O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI “ IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN
KURS ISHI Mavzu: Raqobatning turli modellarida narxning shakllanish xususiyatlari.
Bajardi: Fayziraxmonov Oybek
Qabul qildi: _____________________ ( imzo)_____
JIZZAX –2023 yil
M U N D A R I J A : Kirish______________________________________________3
1-bob. Raqobat kurashi va uning mohiyati. 1.1 Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi ___________________ 4
1.2 Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari_________________ 6
1.3 Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari _________7
2-bob. Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi 2.1 Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi______________14
2.2. Bozorni egallash strategiyasi__________________________23
Xulosa______________________________________________25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati______________________26
KIRISH
O’zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o’ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo’jalik qaror topmoqda va uinng institutsional jihatlari takomillashmoqda.Transformatsiya jarayonlarida milliy iqtisodiyot barpo bo’lishi va uning jahon xo’jaligiga qo’shilishi o’ziga xos tendensiyalarni yuzaga chiqaradi va qonuniyatlar shakllanadi. O’zbekistonda ham boshqa qator davlatlar kabi resurslardan oqilona foydalanish, cheklangan zahiralardan yuqori samara olish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish yo’nalishlarida islohotlar olib borilmoqda. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiyot nazariyasi predmetini chuqur o’rganish,barcha jamiyatlarga xos bo’lgan nazariyalar, umumiy qonuniyatlardan xabardor bo’lish,
nazariy yondoshuvlarning amaliy jihatlarini ilg’ab olish, bozor iqtisodiyoti rivojlanishining global va lokal masalalarini tushunish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi va ushbu fanni o’rganish zaruriyatini izohlaydi.