ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
17-mavzu. Diniy e’tiqod va shaxsning individual xususiyatlari (2soat)
Reja:
1.Din psixologiyasida shaxs.
2.Diniy e’tiqod va shaxsning mijozi (temperament, xarakter).
3.Diniy e’tiqodning shaxsning o’ziga xos xususiyatlariga ta’siri va shakllanishidagi ahamiyati.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Inson bolasi ma’lum bir jamiyatda, odamlar guruhida yashash jarayonida shaxs bo’lib shakllanadi. Jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy normalarni o’zlashtirib, ular munosabatga kirishishi, individning shaxsga aylanganligini ko’rsatadi. Shu sababdan turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy to’zimlarda yashagan odamlar ruhiy xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Lekin bir jamiyatda yashayotgan, bir xil ijtimoiy, iqtisodiy muhit ta’sirida bo’lgan odamlar ham aynan bir-birini takrorlamaydi. Chunki har bir inson bolasi ruhiy, jismoniy, aqliy xususiyatlari bilan individuallikka-o’ziga xoslikka betakrorlikka ega bo’lib, tug’iladi, xatto borliq izlari ham bir-birini takrorlamas ekan. Shu boisdan ularnig ijtimoiylashuvi, ijtimoiy tajribalarni, ahloq normalari, ilmiy, diniy bilimlarni o’zlashtirishlari ham bir xil bo’la olmaydi. Shaxs tomonidan jamiyatdagi normalar passiv o’zlashtirilmasdan, balki qobiliyati, ehtiyoji, qiziqish va e’tiqodiga qarab tanlab o’zlashtiriladi, va unga munosabat bildiriladi. To’g’ri bolalik davrida tanlovchanlik xususiyati uning bilimi, aqliy imkoniyatiga bog’liq ravishda cheklangan bo’ladi. Yosh o’sgan, bilimlar tajribalar ortgan sari, shaxsda ma’lum dunyoqarash, e’tiqodlarning vujudga kelishi bilan faol munosabat ortib boradi. Bu ayniqsa, shaxsning etuklik davrida kuchayadi. Shaxs ijtimoiy tajribalarni faqat o’zlashtirib, qolmasdan, o’zi ham faoliyatining turli sohalarida shu tajribalarni yaratadi, ijod qiladi. Lekin tug’ma bilimlar ilmi ladun uvaysiylik kabi holatlar ham mavjud. Dinga tanqidiy nazar bilan qaraydigan, materialistlar diniy vujudga kelishini bevosita ijtimoiy xodisalar, ya’ni odamlarning yashash muhiti va tabiatdagi xodisalar bilan bog’lab, tushuntirdilar. Masalan, antik davr materialistlari Demokrit, Lukretsiylar e’tiqod bilan insonning ruhiy holati va kechinmalari o’rtasida bog’liqlik bo’ladi, ko’rsatishadi. …… ular o’rtasida «Qo’rquv xudoni yaratdi» degan fikr hukmron edi.. Qadimgi avlodlar tabiat kuchlari oldida ojiz bo’lib, tabiatda bo’layotgan hodisalar mohiyatini bilmasliklari natijasida, qudratli kuch egasi bo’lgan Xudoni kashf etishdi deyishadi.
B.Spinoza esa «Qo’rquv va xurofot har xil irim-sirimlarni keltirib chiqarradi, ularni saqlab turadi va qo’llab turadi» deydi. Uning fikricha, «odamlar og’ir ahvolda qolganda, hech qanday yo’l-yo’riqlar topa olmagan vaqtda, hamma narsaga ishonaveradi». Har xil irim-sirimlarni tug’diruvchi insonlarning bunday hissiy holatini u «umid va qo’rquv o’rtasida tebranib turish» deb baholaydi. Nemis faylasufi L. Oreyerbax «dinning asosida hissiyot, yoki qo’rquv, tobelikni anglash yotadi», deb yozadi. Lekin u bu tobelik kimga nisbatan, degan savolga javob bermagan. Lekin Oreyerbax boshqa dahriylardan farqli ravishda dinni faqat salbiy voqelik sifatida emas, balki ijobiy mativlarni ham, qo’rquv va johillikka qarama-qarshi bo’lgan ko’ngil hotirjamligini ham tug’dirishini ko’rsatib o’tadi. Qo’rquv va tobelikni diniy e’tiqodlarning tug’ilishidagi rolini oshirib yubormaydi. Xudolarni u, odamlarda qo’rquv, daxshat kabi tuyg’ularni tug’diruvchigina emas, shuningdek, ijobiy xususiyatlar-zavqlanish, xursandlik, shukronalik (minnatdorchilik) sevgi-muxabbat va hurmat kabi kechinmalarni tug’diruvchi sifatida tajassum etadi.
Lekin daxriylar diniy e’tiqodlarni vujudga kelishida hissiyotlarni birinchi o’ringa qo’yishadi. Bu juda jo’n tushuncha. Ular gnosolik (bilish) omilning roliga kam e’tibor byerganlar. Vaholanki, inson olamni, borliqdagi narsa-xodisalar mohiyati, qonuniyatlarini bilgan sari Allohning qudratiga imon keltiradi. Fan tarixida bunga juda ko’plab misollar keltiriladi. Tabiiy fanlar bo’yicha nobel mukofoti olgan olimlarning 70%idan ortig’i Allohga ishongan va dindor bo’lganligi fakti beriladi. Jan Kustoning islomni qabul qilishi. Sharq Uyg’onish davrining buyuk allomalari Beruniy, Ibn Sino, Farobiylar dunyoviy bilimlar rivojiga katta hissa qo’shish barobarida, diniy bilimlari ham yuqori bo’lgan. 1996 yili Rossiya Prezidenti B. Eltsinnnig yuragini operatsiya qilgann karbiollog olim, Rinat Akchurinnng ustozi, kardiologiya ilmining xudosiga, deb e’tirof etilgan amerikalik olim Maykl Debeyka operatsiyada konsultant bo’lib qatnashagan. Operatsiya muvaffaqiyatli o’tib, u o’z Vataniga qaytayotganda televidenie muxbiri aeroport vokzalida undan intervyu olib, «Janob Debeyka, 86 yoshda ekansiz lekin juda yosh ko’rinasiz, sababi nimada?» deb so’raganda, u «Men keyingi vaqtlarda juda ko’p ibodat qilayapman» deb javob berdi.
Beruniydan 51 bet
Olamning yaratilishi haqida
Bashariyatning boshlanish tarixiga nazar solsa, bu haqda millatlar orasida ixtiloflar bor. Eroniylar va otashparastlar (xorazmliklar m.m) olamning umri burjlar va oylar soniga muvofiq-12 ming yil, deb ko’rsatadilar.
Ular: Zardusht bilan Odam yaratilgan oraliq 3000 yil Zardusht bilan Iskandar orasi (e.av.312 yil) boshlanishi orasida 258 yil bor deyishadi:
Yahudiylar: Odamdan-Iskandargacha 3448 yil o’tgan
Xristianlar: Odamdan-Iskandargacha 5180 yil o’tgan
Yahudiylar Tavrotda-Odamning jannatdan tushuvi bilan Nuh to’fonigacha 1656 yil bo’lgan deyiladi To’fondan Iskandargacha 1792
Xristianlar tavrotida Odam bilan Nuh to’fonigacha 2938 y. Nuhdan Iskandargacha 2242
Beruniy kitobtning 347 betida Payg’ambarimiz hijratlari Iskandar erasining 933 yilida bo’lgan. Buni olam tarixi bo’lmish 6183dan olib tashlansa 5180 yil qoladi, deb ko’rsatadi.
Demak musulmonlar hisobicha, 6183 hijrat yiliga undan keyingi o’tgan yilni qo’shsak, 7500ga yaqin raqam chiqyapti.
«Sayens» nomli juda mashhur ilmiy-ommabop jurnal, 2005 yili o’zining 125 yillik bbileyiga bag’ishlab chiqqan sonida, zamonaviy fan oldida qadim vaqtdan buyon echilishini kutib yotgan 125 ta buyuk jumboqlar ro’yxatini byergan. Ro’yxatda birinchi o’rinda Olam va materiyaning to’zilish va yaratilishi sir-sinoatini o’rganish turibdi.
