Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


XII BOB BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

XII BOB BO‘YICHA TOPSHIRIQLAR 
Nazorat savollari
1.
Psixologik treninglarga misollar keltiring 
2. Muloqot treninglari ishtirokchilariga nima beradi? 
3. Muloqot treninglarining asosiy maqsadi nima?
4. Muloqot treninglarida nimalarai hisobga olish lozim? 


81
Mustaqil ish mavzulari
1. Muloqotda o'zaro ta’sir jarayoni
2. Muloqot pozitsiyalarini bilishning ahamiyati
3. Muloqotda o‘zaro persepsiya
4. Muloqotchanlik ko‘nikmalarim shakllantirish 
Testlar  
1. Lnsondagi eng muhim ehtiyoj — jamiyatda yashash va o‘zini shaxs deb hisoblash bilan 
bog‘liq ehtiyojni qondiruvchi jarayonni belgilang
A) Muloqot
B) O'yin
V) O ‘qish 
G) Trening
2. Qaysi treningda ishtirokchilarga muloqot jarayonida vujudga keladigan nizoli va 
muammoli vaziyatlarning oldini olishga yuzaga kelgan vaziyatlarni yechimini topishga o‘rgatiladi. 
A) Muloqot treninglarida
B) Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarda
V) Ruhiyatni sog‘lomlashtiruvchi treninglarda
G) Stressni bartraf etuvchi treninglarda
3. Muloqot jarayonida o‘zgalarni tinglash va fikr bildira olish - muloqtning qaysi jihatiga 
kiradi? 
A) Muloqot ko'nikmalariga
B) Muloqot vazifasiga
V) Muloqot maqsadiga
G) Muloqot jarayoniga 
5. Qaror qabul qilish bosqichi muloqotdagi nechanchi bosich hisoblanadi? 
A) 4-bosqich
B) 2-bosqich
V) 1-bosqich
G) 3-bosqich 
XIII. SHAXSNI RIVOJLANTIRUVCHI 
(BARKAMOLLASIITIRUVCHI) TRENINGLAR. 
13.1. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning tarixi
Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglarning tarixi XX asming 60-yillari 
oxiriga borib taqaladi. Aql dinamikasi ("Mind Dynamics") treningi ayni s“u nomdagi konTaniya 
tarkibida 1968 yilda AQShning Texas shtatida yuzaga kelgan bo‘lib, uning asoschisi Aleksandr 
Everettdir. Aleksandr Everettning treningi “Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaridagi turmush 
tarzidagi haqiqatlami anglash, liderlik tajribalari, guruhiy effektivlik” treninglarining prototipi 
(timsoli) va darakchisi hisoblanadi. 
Biz yuqorida - trening gumhlarining rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarda trening 
guruhlari dastawal AQSh va G'arbiy Yevropada rivojlanganligini va “Shaxsni barkamollashtiruvchi 
trening”Iar dastlab A.Everett tomonidan o'tkazilganligi haqidagi maTumotlami tahlil qilgan edik. 
A.Everett asli Angliyalik bo'lib, 1962 yilda AQShga keladi va shu yerda o‘z ishlarini davom 
ettiradi. Everett o'zining yetti yillik ish faoliyati davomida “Aql dinamikasi” shiTkatini Fort Uayt 
maktabiga aylantirdi. A.Everett o‘zining “His qilish”, “Shaxs imkoniyatlarmi ochish” mavzulariga 
yo'naltirilgan eng samarali treninglami vujudga keltirish bilan o‘z ishini davom ettirdi. Aynan mana 
shu treninglar keyinchalik “Est”, “Layfspring”, “Aktualizasiya” kabi treninglarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ldi.
“Aql dinamikasi” Everettga katta shuhrat olib kelishi bilan bir qatorda, unga omad ham kulib 
boqqandi. Chunki “Xoliday Medjik” nomli atir-upalar bilan savdo qiluvchi bir qancha do'konlar 
egasi boTgan Uilyam Penn Patrik A.Everett va uning ishlari bilan qiziqib qolgan edi. Penn Patrik 
bir qancha do'konlar egasi bo’ishi bilan bir qatorda “Sardorlik dinamikasi” trening shirkatining 


82
boshlig‘i ham edi. 1970 yilda Uilyam Penn Patrik A.Everettning “Aql dinamikasi” shirkatini sotib 
oladi va o'zining trening shirkatiga qo'shadi. Buning natijasida ‘Tansformasion trening” shirkati 
rivojlanadi. Biroq Uilyam Penn Patrikning atir-upalar bilan savdo qiluvchi do'konlarining 
marketing ishlari noqonuniy hisoblanib yopiladi. Bu esa Aql dinamikasi” trening shirkatining ham 
ish faoliyati to'xtatilishiga olib keladi. 
Bu yo'nalishdagi treninglar Rossiyaga XX asming 90-yillarida O ‘arbdan kirib kelgan. Bizda 
esa bu yo'nalishdagi treninglar hali yetarli darajada rivojlangani yo‘q va deyarli o'tkazilmaydi, 
deyish mumkin.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin