Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə17/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.


2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.

16-mavzu. Iymon va e’tiqodning shakllanishi va namoyon bo’lishi (2soat)
Reja:
1.Diniy iymon va e’tiqod tushunchasi. Ularning shakllanish bosqichlari.
2.Bilish jarayonlari xaqida umumiy tushuncha. Sezgi va uning turlari. Idrok va uning xususiyatlari.
3.Xotira va uning e’tikoddagi roli.
4.Psixologik xususiyatlardan: diqqat va e’tiqod.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Barcha dinlarda imon, e’tiqod masalasi markaziy o’rinda turadi.Zero, borliqdagi (tabiat va jamiyatdagi) barcha narsalardan yuksak turuvchi mutloq Oliy Kuchning borligiga ishonmaydigan, unga e’tiqod qilmaydigan din yoki dindorning bo’lishi mumkin emas.
Imon, imonli so’zini eshitganimizda yoki ishlatganimizda avvalo diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishini tasavvur qilamiz.Ko’pgina adabiyotlarda ham “vera-imon” tushunchalarini dindorlarga nisbatan ishlatishadi. Rus tilida ”vera” tushunchasi “sadoqat”,”ishonch”,”imon”,”e’tiqod” ma’nosida ishlatilganligi uchun dindorlarni ham ateistlarni ham (nereligioznal vera) e’tiqodli deb qabul qilishadi. Bu kitoblar:Zabur ,Tavrot,Injil va Qur’ondir.Ba’zi payg’ambarlarga bir necha varoqdan iborat ilohiy xabarlar tushirilgan. Alloh ”Moida” surasida: ”Men sizlarga islom dinini mukammal din qilib berdim” degan. Islomda imon. ”Islom”-lug’aviy ma’nosi ixlos, sulh, kelishuv ma’nolarini beradi. Imon insonda tug’ma bo’ladimi yoki keyin shakllanadimi degan savolga javoblar ham xil:
1.Tug’ma. Ma’lum davrda u tug’yonga keladi.Shunda insonimon amallarini bajarishga kirishishi kerak.Aks holda u so’nib qolishi va qayta tug’yonga kelishi yoki kelmasligi mumkin. Imon –e’tiqod, taqvo, ta’voze-nima ish qilmoqchi bo’lsa, u aql Bilan diqqat dilan qilishi zarur.Qur’on o’qilsa, solih amallarni bajrsa, qalb yumshaydi.
IMON Imom al-Buxoriy saboqlari 3-son 167 va 168 b.2006 y. Imon haqida ham xar-xil qarashlar, bahslar bor.Imon 2 narsa: Qalbiy tasdiq va a’zolarning xarakati (amallar) bo’lishi kerak.Lekin uning eng katta qismi-qalb tasdig’idan iborat bo’ladi. Agar odam o’z amalini tark etsa, u kofir bo’ladimi? yoki imonsiz bo’ladimi?
Imom Shofi’i ”Imon asli iqror va e’tiqoddir.Amal, bu imonning samarasi, oqibati(mevasi)dir” ba’zi o’rinlarda bir narsaning ismi, mohiyati majoziy ma’noda oqibatlarga ko’chiriladi.Masalan, olma mevasiga olma daraxtining nomi berilgan...Shu ma’noda amalga imon, deb nom berilgan.
“Oqibatlar o’tib ketsa ham,narsa va mohiyat qoladi.” Shariatda imon daraxtga o’xshatiladi va u 70 va Yana bir necha yaproqlardan iborat deyiladi.Masalan, daraxtda bir necha shox va barglar, meva, gul bo’ladi.Shu shoxdan,mevadan bir nechtasi olib tashlansa, daraxt bir bo’lagidan ajraladi xolos.Daraxt butunlay yo’q bo’lib ketmaydi.Huddi shunga o’xshab amallarning ayrimlari, xatto amalning o’zi to’xtasa ham imon-e’tiqod yo’q bo’lmaydi.Shoxlari kesilgan daraxt noqis daraxt deyiladi.Agar ildizi bilan sug’urib olinsa, u butunlay yo’qoladi. Lekin ba’zi qarashlarda kimki amalni (mehnatni ) tark etsa, u imonni yo’qotadi, deyiladi.Ularning fikricha, zaruratdan maqsad,jo’z’iylik a’mol uchun zarurdir.A’molni rad etadigan bo’lsa,butunlik jihatidan imon mavjud emas. Shuning Bilan birga, xos (butun) qismning yo’qligi bois xayrli ishlarni tartib bilan qilish kerak emas, deyish ham xatodir.Alloh Taolo bunday bandani mo’’min deb hukm chiqarmaydi.Chunki mo’’minlik taqdir qilingan sifatlardandir.Chunonchi, Alloh Taolo imonning barcha bo’lagi (parchasi) mavjud bo’lmaganda ham, imkon qadar xayrli ishlarni amalga oshirgan bandalarni xush ko’radi. Muhammad (s.a.v.) imonni 2 xilga bo’lganlar.1 si, dunyoviy ahkomlar (amallarni) idora etadigan imon.2 si najot izlash darajalaridan iborat bo’lgan oxirat ahkomlarini idora etadigan imon. Imon va e’tiqod tushunchasi bir-biriga yaqin ma’noda bo’lsa ham ular o’rtasida nozik tafovutlar bor. Imon –arabcha “ishonch,e’tiqod” ma’nolarini berib, islom dinida Allohga, uning farishtalariga, kitoblariga payg’ambarlariga, qiyomat kuniga, taqdir va o’lgandan keyin qayta tirilishga ishonish kiradi.Ya’ni til bilan iqror bo’lib, dil bilan tadiqlashdir.Bu “imoni mufassal” ya’ni imonning to’liq ta’biri deyiladi. Islomda imon tushunchasi eng asosiy va shuning Bilan birga bahsli masala hisoblanadi... . Kundalik muomalada ancha keng-halollik,vijdonlilik, poklik ma’nolarida qo’llaniladi. E’tiqod tushunchasi diniy ma’noda, Allohning kalomi haqiqiy ekanligiga astoydil ishonish, bog’lanish va unga amal qilish tushuniladi. Shu ma’noda ayrim tadqiqotchilar e’tiqodni imondan kengroq deb tafsirlaydilar.Sababi,imon faqat ishonishni bildirsa, e’tiqod esa unga qattiq bog’lanishni,amal qilishni anglatadi.Lekin ular har ikkalasi ham aslida bir tomonga yo’nalgan bo’ladi. Imon- qalbdagi komil e’tiqod va a’zolar Bilan qilinayotgan amallardan tashqil topadi. Imon-toat ibodat ila ziyoda bo’lsa, ma’siyat Bilan noqis bo’ladi. Din psixologiyasi fanida diniy e’tiqod mazmuniga Xudo, diniy ong, ruh, savob,gunoh, jannat, do’zah kabi diniy kategoriyalarni shuningdek, ibodat, tavba-tazarru, vaqtida turli diniy amallarni bajarish jarayonida dindor kechiradigan xissiy holatlar kiritilgan.
Islomda istig’for Allohga qilinadi.Islomda Alloh buyurgan narsalarga nisbatan gunoh qilingan bo’lsa, istig’for aytilsa Alloh kechiradi.Alloh kechirdimikan, ibodatimni qabul qildimikan deb ikkilanish??? Lekin boshqa insonlarga nisbatan qilingan adolatsizlik, zulumni jabrlanuvchining o’zi kechirmaguncha Alloh ham kechirmaydi.
Imon-e’tiqod tahlili uning vujudga kelishi va namoyon bo’lishi ko’p qirrali hususiyatlariga ega ekanligini ko’rsatadi.Masalan, uning nimaga yo’nalganligiga qarab, ya’ni real borliqqa mavjudlikkami yoki ilyo’ziyali narsalargami farqlash mumkin.Masalan, Xindlarda ko’p xudolik mavjud.Xar bir voqelikni suv havo boshqarib turuvchi o’z xudolari bor.Shuningdek etiqodning ta’sir etuvchi shaxsning ruhiy holatlari, kechirmalariga qarab uning namoyon bo’lish dinamikasi, intensivligi farqlanadi. Imonning kishilar qalbida urnashib ularni harakatga solishi uchun ma’lum vaqt zarurligini unitmasligi kerak. Nasroniy dini va uning ulamolari diniy e’tiqodni “ilohiy ne’mat” (darbojiy) deb qaraydilar.Islomda ham din insonning asli tabiatdagi bor Alloh byergan narsa deb ta’kidlanadi. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ”Imon” kitobida:“...dindorlik barcha bashariyatning umumiy sifati bo’lib unda qadimgilar ham, hozirgilar ham barobardir.”
Darhaqiqat hech bir xalq dinsiz emas.Ibtidoiy davr odamlarida ham diniy e’tiqod pok ravishda bo’lgan.Keyinchalik esa ilmsizlik asosida turli afsonalar,udumlar aralashib, to’g’ri yo’lda adashish, ko’p xudolik, xar-xil sanamlarga sig’inish boshlangan.“Yunus“ surasining 19-oyatida “Odamlar yagona ummat (bir dinda)edilar.So’ngra turli xil bo’lib ketdilar.Agar Robbingizdan (qiyomatgacha qo’yib berish haqida)so’z bo’lmaganda, tortishayotgan narsalari haqida hukm qilingan bo’lur edi”.
Hozirgi dinlarda e’tiqod nimaga yo’naltirilganligiga, nimaga sig’inayotganligiga qarab farqlanish bor xolos.Antropologiya (inson irqi) din tarixi bilan shug’ullangan olimlarning deyarli barchasi insoniyat tarixining barcha davrlarida ham odamlar xudoga (yaratuvchi-xoliqqa) ishonganliklarini isbotlab byerganlar. “Rum” surasining 30-oyatida :
“Bas,(ey,Muhammad ), o’zingizni doimo to’g’ri bo’lgan dinda (islomda) tuting!” Alloh insonlarni shunga moslab yaratgan.Allohning yaratganlarini o’zgartirib bo’lmaydi.Eng to’g’ri din shudir.
Lekin ko’p odamlar bilmaslar deyiladi.
Ushbu oyati karimada har bir inson bolasi tabiatida diniy e’tiqod borligi ta’kidlanayapti.Hadisi sharifda aytilishicha, ”Har bir bola dindor tabiatli bo’lib tug’iladi, lekin uning ota –onasi tarbiya orqali yaxudiy, masiyxiy yoki majusiy qilib qo’yadi.”
Lekin insonlar o’zlarida dindorlik tabiati borligini ongli ravishda tushunib etavermaydilar.Og’ir vaziyatga, qiyinchilikka tushib qolganda, beixtiyor Xudoga murojaat qilib yordam so’ray boshlaydilar.
“Rum” surasida: “Qachon (dinsiz) odamlarga biron ziyon etsa, Parvardigorlariga qaytib, unga iltijo qilurlar.”deyiladi.Bu narsa inson tabiatida dindorlik borligiga dalildir ya’ni o’zi anglamagan holatda Allohdan najot so’ray boshlaydi.Masalan, kemada ketyapsiz, to’fon boshlandi.Halokat aniq bo’lib qoldi.Barcha-barcha odamlar najotni Allohdan so’ray boshlaydi.Psixologiyada ham ongsizlik, shuursizlik holatda aytilgan bir so’z, biror harakat insonning haqiqiy tabiatini ko’rsa deyiladi.
Islomda ham imon e’tiqod inson fitratida mavjud bo’ladi deb aytiladi, lekin u ma’lum zaminda jamiyat va guruhda rivojlaib boradi va namoyon bo’ladi.Bu haqda Qur’oni Karim, hadisi shariflarda bayon qilingan.Muxoliflar esa diniy e’tiqodlarni ijtimoi hodisa sifatida qarashadi.Individ jamiyatdan tashqari turib qolsa, u shaxs sifatida shakllanmaydi, demak unda hech qanday diniy e’tiqodlar namoyon bo’lmaydi deb ko’rsatishadi.Bir qarashda bu fikr to’g’riga o’xshaydi.Har bir urug’da, danakda agar ukerakli sharoitga tushib qolsa daraxt bo’lib unib chiqish, meva berish programmasi mavjud. Lekin urug’ning unib chiqishi uchun muayyan shart-sharoit-namlik, issiqlik, yorug’likzarur.Agar shu sharoitlardan birortasi bo’lmasa urug’ unib chiqmaydi. Urug’ning unib chiqmasligi uning mavjud emasligini bildirmaydi.Huddi shunga o’xshash diniy e’tiqodlar kechinmalarining shakllanishi va namoyon bo’lishi uchun jamiyatda shart-sharoit kerak. Bola qaysi oila muhitida tarbiyalansa, shunga mos ravishda diniy e’tiqodlar ham shakllanadi va namoyon bo’ladi.Ota-ona nasroniy bo’lsa, bolada ham nasroniylik hususiyatlar shakllanadi.
Ateistik adabiyotlarda diniy e’tiqodlarni g’ayri tabiiy kuchlarga, hodisalarga ishonish bilan bog’laydilar.Nima uchun g’ayritabiiy?? Chunki bizning 5 xil sezgi a’zolarimiz tabiatda mavjud bo’lgan fizik narsalarni qabul qilishga va aks ettirishga moslashgan. Ruh va ruhiy hodisalar,Alloh va ilohiy narsalar metofizik (nomoddiy) bo’lganligi uchun ularni sezgi a’zolarimiz Bilan emas, qalb ko’zi, aql kuchi, imon-e’tiqodi Bilan aks ettiramiz.Shuning uchun moddiyunchilar ularni g’ayritabiiy kuch va hodisalar, deb talqin etadilar. Ruslarda ”6-tuyg’u”-(shestoe chuvstvo) degan ibora bor... .Nur yordamida, ko’z orqali moddiy narsalarni ko’ryapmiz, imon nuri yordamida qalb ko’zi Bilan metofizik narsa va hodisalarni ko’ramiz. Hadisda u dunyoda sizlarga Allohni ko’rish uchun boshqa ko’z beriladi, deyilgan... . Bu qanday bo’ladi?... ilmi g’aybdir.
Ateistlar va idialistik falsafiy adabiyotlarda o’lim daxshatlariga ko’p etibor beriladi vash u yo’l bilan odamlarni qo’rqitib, ularda diniy e’tiqodlar shakllantiriladi, deb ayb qo’yishadi.
Bu bema’ni qarash albatta.Islomda aksincha, haqiqiy dindor mo’’min o’limni doimo bo’yniga olib, unga ruhiy jihatdan tayyorlanib yuradi.Bu qo’rquv natijasida emas, ongli ravishda bo’lib bu dunyoning foniyligi-o’tkinchiligi, haqiqiy Dune o’limdan keyin kelishiga ishonish natijasidir.Shuning uchun ateistlarning o’limdan qo’rquv odamlarni diniy e’tiqodga Allohga etaklaydi, degan fikrida asos yo’q.Aksincha, o’limdan keyingi hayotga ishonish odamlarni,Allohni tanishga, e’tiqod qilishga olib keladi. Albatta, o’limdan qo’rqish insonlar tabiatida ”saqlanish instinkti” sifatida namoyon bo’ladi.Lekin bu qo’rquv ijtimoiy xaraktyerga ega bo’lishi ham mumkin.O’ta hudbin, o’zini yaxshi ko’ruvchi, o’z “men”ni barcha narsalardan yuqori qo’yuvchi shaxslar, mol-dunyosi ko’p odamlar ko’proq o’limdan qo’rqadi. Lekin bu qo’rquv ularni diniy e’tiqodlarni qabul qilib, Allohga iltijo qilishga olib kelmaydiku?!
Moddiyunchilarning insonga hayot bir marta beriladi.Shuning uchun bu dunyoda o’ynab qolish kerak.U dunyoda hech qanday tirilish bu dunyoda qilingan ahloqsizliklar uchun savol-javob qilish yo’q, degan aqidasi turli ahloqsizliklar, ma’naviyatsizliklarni rivojlanishiga olib kiradi.

SAVOLLAR.


1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?


2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin