58
- gapirayotgan kishining so'zini bo'lmaslik;
- atrofdagi ta’sirlarga chalg'imaslik; - iloji boricha tinchlik saqlashga harakat qilish;
- guruhda ish jarayonida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlami hal etishga tayyor bo'lishi
kerak.
9.5.Trenerning imidji
Treneming mashg'ulotni qanday olib borishidan tashqari uning o'zi ham ishtirokchilarga juda
katta ta’sir ko'rsatadiki, bunda asosan ikki narsaga e’tibor qaratiladi:
1. Treneming kiyinishi (imidji).
2. Treneming hatti-harakatlari, qiliqlari, odatlari.
Teatr garderobdan boshlangani kabi trening mashg'uloti ham
treneming tashqi ко rinishi,
kiyinishi bilan bog'liqdir. Bum qanday tushunish mumkin?
Treneming kiyinishi guruhda u haqdagi dastlabki tasavvuming ijobiy yoki salbiy bo lishiga,
guruh uni qabul qilishi yoki qabul qilmasligiga olib kelishi mumkinki, bu holat trening jarayoniga
ham, albatta, o'z ta’sirini ko'rsatishi tabiiy.
Imidj - bu atrofdagilar shaxsni qanday qabul qilishi, qanday ko'ra olishidir.
Shu о nnda bir
misol keltinb o'tamizki, treneming kiyinishi qanchalik muhim ekanligini bu misoldan keyin
osongina tushunib olish mumkin. Faraz qiling qanaqadir fimia yoki davlat muassasiga ishga taklifni
o'qigan ikki kishi o'sha joyga bordi. Ulaming bin - kostyum-shimda, oq ko'ylak, galstuk, qo'lida
portfel
bilan kelsa, ikkinchisi egmda futbolka, oyog'ida krassovka, orqasiga ryukzak osib olgan.
Bunday holatda birinchi odam atrofdagilarda haqiqiy
mutaxassis taassurotini beradi, vaholanki,
Iwrasida binnchi odam ikkinchisiga nisbatan katta tajriba va bilimga ega bo'lishi mumkin. Lekin
ulaming
kiyinishi, tashqi ko'rinishi, imidji kishida qarama-qarshi tasavvurlarm uyg'otadi. Shundan
kelib chiqqan holda, treneming kiyinishi ham o'ziga xos va vaziyatga mos bo'lishi talab etiladi.
Trener awalo trening qanaqa gumh uchun mo'ljallanganligini e’tiborga olishi zarur. Lekin
imkon darajasida treningga ishchi formada kelish lozim. Bu kiyim awalo mintahtet xususiyatlariga
mos kelishi, shuningdek treneming o'zi uchun ham qulay va liarakatlanishga mos bo'lishi lozim.
Treneming bezaklari ham tahlil qilinishga loyiq. Trener uchun
haddan ortiq bezaklar bilan
bezanish maqsadga muvofiq emas. Jumladan, u qaysi jins vakili bo‘lishidan qat’iy nazar
ishtirokchilaming diqqatini jalb qiluvchi taqinchoqlar, bezaklar taqishi maqsadga muvofiq emas.
Dostları ilə paylaş: