“BILISH JARAYONLARI PSIXODIAGNOSTIKASI” MAVZUSIDA PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA TA`LIM YO‘NALISHI 201- AKADEMIK GURUHLARIDA 2017 YIL 30 OKTYABRDA O‘TKAZILGAN OCHIQ SEMINAR MASHG‘ULOTINING HUJJATLARI
Toshkent – 2017 y Mavzu: Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja: 1.Diqqat psixodiagnostikasi.
2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari.
3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari.
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarda bilish jarayonlari psixodiagnostikasi haqidagi bilimlarni kengaytirish.
O‘quv mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar: Talabalarda bilish jarayonlari psixodiagnostikasi haqidagi amaliy bilimlar shakllanadi.
Tayanch tushunchalar: Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi.
Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.