Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


VII. TRENING JARAYONIDA O ‘YIN USULI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
VII. TRENING JARAYONIDA O ‘YIN USULI.
7.1. O'yin haqidagi nazariyalar
Agar qadimgi davr tarixiga nazar tashlansa, diniy nuqtai nazardan o‘yin haqida; faqat salbiy 
qarashlar mavjud bo‘lganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, xristian dinida ma’lum bir davr 
mobaynida quyidagic'na qarash mavjud bo‘lgan: “Qiz bola yoshligida ham о ‘yin o ‘ynashi mumkin 
emas, u faqat k o ‘proq y ig‘lashi va o ‘Z gunohlari haqida o‘ylashi kerak”. 
Faqat XVII asrda renessans davriga kelib o‘yinga nisbatan qiziqish orta! boshlagan. O ‘sha 
davr olimlari - Fransua Rible v a M ishel de M onten o ‘yinning inson rivojlanishida katta 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘ra olgan. 
Xorij ilm-fanida O‘yinga ilmiy nuqtai nazardan qarash XIX asming ikkinchi yarm iga kelib 
kuchaya boshladi. O ‘yin ilmiy izlanishlam ing predmeti sifatida k a tta 1 rol o‘ynay boshladi. 
Fanda o‘yin haqidagi nazariyalar va ulaming asoschilari, quyidagicha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ 
Igan:
1. Fiziologik nazariya (G.Spenser, M.Lasarius)


42
2. Biogenetik nazariya (G.Xoll, L.Epplton)
3. Ijtimoiy nazariya (K.Reynuoter, D.Rismen, E.Neymer)
4. Biopsixologik nazariya (U.Makdaugoll, G.Merfi)
5. Psixoterapevtik nazariya (Z.Freyd, Ya.Moreno, G.Lemann)
6. Madaniy nazariya (Y.Xayzing)
7. Sintetik nazariya (Jan Piaje) 
 Fiziologik yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, insonlar ham, hayvonlar ham o'zidagi 
ichki energiyani chiqarib turishi kerak. Va ulaming fikricha, o‘yin individlar uchun aynan shu 
maqsadda xizmat qiladi. Gerbert Spenseming mulohazasiga ko‘ra, o‘yin faqat hayotiy vaziyatlar 
yoki ma’lum bir faoliyatni takrorlash uchun foydali bo‘lib qolmasdan, balki uning eng foydali va 
muhim jihatlaridan biri u individga qoniqish ham beradi. Shuning uchun o‘yin individning 
instinktiv istaklarini realizasiya qilish vositasi hamdir. Bundan tashqari, u faqat mstinkt tarzidagi 
istak emas, balki aql gimnastikasi hamdir. 
Haqiqatan ham treninglar jarayonida qoilaniladigan o‘yin va mashqlar ishtirokchilarga qniqish 
berishi bilan birga, ulaming aqlini ham charxlaydi. 
Nemis psixolog va filosof olimi Moris Lasariusning fikriga ko‘ra, o‘yin dam utish va mashq 
qilish vositasidir. Inson o‘z muskul va tana a’zolarining harakati uchun mashq qilgani kabi o‘zining 
ruhiyatini ham haraktini ta’minlashi lozim, buning uchun esa u o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘qish va 
mehnat faoliyatidan charchash mmjasidagi ichki salbiy enenrgiyalar ham o‘yin orqali chiqarib 
yuboriladi. Shunday iplib, G.Spenser va M.Lasariusning konsepsiyasiga ko‘ra, o’yin - insonning 
atrof- muhitga sof biopsixologik moslashuvi sifatida tushuniladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin