1-bob. Raqobat kurashi va uning mohiyati. 1.1.Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi. Ilmiy tilda “raqobat” so‘zining ikki xil ta’rifi mavjud. Birinchisi, bozor tuzilmasini ta’riflovchi raqobat, ya’ni, raqobatlashgan bozor, mukamal raqobat, monopolashgan raqobat. Ikkinchisi, firmalarning bozorda o‘zaro bahslashishi, kurashish usulini xarakterlovchi raqobat, ya’ni, raqobat kurashi, narxli va narxsiz raqobat.
Raqobat – bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi. Iste’molchilar ham, firmalar ham raqobatlashishi mumkin.
Raqobat quyidagilarga ko‘maklashadi: • ishlab chiqarishni kengaytirish va ixchamlashtirishga
• ilg‘or yangiliklarni joriy etishga
• resurs xarajatlarini tejashga
• iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirishga
• talabning qulay qondirilishiga
Bozor tuzilmalarini anglatuvchi terminlar monopoliya, monopsoniya, oligopoliya grek tilidan olingan bo‘lib, poleo – sotaman, psoneo – sotib olaman, mono – bir, oligos – bir qancha, poli – ko‘p degan ma’nolarni anglatadi.
Bozor tuzilmasi bozorning eng muhim jihatlarini o‘zida aks ettiradi: Masalan, tarmoqdagi firmalar soni, firmalarning bozorga kirib borishi va chiqib ketish imkoniyatlari, sotib oluvchilar soni, alohida firmalarning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati. Bozor tarkibini tahlil qilishni osonlashtirish uchun iqtisodiy nazariyada raqobatning quyidagi 4 ta modeli alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Mukammal raqobat