Bizning galaktikamizda (quyosh sistemasida) 1011 (yo’z milliard) yuldo’zlar bor. Butun Koinotda ham shuncha galaktika mavjud, deb hisoblashadi. Agar ongli mavjudotlarni qidirib, ular bilan aloqa o’rnatish uchun signallarni yorug’lik tezligida yuborsak, javoblar 500-1000 yillardan keyin kelar ekan. Materiya oddiy zarralardan (elementlardan) tashqil topgan. Bu zarralarnig yo’zlab turlari kashf etilgan. Undan ham ko’prog’i ham aniqlanmagan.
Ikkinchi o’rinda ong (ruh) va unig tabiati jumbog’i turibdi.
Aristotel «Ruh qanday qilib vujudga joylashganini aytib beraolmaymiz», deb yozgan edi. Materialistlar ruh miyaning atom-molekulyar strukturasining funktsiyasidan vujudga keladi, deb tushuntirishadi. Anaf. Natalya Petrovna Bextereva ruhga bu xil yondashishga qarshi. Ruh hali ilmiy asosda umuman o’rganilgan emas. Ko’pgina taxminlar mavjud, lekin haqiqiy ilmiy nazariya yaratilgan emas, deb ta’kidlayapti. Farobiy fikricha din va falsafa bir-biriga qarama-qarshi bo’lmay, yagona birlikning ikki xil jihati va haqiqatga etishishning ikki mustaqil usulidir.
Falsafa ilmiy dunyoqarash bo’lib, ikki savolga javob izlaydi. Birinchisi insonning mohiyatini nima tashqil etadi? Ikkinchisi-insonning yashashdan maqsadi nima? Bu muammo barcha davr faylasuflari oldida turgan va unga berilgan javoblarga qarab, ular turli yo’nalishlarga bo’linganlar. Qadimgi Hind jamiyati haqidagi dastlabki manbalar, eramizdan avvalgi 2000 yillarda yozilgan Vedalarda berilgan. Vedalarda oriylarning ibtidoiy dunyoqarashi aks ettirilgan. Ular orasida paydo bo’lgan Jaynizm va Buddaviylik yo’nalishi umumhind ahamiyati darajasiga ko’tarilgan. Jaynistlar (asoschisi-«jina» (g’olib) laqabini olgan Vartxamam ismli kohin) ta’limoti dualizmni targ’ib qiladi, ya’ni inson mohiyati ikki xususiyatga moddiy va ruhiy ega bo’ladi. Ularni bir-biriga bog’lab turuvchi nozik moddadan iborat karma jismi bo’lib, ruhni modda bilan qo’shilishiga imkon beradi. Moddiy asos-tananing metaforizik ruh bilan qo’shilishi individ (shaxs)ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ruh nomukammal vujud bilan qo’shilgach, o’zining avvalgi imkoniyat sifatlarini yo’qotib azob-uqubatlarga duchor bo’ladi. Moddiylikdan qutulib yana mukammal borliqqa qaytishi mumkin. Shu o’rinda Beruniyning psixologik qarashlariga katta ta’sir ko’rsatgan bir necha voqealarni keltirish mumkin.«Shamoniya» deb mashhur bo’lgan dindagilar hindlarning brahmanlariga qattiq dushmanlik qilsalar ham o’zlarini boshqalardan ko’ra hindlarga yaqinroq to’tadilar. Qadim vaqtlarda Xuroson, Fors, Iroq Mo’sildan tortib, Shomgacha bo’lgan mamlakatdagilar to Zardusht Ozorbayjondan chiqib Balxda majusiy diniga da’vat qilganicha, shamaniya dinida edilar. Buning da’vati Kushtasb davrida rivojlandi. Kushtasbning o’g’li Sharq va G’arb mamlakatlarida majusiy dinini majburiy va sulx yo’li bilan tarqatdi. Xitoydan to Rumagacha otashparastlar ibodatxonalarini qurdirdi. So’ngra Isfandiyordan keyingi podshohlar Fors va Iroqni o’z fuqorolari uchun tozaladilar. Shamoniylar u joylardan chiqib, Balxning sharq tomonlariga bordilar. Qolgan majusiylar esa hozirgacha hind erida yashaydilar va ular magga deb ataladilar. Ana shu voqea, ularning to Islom dini kelib, Fors davlati yiqilguncha, Xurosoon tomonlardan nafratlanishlariga sabab bo’lgan edi.
SAVOLLAR.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?
Dostları ilə paylaş: |