88
sohasiga tegishli muammolar bilan ishlashga yo'naltirilgan treninglar emotsional sohani
barqarorlashtirishga yo'naltirilgan treninglar sifatida yuzaga chiqadi. Bunday treninglaming
mijozlari kimlar boiadi?
Ayrim odamlar o‘z hayoti davomida kuchli emotsional-ruhiy kechinmalami boshidan
kechirishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kutilmagan halokatlarga uchrash, hayotda eng yaqin kishisi
yo’qotish kabi holatlar kishida kuchli emotsional zo’riqishlami keltirib chiqaradi. Bunday voqea-
hodisalami boshidan kechirganlaming hammasi ham ulami unutib yubora olmaydilar.
Kechinmalami unuta olmaslikdan qiynalish natijasida ulaming emotsional sohasida zo'riqishlar
kelib chiqadi.
Ayrim kishilar nizolashib qolgan yoki hatto yoqtirmagan odamini uchratib qolsa ham, ularda
noxush hislar paydo bo’ladi va bilamizki, bunday noxush hislarga berilish ham shaxs psixikasiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Yoki yana bir holat: shaxs kimgadir nohaq yomonlik qilgan va endilikda bundan uning
vijdoni azoblanmoqda, o‘zi esa qiynalmokda. Lekin uning o‘zi bu noxush hissyotni yengish
yo‘Uarini bilmaydi. Bu esa kishiga juda katta ichki ruhiy zo'riqish beradi va bunday salbiy
hissiyotlami chiqarib yubora olmaganligi natijasida uning rhiyatida ham salbiy o’zgarishlar (nevroz,
stress, depressiya kabilar) kelib chiqadi. Kuzatilishicha, bunday kishilar o‘sha paytda nimani his
qilganlarini gapirib bera olmaydilar.
Emotsional hissiy zo‘riqishlami bartaraf etuvchi treninglarda bunday kishilar bilan ishlash
yo‘llaridan biri — birovga nohaq ozor bergan holatini eslashga, uning ich-ichidan shu holatni his
qilishiga va shu jarayonda nimani his qilganligini o‘z- o’ziga gapirib berishga, tasvirlab berishga
harakat qildirishdan iborat.
Emotsional hissiy zo'riqishlami bartaraf etuvchi treninglar natijasida ishtirokchi
quyidagilarga erishadi:
• Shaxsni o‘z hayotida sodir bo'lgan noxush, ko'ngilsiz voqealami unutishga yoki buni to‘g‘ri
qabul qilishga o‘rgatiladi;
• Shaxsni ichki ruhiy azoblanish jarayonini har bir nuqtasigacha gapira olishga o‘rgatiladi,
bunda shaxs hujayrasining har bir joyidagi kechinmani, holatni gapirtirishga O‘rgatiladi;
• Shaxsni o‘z hissiyotlarini tasvirlab, gapirishga o‘rgatish orqali undagi salbiy hissiyotlami
psixikasidan chiqarib yuborishga o‘rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: