70
kuchlami topish va uyg'otishga yo'naltirilgandir. Lining asosiy maqsadi - mijoz o‘zini o‘zi qanday
bo‘lsa shundayligicha qabul qilishiga va atrofdagilami ham shundayligicha idrok etishiga
ko'maklashuvchi shaxslararo munosabatlami o'rnatishga yordam berishdan iborat. K.Rodjers
nazariyasiga ko'ra, mijozning o‘zi o‘z yo'lini terapevtning yordami
bilan aniqlab olishi kerak;
terapevt rolida boshqa insonlar ham boiishi mumkin. Bunday treninglarda psixologik xavfsizlik,
qabul qilish va tushunish iqlimi saqlab qolinadi.
Psixologik treningda mashhur bo'lgan quyidagi gumanistik yo‘nalishlami keltirish mumkin:
uchrashuv guruhi va senzitivlik treningi (K.Rodjers 1994 y.). Bunday doiradagi treninglar
jarayonida ishtirokchilar sheriklarining xatti-harakat va xulq-atvoriga e’tibor beradi,
baholaydi va
ulami sharhlash orqali o'zini, o‘z xatti- harakatlarini ham anglay boradi. Bunday trening guruhlarida
ishtirokchilar kutilmagan his-tuyg‘u!arni, jahl, o'ziga ishonmaslik, psixologik himoya kabilami
namoyish qilish va ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi\ar. Bunday treningda ishtirokchilarning
erkinlik prinsipi talab etiladi. Trener guruh faoliyatini boshqarish va tashkillashtirishdan
vozkechadi, shu usul orqali frustrasiyani yuzaga keltiradi.
Natijada ishtirokchilarning o‘zi faollashib mashg‘ulot
davomida kechayotgan barcha
jarayonga nisbatan mas’uliyatlari oshadi. Asosiy diqqat bu yerda guruhiy jarayon yoki shaxslararo
ta’sir ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoniga emas, balki, autentlikni izlashga va boshqa insonlarga
nisbatan ochiqlikka qaratilgan bo'ladi.
K. Rudestam guruhiy uchrashuvning quyidagi maqsad va vazifalarini sanab o'tadi:
- ishtirokchilami shaxslararo xulq-atvorga o‘rgatish;
- guruhiy dinamika nazariyasini amaliyotda tasdiqlash;
- ishtirokchilar hayotda to‘qnashadigan muammolarga qayta ishlov berish;
- ishtirokchilarga boshqarish ko'nikmasini rivojlantirishga yordam berish;
- olingan bilimlami guruhdan tashqarida ham qo‘llay olishga o'rgatish.
Shuningdek,
psixologik
himoya
to‘siqlarini
kamaytirish
va
shaxsiy
darajadagi
nosamimiylikni bartaf etish hisobiga o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirishdan ibomtdir.
Psixodinamik yondashuvga trasaktanaliz, psixodramma va tana tanaterapeyasi kiradi.
V.Yu.Bolshakov o‘zining «Psixotreninglar» deb nomlangan kitobida transaktanalizni inson o‘zini
va boshqalaming xulq-atvorini tahlil qilishga ratsional qarashni o'rgatuvchi, o'zini va o'zgalar shaxsi
psixologiyasining mohiyatini hamda uning ichki programmalashtirilgan
ssenariysini yaxshiroq
anglashga yordam beruvchi psixologik metod deb ta’kidlab o'tgan.
E.Bern o'zining «Guruhiy transaktanaliz» kitobida psixologik ta’siming 4 xil ko'rinishini
ajratib ko‘rsatgan:
- dekontaminasiya;
- reketektlashtirish;
- fahmlash;
- qayta yo'naltirish.
• Dekontaminasiya - bu reaksiya va hissiyotlami n-to‘g‘ri tushunilishidir.
• Reketektlashtirish — mijozda o'z tajribasining har xil aspektlarida dunyoqarashning
o‘zgarishidir.
• Fahmlash - sodir bo‘layotgan voqea-hodisalaming barchasini mijozning anglashiga yordam
berish tushuniladi.
• Qayta yo'naltirish - mijozning oldingi xatti-harakatlari, reaksiya va maqsadlari konstruktiv
yo'nalishga o'zgarishini taqozo qiladi.
Bunday 4 xil ta’sir ko‘rinishlari orqali hayot ssenariysiga o‘zgartirish kidtish treneming
murakkab ish natijasidagina amalga oshadi. Mashg'ulot davomida ishtirokchilarda insaytga ya’ni,
haqiqiy xulq-atvor va harakatlarning asl motivlari aniqlanishi, ko'z ochilish daqiqasiga erishiladi.
Insayt jarayonining yuzaga kelishini psixodinamik yondashuvning yana bir yo'nalishi bo'lgan
psixodrammada ko'rish mumkin. Psixodrammaning asoschisi Yakob Levi Moreno hisoblanadi.
Psixodramaning asosiy g‘oyasi - mijoz uchun og'riqli va muammo—i vaziyatlami sahnalashtirilgan
tomosha sifatida о tkazishdan iborat. Hozirgi kunda psixodramaning yengilroq ko‘rinishi
sifatida
«Rolli о yinlar» ham juda mashhur bo‘lib qoldi (Arnold 1989 y.). Bunda ishtirokchilar
71
tugallanmagan ssenariylarda emas, balki psixologik rollatda kichik epizodlami o'ynaydilar va o‘zini
tekshirib ko'radilar. Bu usul ijtimoiylashuvni chuqurlashtirishga va mukammallashtirishga
qaratilgan bo lib, ishtirokchilaming qadriyatlari va etnik hissiyotlarini
korreksiya qilishga
mo‘ljallangandir.
Bixeverial yondashuv metodining mohiyati shundan iboratki, inson о z tajribasini o‘zgalardan
o‘rganish vositasida egallaydi. Noadekvat xulqni tuzatish uchun noeffektiv reaksiyadan voz
kechtirish zarur va adaptivroq (ijobiy) reaksiyaga o'rgatishdan iborat. Treningni tipik metodikasi bu
- xulqni repetitsiyalashdir. Ish- irokchilarga xulqning muvaffaqiyatli modeli ko'rsatiladi, ular o'z
navbatida uni o'zlashtirishlari kerak boiadi. Ishtirokchilaming (omadli) muvaffaqiyatli xarakatlari
guruhning ijobiy munosabati bilan qo'llab-quwatlanadi va omadsiz harakat esa salbiy qo'llab-
quwatlanadi.
Dostları ilə paylaş: