Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə21/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
20-mavzu. Diniy poklanish (katarsis)ning ijtimoiy psixologik mohiyati (2soat)
Reja:
1.Diniy katarsis tushunchasi.
2.Aristotel asarlarida katarsis tushunchasining ishlatilishi.
3. Meditatsiya va e’tiqod.
4.Diniy amallar, udumlar va katarsis.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Qadimgi yunon falsafasining eng so‘nggi buyuk namoyandasi Aflotunning shogirdi Arastudir. Arastu (mil. avv. 384-322 y.y.) YUnonistonning Stagira shahrida tug‘ilib, 17 yoshida Afinaga kelib, Aflotun akademiyasiga o‘qishga kiradi va unda 20 yil ta’lim oladi. U Aflotun bilan juda ko‘p masalalarda munozaralar qilib, Aflotunning falsafiy ta’limotini rad qila boshlaydi. Aflotun vafotidan keyin Arastu Afinada o‘z maktabini tashqil qilib, uni yunon fani va falsafasining markaziga aylantiradi. U qadimgi YUnonistonda hamma ilmlarga oid yutuqlarni egallab, ularni sistemalashtiradi, rivojlantiradi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi, jamiyatshunosligi, mantiq fani o‘zlarining dastlabki taraqqiyotini boshlanishi va ibtidosini Arastu ilmiy faoliyatidan olgan. Uning «Fizika», «Matematika», «Jon to‘g‘risida», «Kategoriyalar», «Ikkinchi Analitika», «Topika», «Organon» singari asarlarida samarali ijodi-tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikka, falsafaga oid qarashlari o‘zining to‘la ifodasini topgan.
Arastu Aflotunning «g‘oyalar dunyosi» to‘g‘risidagi nazariyasiga qarshi chiqib, uning «g‘oyalar dunyosi» «narsalar dunyosidan alohida», degan fikrini - bu aslo mumkin emas, qanday qilib narsalar boshqa, ularning mohiyati-g‘oyalari alohida yashaydi? Bu aqlga to‘g‘ri kelmaydigan hol,-deydi Arastu. Aflotunning: «narsalar dunyosi harakatda, o‘zgaruvchan va ma’lum vaqt bilan bog‘liq, g‘oyalar dunyosi esa, o‘zgarmas, doimiy va abadiydir»,-degan fikriga qarshi: «Bu qanaqasi? Original - asl o‘zgarmas, uning aksi, g‘oyasi o‘zgaruvchan bo‘lar ekan, bu mantiqqa zid qarash-ku!» deydi. Arastu Aflotunning «g‘oyalar dunyosi» to‘g‘risidagi ta’limotni qat’iy rad qilib, u narsalarning asli, mohiyati, substansiyasi shu narsalarning o‘zidadir, deydi va bu qarashni isbotlaydi.
U bunda bu sabablarning har birini bir-bir tahlil qilib, izohlab beradi, moddiy sabab, ya’ni modda har bir narsaning materiali, har bir narsa undan hosil bo‘ladi. SHakliy sabab, ya’ni shakl har bir narsaga shakl ato qiladi. Masalan: «haykal shaklsiz bronzadan, idish-tavoqlar beshakl loydan farq qilishib, ular muayyan shakl vositasidagina shu narsa qiyofasini kasb etadi. Agarda shakl bo‘lmasa, bronza yoki mis, loy qanday material holida bo‘lsa, shunday qolaveradi», deydi u.
Arastu bunda shaklni faol hisoblaydi, u hatto shaklni narsaning borliq ko‘rinishi, borliqning ma’nosi, deydi. Arastu fikricha, agar modda va shakl «narsalar nimalardan to’zilgan?» degan savolga javob bersa, «yaratuvchi sabab nima yaratildi?»-degan savolga javo beradi. Masalan, ota-ona bolaning sababchisidir. Oxirgi sabab-bu «maqsad» bo‘lib, Arastu tasavvuricha, «nima uchun? degan savolga javob bo‘lib, unda tabiat hodisalarining kelib chiqishi, paydo bo‘lishi ifodalanadi. Arastu bu bilan har bir ijtimoiy hodisada, har bir inson faoliyatida ma’lum maqsad borligini qayd qiladi.
Arastu falsafasidagi yana bir muhim jihat-bu uning imkoniyat va voqelik kategoriyalarini har tomonlama tadqiq qilib ishlab chiqadi.
Arastuning tarixiy xizmati esa uning naturfalsafasi va bilish nazariyasidir. U: «Aql (idrok), fikr, ong tabiat bo‘lmasa, u bilan muvofiq kelmasa, demak, (ular) soxtadir», deydi. Arastu bilishda borliqni e’tirof qiladi, tabiat, moddiy olam inson ongidan, insonga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, ular inson sezgisi, idroki, ongi tafakkuri, bir butun bilishining manbai, deb hisoblaydi. Insonning bilishi uning ayrim predmet, buyum, hodisalarni sezishidan, so‘ngra aql, tafakkur, nazariy bilimlar vositasida umumiylikni bilishga erishadi.
Arastu shunday yozadi: «..kimki hech narsani sezmasa, u hech narsani bilmaydi va hech narsani tushunmaydi; agar biror narsani bilsa, (mushohada qilsa) unda u kishi buni tasavvur sifatida ham bilib oladi, chunki tasavvurlar sezgilar demakdir. Faqat materiyasizdir, xolos».
Qadimgi yunon falsafasining eng muhim jihati – uning stixiyali dialektik xaraktyerga egaligidir. Bu dialektikaning asoschilaridan biri Geraklitdir. U o‘zining olov to‘g‘risidagi ta’limotida barcha narsalar olovdan paydo bo‘lib, so‘ngra olovga qaytadi, deb, olovning yerga, suvga, havoga aylanishini va aksini ta’riflab, dunyoni doimiy harakatda, o‘zgarish jarayonida ko‘radi.

SAVOLLAR.


1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?


2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin