Psixologiya” fakulteti Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi



Yüklə 192,1 Kb.
səhifə3/4
tarix15.11.2023
ölçüsü192,1 Kb.
#132687
1   2   3   4
DAMANOV FALSAFA MUSTAQIL ISH

GEDONIZM – (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) etika nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa yaxshilik deb, azob–uqubat keltiruvchi narsa esa yomonlik deb ta’rif qilinadi. Nazariy G. etikadagi naturalizmning bir ko‘rinishidir. Insonga tabiat tomonidan jo qilingan va uning butun ish amalini belgilaydigan, bosh harakatlantiruvchi ibtido – huzur-halovatdan iborat degan tasavvur G.ning asosini tashkil etadi. Huzur–halovatga erishish maqsadi birdan–bir ishtiyoq va shu bilan birga axloqiy talab, deb e’lon qilinadi.
G. axloq–odob tamoyili sifatida kishilarga dunyoning shod xurramliklariga, o‘zlari va boshqalar uchun yuksak rohat–farog‘at olishga intilishni buyuradi. Gedonizm qadim zamondayoq paydo bo‘lgan. Gretsiyada Aristipp etikasining muxlislari bo‘lgan va huzur–halovatni oliy saodat deb hisoblagan kishilar gedoniklar deb atalgan. G. Epikur nazariyasida eng rivojlangan nuqtasiga erishgan. G. g‘oyalari Mill va Betnam utilitarizmida markaziy o‘rinni egallagan. Hozirgi zamon nazariyalarida Gedonizm odatda faqat uslubiy tamoyil – yaxshilikni ta’riflash usuli sifatida mavjuddir.
G. ta’limoti insoniyatning ilk davrlaridan boshlaboq hozirgacha etib kelgan ta’limotlardan biri sifatida yaxshi sharoitlarda yashash, zeb-ziynatlarga burkanish, huzur - halovatga intilishni targ‘ib etib keldi. Negaki inson tabiatan huzur-halovatga intiladi. Ammo har bir narsada me’yor bo‘lgani kabi inson huzur-halovatida ham me’yorga rioya qilish zarur. Inson o‘z hayotida me’yorlarga qat’iy asoslanib yashashi bilan o‘zligini yo‘qotmaydi. Beruniy ayganidek, “Inson hayotida lazzat me’yorining buzilishi uni halokatga etaklaydi”.
EVDEMONIZM – (yunon. eudania–rohat–farog‘at, baxt–saodat) –axloq –odobning gedonizmga yaqin uslubiy tamoyili. E. antik dunyo axloqiy nazariyalarida to‘liq ravishda namoyon bo‘lgan. (Demokrit, Sokrat, Aristotel). Baxtga intilishni e. axloq–odobning mezoni va inson axloqiy xatti–harakatining asosi deb hisoblaydi, shaxsiy baxtga intilish – individualistik e. ijtimoiy baxtga intilish – sotsial e. dey.adi.
XVIII asr fransuz materialistlari (Gelvetsiy, Didro) qarashlarida ham e.g‘oyalari mavjud edi. Ular inson baxti – har qanday jamiyatning va har qanday foydali inson faoliyatining tub maqsadidir, deb chiqqan edilar. Evdemonistik etika o‘z faolligi va insonparvarligi bilan xristianlik etikasidan beqiyos yuqori turadi, chunki u oxiratda emas, balki erda baxtga erishishga da’vat etadi.
Evdemonistlar inson ham ma’naviy, ham jismoniy sog‘lomlikka intilsa, o‘zining va o‘zgalarning barcha ezgu xususiyatlarining shakllanishiga yordam bersa hamda bu bilan zamondoshlar va kelajak avlod obro‘–e’tiboriga sazovor bo‘lsa bunday insonni baxtli va komil deb e’tirof etganlar.
Baxt ob’ektiv prinsip bo‘lishi mumkinmi, alohida individlarga ularning xohish istaklari, qiziqishlari, ehtiyojlari va insoniy jamiyatlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan har biriga axloqiy mutanosiblik berish imkoniyatiga egami, degan savollar ularni qiziqtiradi. E. bu savollarga ijobiy javob beradi va baxtni xulq-atvorning axloqiy prinsipi darajasigacha ko‘taradi.
Ilm dunyosidagi, xar qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo‘lmaydi, degan xikmat, ayniqca, axloqshunoslikka taaluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurninr vujudga kelishi xamda uning taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi, ma’naviy merosning ulkan, qismi bo‘lmish axloqiy ta’limotlar, xikmatlar, pandlarni zamonaviy jamiyat xayotiga tadbiq etish va targ‘ib qilish yo‘llarni tahlil etadi. Garchand xar bir axloqiy kopsepsiya ma’lum bir mutafakkir muloxazalari va faoliyatining mevasi bo‘lsa-da, u, moxiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, to‘rli odob va etiket qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladigan axloqiy targ‘ibot muammolari, axloqiy pand-o‘gitlar va me’yorlar talablarni bajarish, axlokiy boshqarish soxasiga kiradi xamda axloqshunoslikning odatda “amaliy axloq” deb ataladigan qismini tashkil etadi. Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim mign yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo‘lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Somir (SHumer) alqovlarida (gimnlarida) deyarli barcha bosh ma’budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo‘lganlari uchun xam madx ztiladi. CHunonchi, yosh ma’budi Utu axloqiy me’yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib to‘rgan, ma’buda Nanshe esa, ba’zi matnlarda haqiqat adolat va shafqta xomiysi sifatida tasvirlanadi. Lekin, ayni paytda, ma’budlar tomonidan. o‘rnatilran. “Me” deb atalran qonunlar ro‘yxatidan olam harakatini tartibga solish, uninr to‘xtovsiz va uyg‘un bo‘lishini taminlash maqsadida yuqoridagi axloqiy fazilatlar bilan birralikda – “yolg‘on”, ”nifoq”, “gina”, “kudupat”, “qo‘rquv” tushunchalari xam o‘rin olgan. Shuningdek somiriylarning maqol va matallari, xikmat-iboralari ham diqqatga sazovor, ularning ko‘pchiliri umuminsoniy xikmatlar darajasiga ko‘tarilgan va SHarqda bir oz boshqacharoq shaklda xozir qo‘llaniladi. Bundan tashqari, to‘rli axloqiy muammolar esa “Gilgamesh” eposi dostonlarida ko‘tarilgan.
Somirliklar erishgan ilmiy badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlap bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo‘ldi. Bobilonda somirliklarnikiga nisbagan badiiy yuksak va mukammal “Gilgamesh” eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobilon podshosi Xammurapining mashxur Qonunlar majmui esa qadimgi Somir qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, etim-esir va kam6ag‘allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qi.lib quyilran; Xammurapi unda o‘zining kambag‘alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.
Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o‘ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida “Pxatotep o‘gitlari bizgacha etib kelgan eng qadimiy pandnoma xisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir’avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o‘rniga o‘z o‘g‘lini tayinlashni iltimos qiladi va o‘g‘liga atab o‘ttiz etti nashatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o‘sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o‘zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko‘tariladi, axloqiy fazilatlar esa xikmatlar va nasihatlar tarzida targ‘ib qilinadi. Undagilar yuksak badiiyati bilangina emas, balki kuldorlik davri talablarini chetlab o‘ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini xayratga soladi: “Qimmatbahotoshdek yashirindir oqilona so‘z, xolbuki uni don tuyayotgan cho‘ridan topish mumkin”.Agar nafaqat qadimri Misrda, balki undan bir nechaming yil keyingi qadimgi YUnonistonda xam qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo‘lmagan jonzot sanalganini va odam o‘rnida ko‘rganini xisobga oladigan bo‘lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq Qadimgi Xorazmda yaratilgan “Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatar va illatlar sanab o‘tiladi, talqin etiladi. Unda Zardushtiylik iloxi Axura-Mazda-ezgulik, Ahriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi: ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy ko‘rashining ibtidosi aks etadi. “Abadiy ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobe’lik”, kabi ezgu tushunchalar real ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon bo‘ladi, ular Axura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday tushunchalarning aksi esa Axriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar shular jumlasidandir. Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas kitobi “Avesto” ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui deyish mumkin. Buni ushbu din ayg‘omchisi Zardushtning “Avesto”dagi Asha alqovidan joy olgan quyidagi so‘larni yaqqol ko‘rish mumkin:

Yüklə 192,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin