Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə13/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
12- mavzu Din psixologiyasining asosiy tushunchalari (2soat)
Reja:

1.Diniy ong tushunchasi.


2. Diniy psixologiya va diniy mafko’ra.
3.Ishonch va uning turlari.
4. Diniy e`tiqod.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.

Ibtidoiy davr odamlarida diniy e’tiqodlarning vujudga kelishini psixologik asoslarini (ildizlarini) o’rganish bo’yicha, XX asrlarda etnologlar, tarixchilar, faylasuflar va psixologlar tomonidan katta ishlar olib borilgan. Haq dinga etib kelgunga qadar qancha diniy yo’llarni bosib o’tgan. Masalan, Qadimgi davr odamlarining yashash sharoitlari, turmush tarzi,faoliyat turi ularda o’ziga xos ruhiy xususiyatlarini, dunyo qarashlari va e’tiqodlarini shaklllantirgan. Shunga mos ravishda dinning eng dastlabki shakllari-magiya-(afsungarlik, shomonlik), fetishizm-(frants. Fetiche-but, sanam), totemizm-(uning urug’i)-ma’lum hayvonlarga sig’inish, animizm-ruhlarga sig’inish kabi turlari vujudga kelgan.


Etnologik tadqiqiotlarda hozirgi davrda ham Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo, Yangi Gvineya orollarida dinning eng dastlabki shakllari hali saqlanib kelayotganligi aniqlandi. Bu xil dinlarning vujudga kelishini asoslovchi ko’rgina materiallar to’plangan.
Angliyalik etnograf B.Malinovskiyning fikricha, magiya ibtidoiy odamni maqsad sari qiladigan faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchilik, xavf-xatarlarni daf’ etishga yordam beradigan aqliy va jismoniy mazmunga ega bir qancha tayyor amallar, xatti-harakatlar bilan qurollantirgan. Bu esa, ularni qo’rquv, g’azab, nafrat, ojizlik kabi holatlar vujulga kelganda o’zini qo’lga olish, muvozanatni saqlab qolish, maqsad sari to’g’ri harakat olishga yordam byergan. Magiyaning asosiy vazifasi ham marosimlar yordamida odamda optimizm-nekbinlikni, muvaffaqiyatga ishonchni tug’dirishdan iborat bo’lgan. Malinovskiy Malaneziya orollaridagi tadqiqotlarida, bu erdagi aholi og’ir vaziyatlardagina magiya marosimlarini bajarganliklarini keltiradi. Ma’lumki ularning asosiy faoliyati baliq ovlash bo’lgan. Agar ular sayz ko’llar, ko’rfazlarda baliq ovlashga chiqsalar bu amallarni bajarmaganlar. Agar ochiq okeanlarga chiqish oldidan esa, albatta magiya bilan bog’liq turli marosimlarni bajarishgan. Malinovskiy fikricha, magiya oqibati ma’lum bo’lmagan faoliyatlardan oldin qo’rquv va ishonch holatlari o’rtasida ko’rash ketganda bajarilgan.
Ibtidoiy odamlarda bilim va tajribalarning kamligi, tasodiflarning ularda o’z kuchiga ishonmaslikni va oqibatda folbinlik, qur’a tashlash kabi amallarga ishonishni tug’diradi. Juda ko’p qabilalarda hozir ham muhimvazifalarni bajarishdan avval folbinlarga murojaat qilish yoki qur’a tashlash amallari bajarilar ekan. Psixolog L.S.Viganskiy muhim ish-harakatni bajarishdan avval qur’a tashlashni, insonning ma’lum bir ruhiy holati bilan bog’laydi, ya’ni vaziyat va oqibat noma’lum bo’lgan, odamlar o’z qarorlari va xatti-harakatlarini asoslay olmay turgan mubham holatda, qur’a tashlash, ularni maqsadli harakatlarga rag’batlantirar ekan.
Etnolog S.A. Tokarev turli zararli afsungarliklarning kelib chiqishida ibtidoiy odamlar yashayotgan muhit-qabilalar o’rtasidagi adovat, urushlar sabab bo’lgan, deb ko’rsatadi.
Bir qabila doimo boshqa qabilani o’zi uchun real dushman sifatida qabul qilgan.qo’shni qabilaning hujum qilishi, turli yo’llar bilan zarar etkazish xavfi ostida doimo ishonchsizlik, xavotirlik, qo’rquvda yashash oqibatida qabila odamlarida kutilayotgan xavf bilanreal xavfni farqlay olmaslik shakllanadi.
Masalan, kasallik yoki o’limni ular tabiiy holat sifatida emas, dushman qabilaning jodusi, deb qabul qilishi mumkin. O’zini xavfsizligini ta’minlash uchun afsungarlikka murojaat qiladi («chernaya magiya» deyiladi).
Islomda har xil irim-sirimlar, folbinlik, azoyimxonlik kabi amallar qoralanadi. Lekin odamlarda hozir ham issiq-sovuq qilishga ishonish bor. Bu magiyaning qoldiqlari sifatida qaralishi kerak.
Insoniyat tarixida tabiatdagi jonsiz narsalarni jonlantirish, ularga insonlarga o’xshash sifatlar berish kabi davrlar bo’lgan. Bu ibtidoiy davr odamlarning o’zlarini voqelikni aks ettiruvchi sub’ekt sifatida obe’ktdan ajratmagan davrlarga to’g’ri keladi.
Shunga ko’ra, yosh bolalar o’z o’yinchoqlari yoki turli narsalarga jogli narsalardek qarashi, ular bilan muloqot qilishi, ularning insoniyat tarixini, aynan, shu bosqichini o’tayotgan davri bo’lsa kerak.



«Men», «Sen» «U», «Ular»


bu fikrni shu bilan asoslash mumkinki, bolada avval «biz» va «biz emas» tasavvuri bo’ladi. Keyinchalik «biz»dan «men», «sen», «biz emasdan» «u, ular» kabi tushunchalar shakllanadi.
Otnogenez filogenezni takrorlaydi, degan nazariya. Ontogenez «individ»ning tug’ilganidan boshlab,hozirgi davrigacha bosib o’tgan yo’li. Filogenez-«individ» tug’ilgan davrgacha bo’lgan insoniyatning taraqqiyot davridir.
Keyingi yillarda ilm-fan, texnologiya rivojlangan, taraqqiy etgan mamlakatlarda ham turli mistika, ekstatik (ekstaz-jazavani ifodalaydigan holat) sektalar va kult (sig’inish) lar, «satanizm», «spirtitizm (ruhlar bilan gaplashish)» kabi oqimlar, guruhlar ko’payib borayotganligi yozilyapti. Bunday hodisalarning asosida diniy e’tiqodlar emas, ijtimoiy-psixologik omillar yotadi. Ishlab chiqarishning intensivlashishishi, urbanizatsiyaning kuchayishi, ya’ni yirik shaharlarning vujudga kelishi va u bilan bog’liq asablarning taranglashishi, toliqishi, ekologik vaziyatlar, bo’zilishlar, turli xavf-xatarlarning kuchayishi kabi ijtimoiy faktorlar odamlarda umidsizlik, ojizlik, qo’rquv, ertangi kunga ishonmaslik kabi kayfiyatlarni tug’diradi. Bu xil kayfiyat va ruhiy holatlar kishilarni har xil sektalarga kirib qolishiga sabab bo’ladi. Huddi ibtidoiy qabilalardagi kabi har xil folbin, qur’a tashlashga ishonish.
Yoki boshqa turli yo’llarni tanlashi mumkin. Masalan, alkogolizm, narkomaniya yoki suiqasd (o’z joniga qasd qilish) kabi hodisalar taraqqiy etgan mamlakatlarda rivojlangan.
VOZ-XSSJning ko’rsatishicha, 100 ming kishidan 20 kishi suiqasd qilsa, jamiyat xavfli nuqtaga kelib qolganligini ko’rsatadi.
Shuningdek, jamiyatdan begonalashish (otchujdeniya) depersonalizatsiya-o’z fikr-mulohazalariga ega bo’lmaslik, boshqalar taqdiriga befarqlik, hamdardlikning yo’qolishi kabi bo’zilishga yaqin holat vu4judga kela boshlaydi.
Haddan tashqari intensiv ishlash, yirik shaharlardagi aholi zichligi, informatsiyalar oqimining ko’pligi kabi omillar bizga ham ta’sir etyapti. Ko’p qavatli uo’lardagi kvartiraga qamalib olib, vaqtinchalik bo’lsa ham tanho qolib, hamma narsani unutishga intilish kuchayyapti.
G’arbdagi bir qator dinshunos va din psixologiyasi bilan shug’ullanuvchi olimlar, bunday salbiy holatlardan din yordamida chiqish mumkin, deb ko’rsatishyapti. (P.Tillix-1886-1965)

SAVOLLAR.


1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin