Ma’lumotni so’zsiz uzatish” o‘yini
Maqsad: Talabalarda noverbal muloqot sifatlarini shakllantirish
Ko‘rsatma: "Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa unga qanaqa 
ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni chaqiraman, shunda butun guruh 
imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan unga shu informasiyani uzatishga harakat qilishadi. 
Chaqirilgan odamning vazifasi — guruh unga aytmoqchi bo‘layotgan ma’lumotni anglab olishdan 
iborat". 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin