Psixologiya va gumanitar fanlar


O‘QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə2/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI

Bet




Ma’ro’zalar matni







Seminar, amaliy mashg‘ulotlarini o‘qitish texnologiyasi







Mustaqil ta’lim topshiriqlari







Glossariy







Ilovalar







Fan dasturi







Ishchi dastur







Tarqatma materiallar.







Testlar.







Reyting tizimi asosida baholash mezoni



MA’RUZALAR


MATNI
2-Bo`lim. ETNOPSIXOLOGIYA VA DIN PSIXOLOGIYASI

1- MAVZU: Etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari (2soat)


Reja:
1. Etnopsixologiya xaqida umumiy tushuncha
2. Etnopsixologiya fanining predmeti, ob`ekti va vazifalari.
3. Etnopsixologiyaning fanlararo xarakteri.


Tayanch so`zlar: psixologiya, etnos, etnopsixologiya, xalq, psixofiziologik, etnoslararo o‘zaro ta’sir, etnik xarakter.

Har qanday fan o‘zining tadqiqot ob’ekti, predmeti va tushunchalariga ega bo‘ladi. Etnopsixologiya fani ham bundan mustasno emas. Yunon tilidan olingan, «Etnopsixologiya» atamasi murakkab ibora bo‘lib, uch o‘zakka ega:


«etnos», «psixe», va «logos». «Etnos» so‘zi taxminan «xalq» so‘ziga muvofiq keladi, «psixe» - «ruh» degani, «logos» esa «so‘z», «ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, «etnopsixologiya» xalq (etnos)ning ruhiyati degan ta’limot (fan)ni anglatadi.
Etnopsixologiyaning fan sifatidagi ob’ekti va predmeti nimadan iborat, ayni paytda u o‘z predmeti to‘g‘risida qanday fikr yuritadi, uning metodlari qanday degan savollar ham tug‘iladi. Bu savollarga javob berish har bir insoniy birlik o‘zining o’zoq davr mobaynida mavjud bo‘lib turishida guruhiy psixologik belgilar haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Modomiki, etnos, xususan, millat o‘zining tarixan barqaror, murakkab hayot yo‘liga ega bo‘lgan sotsial guruh ekan, tabiiyki, u o‘ziga xos psixik belgilar va ularning birligi – psixologik komplekslariga ham egadir. Boshqacha aytganda, har bir etnik guruhning kelib chiqishi va taraqqiyotining guruhiy psixologiyasi mavjud.
Demak, etnik psixika o‘z ichiga muayyan etnosning kelib chiqishi va keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida egallagan psixofiziologik, xususiy va sotsial-psixologik belgilarni o‘z ichiga oladi. Muayyan etnos tarkibiga kiradigan har bir odam individuallik, ya’ni o‘ziga xos qaytarilmas xarakter, motivatsiya va shaxsning boshqa aspektlari, shuningdek, bu belgilarning qaytarilmas birligi yoki kompleksiga ega bo‘lishiga qaramay, etnik guruh o‘zining barcha a’zolari xarakteri uchun umumiy belgilar, ularning majmuasi, xulq-atvorining turg‘un (stereotip) xususiyatlari, etnosning kelib chiqish va tarixiga oid umumiy tasavvurlarga ham egadir. Etnik guruhlar ayni paytda boshqa guruhlar va qadriyatlarga yo‘naltirilgan umumiy baho, umumiy ustanovkalarga ham egalik qiladi. Ularning barchasida tabiiy hodisalar, ijtimoiy hayot, madaniyat va boshqalarga tegishli bo‘lgan umumiy bahoviy hukmlar amal qiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan jamiki hodisalar shu ma’noda umumetnik xarakter kasb etadiki, ular etnosning asosan yoshi ulug‘ a’zolari tomonidan e’tirof etiladi va xulq-atvor hamda xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Etnopsixologiyaning ob’ektini etnik guruhlar, uning predmetini esa etnos va uning vakillariga xos psixik belgilar, etnoslararo o‘zaro ta’sir va konfliktlar tashqil etadi. Bu ta’rifni konkretlashtirgan holda etnopsixologiyaning tadqiqot predmetining bir qator muammo va vazifalarini qayd etish mumkin. Bular quyidagilardir:
etnos-xususan, millatning psixik qiyofasi (uning qanday etnopsixologik qonuniyatlar asosida shakllanishi, uning strukturasi va funktsiyalari va h. k);
etnik xarakter (uning asosiy belgilari va ularning birligi);
psixik qiyofa va xarakter jihatdan etnik guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar;
etnik xarakter tipologiyasi.
Etnopsixologiya tizimida milliy simvollar muammosi alohida o‘rin to’tadi, shuning uchun ularni tadqiq etish o‘ta zarur.
Milliy simvollar deyilganda bir etnosning boshqasidan farqlab turadigan tabiat predmetlari va madaniyatlari haqidagi tasavvurlari, obrazlari, shuningdek, spetsifik xatti-harakatlari tushuniladi.
Etnopsixologiyaning metodlari. Etnopsixologiya ijtimoiy psixologiya, etnologiya, antropologiya va boshqa fanlar asosida yo’zaga keldi va rivoj topmoqda. Etnopsixologlar, ayniqsa, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va etnologiya fanlari metodlaridan foydalanishlari lozim. Tabiiyki, etnik guruhlar bo‘yicha etnopsixologik tadqiqot o‘tkazishda ko’zatish, anketa, eksperiment, suhbat metodlaridan keng foydalaniladi.
Etnopsixologiyaning rivoj topishi uchun tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq, shuningdek, etnik guruhlarning tarixi va madaniyatini psixologik tahlil etish ham muhim metod sifatida e’tirof etilgan. Fanning mashhur arboblari shaxsi, ularning faoliyatini tadqiq va tahlil etish ancha samara beradi, bunday kishilar milliy simvollarga juda o‘xshab ketadi, o‘z xalqining ijobiy va salbiy xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. Bundan tashqari, etnopsixologiyada dala metodi (ko’zatish, xujjatlar to‘plash va h. k.) shuningdek, etnik tasavvurlarni tadqiq etadigan semantik differentsiatsiya metodlari ham keng qo‘llaniladi. Etnopsixologiya yosh fan bo‘lishiga qaramay, unda bir qator tadqiqotchilik yo‘nalishlari mavjudligi ko’zatiladi:
sotsiologik yo‘nalish (insonlar hamjamiyatining psixik skladi, uning shakllanishi o‘rganiladi);
ekologik yo‘nalish (etnopsixologiyaning ekologik jihatlari o‘rganiladi);
biologik yo‘nalish (etnik guruh a’zolarining temperamenti, xarakteri, idroklari o‘rganiladi), bu odatda psixofizik va antropologik yo‘nalish deb ham aytiladi.
Etnopsixologiya va boshqa fanlar. Etnopsixologiya bir necha fanlar oralig‘ida yo’zaga kelgan bo‘lib, o‘z muammolarini ular bilan hamkorlikda hal etishi mumkin.
Etnopsixologiya asosan etnologiya (xalq to‘g‘risidagi ta’limot) va etnografiya (xalqlar to‘g‘risidagi tavsifiy fan)lar bilan o’zviy bog‘langan.
Etnopsixologiya quyidagi bo‘limlardan iborat:
umumiy etnopsixologiya (etnoslarning asosiy belgilarini o‘rganadi);
maxsus etnopsixologiya (u yoki bu xalqning psixik skladi va etnogenezisini tavsiflaydi: rus, o‘zbek, tojik, turkman va h. k);
qiyosiy etnopsixologiya (turli xalqlarning psixik xususiyatlarini qiyoslaydi);
amaliy etnopsixologiya (etnoslararo va etnos ichki hayotining amaliy masalalari – ziddiyatlar, o‘z-o‘zini himoyalash kabi muammolar) bilan shug‘ullanadi.
Shunday qilib, etnopsixologiya o‘z tadqiqot ob’ekti, predmeti, usullari, yo‘nalishlariga ega bo‘lgan fan bo‘lib, jamiyat hayotining o‘ziga xos sohasini tadqiq etadi. Etnopsixologik tadqiqotlar o‘z tarixiga ega bo‘lib, alohida etnos, xalq, millatlarning xususiyatlarini o‘rganishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va tadqiq etish asosida mazmunan boyib boradi.
Har qanday fan o‘zining tadqiqot ob’ekti, predmeti va tushunchalariga ega bo‘ladi. Etnopsixologiya fani ham bundan mustasno emas. Yunon tilidan olingan, «Etnopsixologiya» atamasi murakkab ibora bo‘lib, uch o‘zakka ega:
«etnos», «psixe», va «logos». «Etnos» so‘zi taxminan «xalq» so‘ziga muvofiq keladi, «psixe» - «ruh» degani, «logos» esa «so‘z», «ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, «etnopsixologiya» xalq (etnos)ning ruhiyati degan ta’limot (fan)ni anglatadi.
Etnopsixologiyaning fan sifatidagi ob’ekti va predmeti nimadan iborat, ayni paytda u o‘z predmeti to‘g‘risida qanday fikr yuritadi, uning metodlari qanday degan savollar ham tug‘iladi. Bu savollarga javob berish har bir insoniy birlik o‘zining o’zoq davr mobaynida mavjud bo‘lib turishida guruhiy psixologik belgilar haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Modomiki, etnos, xususan, millat o‘zining tarixan barqaror, murakkab hayot yo‘liga ega bo‘lgan sotsial guruh ekan, tabiiyki, u o‘ziga xos psixik belgilar va ularning birligi – psixologik komplekslariga ham egadir. Boshqacha aytganda, har bir etnik guruhning kelib chiqishi va taraqqiyotining guruhiy psixologiyasi mavjud.
Demak, etnik psixika o‘z ichiga muayyan etnosning kelib chiqishi va keyingi tarixiy taraqqiyoti davomida egallagan psixofiziologik, xususiy va sotsial-psixologik belgilarni o‘z ichiga oladi. Muayyan etnos tarkibiga kiradigan har bir odam individuallik, ya’ni o‘ziga xos qaytarilmas xarakter, motivatsiya va shaxsning boshqa aspektlari, shuningdek, bu belgilarning qaytarilmas birligi yoki kompleksiga ega bo‘lishiga qaramay, etnik guruh o‘zining barcha a’zolari xarakteri uchun umumiy belgilar, ularning majmuasi, xulq-atvorining turg‘un (stereotip) xususiyatlari, etnosning kelib chiqish va tarixiga oid umumiy tasavvurlarga ham egadir. Etnik guruhlar ayni paytda boshqa guruhlar va qadriyatlarga yo‘naltirilgan umumiy baho, umumiy ustanovkalarga ham egalik qiladi. Ularning barchasida tabiiy hodisalar, ijtimoiy hayot, madaniyat va boshqalarga tegishli bo‘lgan umumiy bahoviy hukmlar amal qiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan jamiki hodisalar shu ma’noda umumetnik xarakter kasb etadiki, ular etnosning asosan yoshi ulug‘ a’zolari tomonidan e’tirof etiladi va xulq-atvor hamda xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.
Etnopsixologiyaning ob’ektini etnik guruhlar, uning predmetini esa etnos va uning vakillariga xos psixik belgilar, etnoslararo o‘zaro ta’sir va konfliktlar tashqil etadi. Bu ta’rifni konkretlashtirgan holda etnopsixologiyaning tadqiqot predmetining bir qator muammo va vazifalarini qayd etish mumkin. Bular quyidagilardir:
etnos-xususan, millatning psixik qiyofasi (uning qanday etnopsixologik qonuniyatlar asosida shakllanishi, uning strukturasi va funktsiyalari va h. k);
etnik xarakter (uning asosiy belgilari va ularning birligi);
psixik qiyofa va xarakter jihatdan etnik guruhlar o‘rtasidagi tafovutlar;
etnik xarakter tipologiyasi
Etnopsixologiya tizimida milliy simvollar muammosi alohida o‘rin to’tadi, shuning uchun ularni tadqiq etish o‘ta zarur.
Milliy simvollar deyilganda bir etnosning boshqasidan farqlab turadigan tabiat predmetlari va madaniyatlari haqidagi tasavvurlari, obrazlari, shuningdek, spetsifik xatti-harakatlari tushuniladi.
Etnopsixologiyaning metodlari. Etnopsixologiya ijtimoiy psixologiya, etnologiya, antropologiya va boshqa fanlar asosida yo’zaga keldi va rivoj topmoqda. Etnopsixologlar, ayniqsa, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va etnologiya fanlari metodlaridan foydalanishlari lozim.
Tabiiyki, etnik guruhlar bo‘yicha etnopsixologik tadqiqot o‘tkazishda ko’zatish, anketa, eksperiment, suhbat metodlaridan keng foydalaniladi.
Etnopsixologiyaning rivoj topishi uchun tarixiy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq, shuningdek, etnik guruhlarning tarixi va madaniyatini psixologik tahlil etish ham muhim metod sifatida e’tirof etilgan. Fanning mashhur arboblari shaxsi, ularning faoliyatini tadqiq va tahlil etish ancha samara beradi, bunday kishilar milliy simvollarga juda o‘xshab ketadi, o‘z xalqining ijobiy va salbiy xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Bundan tashqari, etnopsixologiyada dala metodi (ko’zatish, xujjatlar to‘plash va h. k.) shuningdek, etnik tasavvurlarni tadqiq etadigan semantik differentsiatsiya metodlari ham keng qo‘llaniladi.
Etnopsixologiya yosh fan bo‘lishiga qaramay, unda bir qator tadqiqotchilik yo‘nalishlari mavjudligi ko’zatiladi:
sotsiologik yo‘nalish (insonlar hamjamiyatining psixik skladi, uning shakllanishi o‘rganiladi);
ekologik yo‘nalish (etnopsixologiyaning ekologik jihatlari o‘rganiladi);
biologik yo‘nalish (etnik guruh a’zolarining temperamenti, xarakteri, idroklari o‘rganiladi), bu odatda psixofizik va antropologik yo‘nalish deb ham aytiladi.
Etnopsixologiya va boshqa fanlar. Etnopsixologiya bir necha fanlar oralig‘ida yo’zaga kelgan bo‘lib, o‘z muammolarini ular bilan hamkorlikda hal etishi mumkin.
Etnopsixologiya asosan etnologiya (xalq to‘g‘risidagi ta’limot) va etnografiya (xalqlar to‘g‘risidagi tavsifiy fan)lar bilan o’zviy bog‘langan.
Etnopsixologiya quyidagi bo‘limlardan iborat:
umumiy etnopsixologiya (etnoslarning asosiy belgilarini o‘rganadi);
maxsus etnopsixologiya (u yoki bu xalqning psixik skladi va etnogenezisini tavsiflaydi: rus, o‘zbek, tojik, turkman va h. k);
qiyosiy etnopsixologiya (turli xalqlarning psixik xususiyatlarini qiyoslaydi);
amaliy etnopsixologiya (etnoslararo va etnos ichki hayotining amaliy masalalari – ziddiyatlar, o‘z-o‘zini himoyalash kabi muammolar) bilan shug‘ullanadi.
Shunday qilib, etnopsixologiya o‘z tadqiqot ob’ekti, predmeti, usullari, yo‘nalishlariga ega bo‘lgan fan bo‘lib, jamiyat hayotining o‘ziga xos sohasini tadqiq etadi. Etnopsixologik tadqiqotlar o‘z tarixiga ega bo‘lib, alohida etnos, xalq, millatlarning xususiyatlarini o‘rganishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va tadqiq etish asosida mazmunan boyib boradi.
Millat va millat bilan bog’liq bo’lgan ko’plab omillar ijtimoiy va siyosiy hayotda muhim rol o’ynab kelgan va bundan keyin ham o’zoq davrgacha o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Olimlarning ko’rsatishicha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan to’rt mingga yaqin millat, ellat va turli xalqlar mavjud ekan. Ularning xar birini o’z tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlari bor. Ularni o’rganish millatlararo munosabatlarini tashqil qilishda, turli iqtisodiy, madaniy aloqalarni o’rnatishda katta yordam beradi.
Lekin yaqin davrgacha bizning ijtimoiy fanlar tizimida milliy masalalar va unda psixologik omillarning tutgan o’rniga etarlicha baho berilmay kelindi. Ayrim hollarda esa asossiz ravishda inkor etildi. Hatto ba’zi bir tadqiqotchilar milliy xususiyatlar, etnopsixologiya masalalarini o’rganishga shubha bilan qarashdi. Bunda ular etnopsixologiya masalalarini o’rganish bir xalqni maktab, ikkinchisini kamsitishga olib kelishi, irqchilik, millatchilikni kelib chiqishiga sabab bo’ldi, deb havotirlanishdi. Bu xadiksirashda ma’lum asos ham bor edi. Etnopsixologiyaga oid ayrim tadqiqotlarda mualliflar o’z millatlarni haddan tashqari ko’klarga ko’tarib yuborish,boshqa qo’shni xalqlardan ustun qo’yish hollari bo’lganki, bu tabiy turli noroziliklarni tug’ilishiga sabab bo’lgan. Shuning bilan birgalikda xalqlarning voqelik va tabiatni idrok qilish, kiyinish, avlodlar tarbiyasi, avlodlar o’rtasidagi munosabatlardagi o’ziga xosligini hisobga olmaslik ham mumkin emas. Etnik o’ziga xosligini inkor etish, milliy munosabatlarda hisobga olmaslik turli salbiy munosabatlarni, hatto etnik nizolarni keltinrib chiqaradi.
“Etnopsixologiya” - etnologiya va psixologiya fanlarining qo’shilishidan tashqil topgan bo’lib, grekcha “etnos” xalq, qabila, “psixologiya”- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan ma’lum millat va etnik birlik vakillarining o’ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorining, zamonaviy termin bilan aytsak, “mentalitetini”o’rganadi. Har bir xalqqa xos bo’lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg’ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o’zini o’zi anglashni vujudga kelishi, namoyon bo’lishi, o’zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyani o’rganish ob’ekti hisoblanadi.
Tadqiqotchilar tomonidan etnopsixologiya masalalarini o’rganishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilgan bo’lsa ham, lekin uning ko’p muammolari hali o’zining echimini to’la topgan emas. Shulardan biri - milliylik va baynalminallik xususiyatlarining o’zaro munosabatidir. Millat, sinflar va turli ijtimoiy guruhlarni o’rganishda faylasuflar, sotsiolog va tarixchilar, asosan, ularning moddiy va ma’naviy madaniyati, tarkibi, ijtimoiy munosabatlariga etiborni qaratgan bo’lsalar, psixologlar esa, shaxs psixologiyasini o’rganish bilan cheklanib qolishgan. Ayrim psixologlar esa (S.L.Rubinshteyn) umuman ijtimoiy va etnopsixologiya fanlarining mavjud bo’lishligini shubha ostida olgan.
Etnopsixologik muammolarni tadqiq etuvchi jahon olimlarining juda ko’pchiligi, bu muammolarni o’rganish qiyin ekanligini, bu sohada uchraydigan murakkabliklarni takidlashadi. Chunki etnopsixologik xususiyatlari empirik tadqiq etish qiyin. Barcha murakkabliklarni qamrab oluvchi metodlar yaratilmagan. Boz ustiga bir mamlakatda, boshqa bir madaniyatni o’rganish uchun yaratilgan metodlar, ikkinchi bir xalqlarni o’rganishda natija bermasligini, hatto, qarama-qarshi ko’rsatkich berishi mumkin. Bu sohadagi muammo yana shundaki, bir etnos ichidagi turli sinflar, sotsial guruhlarda milliy xususiyatlarning namoyon bo’lishi ma’lum darajada bir biridan farqlandi. Shuning bilan birgalikda, tadqiqotchi etnik psixologiyadagi o’ziga xoslik, boshqa etnik guruhlardan farq qiluvchi maxsuslik va umumiylik tomonlarni ochib bera olishi kerak. Va nihoyat, etnopsixologik xususiyatlar qotib qolgan, o’zgarmaydigan narsa emas. Ular ma’lum bir ijtimoiy o’zgarishlar natijasida, ayrim bir xususiyatlarini o’zgartirishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi xislatlarni hosil qilishi mumkin.
Savollar:
1. Etnopsixologiyaning etnologiya va psixologiyadan farqi nimada?
2. Etnopsixologiyaning vazifalarini sanab bering?
3. Etnopsixologik muammolarni o’rganishga qiziqishning ortib borish sabablari.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin