Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə7/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

Mavzu bo‘yicha savollar

1.Individning etnik xususiyatlarini o’zlashtirishdagi eng birinchi boskich?


2.Individning milliylashuvi nimadan boshlanadi?
3.Etnik xususiyatlarni o’zlashtirishda taklid va ta’sirlanish deganda nimani tushunasiz?

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.


2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.


6-Mavzu: Milliy xarakter va etnik identiklik (4soat)


REJA:
1.Milliy xarakter va temperament.
2. Milliy xarakterning asosiy nazariyalari.
3. Milliy xarakterning asosiy o`lchovlari.
4. Milliy va etnik ozchiliklarda etnik identiklik.
Tayanch so`zlar: Etnopsixologiya, etnos, etnik ong, milliy ong, millat ruxi, miliy did, milliy goya, individ, milliy kadriyat, millat dardi, individning ijtimoiylashuvi.
Milliy xarakter haqida so‘z yuritishdan oldin xarakter tushunchasining mohiyat-mazmunini, umumiy jihatlarini belgilab olish lozim. «Xarakter» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, «pechat», «chekanka» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida xarakter quyidagicha ta’riflanadi. Xarakter-(grek) inson xulqi yoki axloqida namoyon bo‘ladigan va unda odat tusiga kirib qolgan eng muhim ruhiy holatlar majmui, fe’l-atvor. Psixologik jihatdan xarakter shaxsning faoliyati va muloqotida namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlar yig‘indisidir. Xarakter shaxsning ijtimoiy borlig‘i bilan belgilanadi, sotsial tajribani o‘zlashtirishga asoslanadi va shu asosda uning tipik belgilari yo’zaga keladi. Xarakterning ijtimoiy-tipik birligida uning individual o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi, oqibatda sub’ektning sotsiallashuvi yo’zaga keladi, ayni paytda uning individualligini tabiiy zaminlari - qobiliyati, temperament, oliy nerv sistemasi aks etadi.
Individ xarakteriga xos belgilar orasida ba’zilari etakchi, boshqalari ikkinchi darajali o‘rin to’tadi. Xarakter faoliyatda namoyon bo‘ladi, individ uchun shaxsiylik ma’nosiga ega bo‘ladi. Xarakter insonning atrof-muhitga munosabati tizimida ko‘zga tashlanib turadi: boshqa kishilarga munosabat samimiylik yoki nosamimiylik, haqqoniylik yoki soxtalik; ishga munosabati – mas’uliyatlilik yoki mas’uliyatsizlik, mehnatsevarlik yoki dangasalik; o‘ziga munosabat – kamtarlik yoki hudbinlik; mulkka munosabat – sahiylik yoki ochko‘zlik, tejamkorlik yoki isrofgarchilik va h.k. Xarakter shaxsning duyoqarashi, uning e’tiqodi va axloqiy tamoyillariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, halollik, printsipiallik, insonparvarlik axloqiy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lib, ikkiyo’zlamachilik, notayinlik, bemehrlik bilan mutlaqo kelisha olmaydi. Xarakterning shakllanishi uchun ijtimoiy tarbiya muhim rol o‘ynaydi.
Biz yuqorida inson xarakteriga xos bo‘lgan eng umumiy jihatlar to‘g‘risida fikr bildirdik. Har bir inson ijtimoiy jihatdan olib qaraganda, muayyan xalq, millatning vakili hisoblanadi. Shunday ekan, inson xarakteri ob’ektiv jihatdan milliy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shuning uchun fanda milliy xarakter etnopsixologiya fani o‘rganadigan muammolardan hisoblanadi. Etnopsixologiyafanining tadqiqot ob’ekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning psixologik xususiyatlari, o‘zaro o‘xshashligi, tafovutlari, ijtimoiy va oilaviy turmushi, milliy ta’b va g‘ururi, milliy o‘z - o‘zini anglashi, milliy madaniyati, his - tuyg‘ulari, shuningdek, millat xarakterini ham o‘rganadi.
Milliy xarakter milliy qiyofaning ajralmas bir qismi. Jahonda birorta sof etnik birlik bo‘lmaganidek, xarakteri bir xil bo‘lgan ikki millat ham yo‘q. Milliy xarakter muammosi qiziqarli va ayni paytda nozik masala bo‘lganligi uchun ham juda ko‘plab olimlarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Tilshunos S.Mo‘minov shunday fikr bildiradi: «Milliy xarakterda xalqning «Muloqot xulqi» aks etadi. Milliy xarakterni o‘rganmay turib, mutlaqo muloqot xulqini o‘rganib bo‘lmaydi. Milliy xarakter deganda ma’lum ijtimoiy guruh (millat) o‘rtasida asrlar mobaynida avloddan - avlodga o‘tib kelgan o‘ziga xosliklar majmui tushuniladi. Milliy xaraktyerga mazkur millat aholisi sig‘inadigan din, atrof - muhit va ijtimoiy turmush tarzi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir o‘z - o‘zidan muloqot xulqida namoyon bo‘ladi. Olim muloqot xulqida aks etib turuvchi millatga xos bo‘lgan xususiyatlarga to‘xtalib o‘tadi.
Yer yo’zidagi har bir xalqning o‘ziga xos xulq - atvori, milliy xususiyati, tuyg‘usi, didi, ta’bi mavjud bo‘lib, boshqa millatlardan ajralib turadi. Xalqlar o‘zidagi ehtiyojning mavjudligi, qiziqishlarning turli xilligi, tafakkurining sifati, turmush tarzi, shaxslararo munosabati, muloqot maromi, an’analari, urf - odat va marosimlari bilan ham bir - birlaridan farq qiladilar. Bu farqlar o‘z - o‘zidan psixologik qiyofaning tarkibiy qismlarini: milliy xarakter, milliy ta’b va milliy madaniyatni keltirib chiqaradi. Milliy xarakter har bir xalqning o‘ziga xos fe’l - atvori bo‘lib, tabiatni, jamiyatni, yashashdan maqsadni anglab etish, atrofidagilarni tushunish, ularga munosabat bildirishda namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatdir. Masalan, xalqimiz himmat ko‘rsatish fazilatini ardoqlab kelgan. Xalqning boshiga qanday tashvish tushmasin, ne balolarni boshdan kechirmasin asl saxovati bilan ajralib turadi. Himmat bu xalqimiz xarakteridagi bir xislat. Uning mazmunida saxovat, pokizalik o‘rin egallagan. Himmatli kishilar har qanday vaziyatda ham el fayzi va rohati uchun qayg‘uradi. Ular odamlarga doimo sahovat ko‘rsatib, nochor, xayru ehsonga muhtoj bo‘lganlarga yordam byerganlar (20;135).
Milliy xarakter avvalo oilada shakllanib, keyinchalik ibrat namunalari orqali mustahkamlanib, takomillashib boradi. Oila o‘zining urf - odatlari, an’ana va qadriyatlari bilan o‘z a’zolariga ta’sir eta boradi. Bola dunyoga kelib, ilk bor ko‘rgan kishilari ota - onasi, yaqinlari bo‘ladi. Ularning mehr - muhabbatlarini bola chaqaloqligidan xis qila boshlaydi. Bola uchun ota - ona mehribon, g‘amxo‘r siymo hisoblanadi. Bola ota - onaga ishonch bilan qaraydi. Ularning har bir so‘zi va, ayniqsa, xatti – harakatlariga alohida e’tibor beradi hamda ularga taqlid qiladi. Shu ma’noda ota - onaning o‘zlaridagi barcha yaxshi fazilatlarni imkon qadar namoyon qila olishlari, bir - birlariga insoniy muomalada bo‘lishlari katta ahamiyat kasb etadi. Oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy xususiyatlariga asoslanadigan ijtimoiy birlikdir. Mutaxassislar fikricha, oiladagi tabiiy munosabat-er-xotinlik; iqtisodiy munosabatlar-uy-ro‘zg‘or, hovli-joy, boshpana, oila mulkiga egalik qilishlik; xuquqiy munosabatlar-nikohni davlat yo‘li bilan qayd etish; ma’naviy munosabatlar - er-xotin, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi mehr- muhabbat, mehr-oqibat, odob-axloq, ta’lim-tarbiya kabi insoniy tuyg‘u va ehtiyojlarni anglatadi. Oilaviy munosabatlar o‘zgaruvchan jarayon bo‘lganligi uchun milliy xarakterni shakllantirishda alohida o‘rin to’tadi. Har bir oilada bola tarbiyasining o‘ziga xos qonun - qoidalari mavjud. Har bir oilaning bola tarbiyalashda tashqaridan sezilmaydigan o‘ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy me’yorlari mavjud. Ishontirish, tushuntirish, nasihat, ibrat, namuna ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanbeh yaxshi fazilatlarni mashq qilish, ogohlantirish, jazolash usullari ana shularni tashqil etadi. Bu usullarni nechog‘li o‘rinli qo‘llash bola shaxsida ijobiy fazilatlarni shakllanishiga imkon yaratadi. Milliy xarakterni shakllantirishda ibrat namunasi eng yuqori samarali omil hisoblanadi. Xalq udumlari, undan kelib chiqadigan odobnomada har bir bolaning yoshligidanoq el - yurt manfaati yo‘lida ko’rashuvchi, nafaqat o‘zini, balki kishilar baxt - saodatini o‘ylovchi, ajdodlarning ushalmay qolgan orzu - armonlarini amalga oshiruvchi kishilar bo‘lib kamolga etishi lozimligi alohida ta’kidlanadi. I.S.Kon «Milliy xarakter – afsonami yoki haqiqat?», deb nomlangan asarida zamonaviy jamiyatshunoslikning eng dolzarb vazifalaridan biri milliy xarakterning mohiyatini aniqlashdir», deb yozadi. O‘z-o‘zidan ravshanki milliylik nafaqat madaniyat muammosi shu bilan birga ijtimoiy - iqtisodiy ziddiyatlarni ham aks ettiradi. Masalan, noto‘g‘ri tushunish bir millatning ustidan ikkinchi millatning ijtimoiy ustunligi, urf - odatlarining ulug‘vorligi kabi g‘ayriilmiy muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlangan mamlakatlarda bu borada muhim nazariy qarashlar ilgari suriladi. Milliy xarakterni o‘rganuvchi manbalarda ikki qutb, ikkita o’zviy nuqta mavjud. Bir toifadagilar aytadiki, milliy harakter hech qanday aniq narsaga tayanmaydi, hech bir millat bir - biridan psixologik jihatdan tubdan farq qilmaydi. Ikkinchi toifadagilar aksincha, millatlar o‘rtasida o‘tib bo‘lmas devor borligini uni uddalash milliy urf - odat omborining to‘laligiga bog‘liq ekanligini e’tirof etadi. Ya’ni har bir millat a’zosi o‘z millatiga bog‘liq va uning o‘ramidan chiqa olmaydi.
Milliy xarakterni aniqlash alohida shaxslarda unchalik yaxshi natija bermaydi. Ammo har bir millat alohida shaxslardan tashqil topishini hisobga olsak, milliy san’at va adabiyotning umumiyligi kelib chiqadi. Lekin bu narsa har bir shaxsga teng taqsimlanmasligini e’tiborga olish kerak. Milliy xarakterni tushunish uchun avvalo shu millat tarixi, jamiyatning to’zilishini o‘rganish kerak. Milliy asosga ko‘ra, har bir odam biror-bir millatga tegishli bo‘ladi, o‘zaro bir - biridan temperamenti, madaniyati, odobi bilan farq qilib turadi. Germaniya, Gollandiyada yashovchi millatlarning o‘ziga xosligini tartib- intizom tashqil etsa, ispanlar uchun bu unchalik xarakterli emas. Bu fazilatlar Lotin Amerikasida yashovchi millatlar o‘rtasida unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Milliy xaraktyerga xos bo‘lgan belgilar ularning o‘zaro muomala madaniyatida, xususan, bir-birlariga bo‘lgan munosabatida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, shimoliy amerikaliklar katta - kichikligidan qat’iy nazar, bir-birlariga ismini aytib murojaat qilishadi. Bu ularning bir - biriga do‘stligi yoki nihoyatda yaqinligini bildirmaydi. Milliy xususiyatlarni erkin ifodalaydigan omil xalqning badiiy madaniyati hisoblanadi. Masalan; rus musiqasini italyan yoki o‘zbek musiqasidan yoki ukrain bezaklarini hind milliy bezaklaridan, ingliz hajviyasini esa frantso’zlarnikidan osongina farqlash mumkin. Bir millatga tegishli bo‘lgan yaxshi xarakterlar boshqalarga ham xosligi o‘z-o‘zidan ravshan. Biz xohlaymizmi, yo‘qmi boshqa millatning urf - odati madaniyatining ta’sirini madaniy hodisalarimizda ko‘rishimiz mumkin. Bir so‘z bilan millatning yaxshi va yomon tomonlarini aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, rus millatiga xos insoflilik, bag‘rikenglik, oqko‘ngillik, to‘g‘riso‘zlik kabi sifatlar muayyan darajada boshqa millatlarga ham xos bo‘lishi mumkin. Hech bir millat yuqorida sanab o‘tilgan sifatlar bo‘yicha boshqa xalqdan ustunroqmiz, deya olmaydi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, biz har bir xalqning hayot tarzi xulqi odatlari va an’analariga etnik jihatdan to‘g‘ri baho berishimiz kerak. Har kim o‘zga millatdan o‘z odatlarini yuqori qo‘ymasligi kerak. Falsafa, etnologiya, ijtimoiy psixologiyaga oid aksariyat adabiyotlarda milliy ong va milliy o’zini o’zi anglash tushunchalari deyarli farqlanmasdan, sinonim so’zlar sifatida ishlatib kelinadi. To’g’ri, ular o’rtasida mazmunan o’zviy bog’liqlik va yaqinlik bor. Ular bir jarayonning turli bosqich va darajalaridir. Shunday bo’lsa ham ularni alohida - alohida tushunchalar sifatida o’rganish darkor, Milliy ong etnik taraqqiyotning ilk bosqichlarida vujudga kelgan etnik ongning davomi bo’lib, o’zining ma’lum millatga (etnik birlikka) mansubligini anglash xisoblanadi. Millatning o’zini o’zi anglashi-etnik psixologiyaning ancha keyin vujudga kelgan murakkab fenomeni hisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning to’zilmasiga kiradi. Milliy o’zini o’zi anglash millatning o’z manfaat, maqsad va motivlarini anglab etish darajasini bildiradi. Shuningdek u, millat tomonidan o’zining o’tmish tarixi, etnik kelib chiqishi, milliy g’oyalari, kelajagi, jaxon hamjamiyatida tutgan o’rnini bilishi bo’lib, vatanparvarlik, milliy g’urur, sha’n, burch ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Agar insonning milliy ongi uning milliy mansublikni anglash orqali, millat hayotidagi voqealarga bildirayotgan munosabati bo’lsa, milliy o’zini o’zi anglash esa, milliy manfaatlarni bilish, anglash darajasini bildiradi. Bu daraja nechog’lik yuqori bo’lsa, milliy o’zini o’zi anglash ham shu darajada bo’ladi. Milliy ongning eng dastlabki ko’rinishi bo’lmish etnik ong yillar davomida emas, asrlar davomida yagona til, hudud, ahloq va urf-odatlar birligi asosida vujudga keladi. Bunda ayniqsa, etnos a’zolari kelib chiqishidagi umumiylikni anglash muhim omil hisoblanadi. Etnik birlikning dastlabki ko’rinishlari hisoblangan urug’chilik va qabilalachilik davrlarida bu xil tushunchalar bir tomondan qarindosh-urug’lar o’rtasida quda-andachilik qilish shaklida namoyon bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, kelib chiqishi bir ota-onadan (bir asosdan) ekanligi haqidagi tasavvurlarni saqlash shaklida namoyon bo’ladi. Masalan, chorvachilik bilan shug’ullanuvchi halqlarda umumiy kelib chiqish birorta jonivor ( zoomorf) nomi bilan bog’lanadi. Buni biz atoqli qirg’iz yozuvchisi Ch. Aytmatovning “Oq kema” qissasida keltirilgan qirg’izlarning Bosh Onasi - Shohdor, Ona bug’i afsonasida ko’rishimiz mumkin.
Etnik ongning eng muhim ijtimoiy vazifasi - odamning ma’lum etnik guruhga mansubligini anglash va his qilishini ta’minlashdir. Agar etnik psixologiyada etnik ong va etnik o’zini o’zi anglash kabi muhim komponent (unsur)lar bo’lmaganda edi, milliy urf odat va an’analar, milliy xarakter, milliy tuyg’ular va didning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishi qiyinlashib qolgan bo’lardi. Milliy ong kotib qolgan narsa bo’lmay, xalqning tarixiy rivojlanishi jarayonida o’zgarib, yuqori bosqichga - milliy o’zini o’zi anglashga o’tadi. Milliy o’zini o’zi anglash millatning birligi va jipsligini ta’minlovchi, millat mavjudligining asosiy omillaridandir. Milliy o’zini o’zi anglashning taraqqiyot darajasi tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Bu ma’lum tarixiy davrlarda millatning ichki muammolariga e’tiborning kuchayishi, o’tmishga qiziqishning ortishi, o’zining og’ir iqtisodiy ahvoli sabablarini anglab etishga intilishi kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Milliy o’zini o’zi anglash millat hayotidagi murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lib, uning rivojlanishiga jamiyat hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar bilan birga halqaro hayotidagi voqea va hadisalar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’zbekistonning Milliy mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy aloqalari millat vakillari ongida katta o’zgarishlar bo’lishiga, milliy o’zini o’zi anglashning rivojlanishiga va boyishiga olib keldi.
Milliy o’zini o’zi anglashda millat ziyolilari etakchi rol o’ynaydilar. Ular o’z milliy tilida sa’at va adabiyotni rivojlantirish, milliy qadriyatlar uchun qayg’urish orqali milliy manfaat va g’oyalar uchun ko’rashib, milliy o’zlikni rivojlanishiga hizmat qiladilar. Bu ko’rash, ayniqsa, milliy til, qadriyatlar kamsitilgan, milliy manfaatlar xavf ostida qolgan paytlarda kuchayadi.
Milliy o’zini o’zi anglashda ma’lum sub’ektivizm mavjud bo’lib, u muayyan tarixiy va ijtimoiy davrlarda o’z yo’nalishini o’zgartirib turishi mumkin. Ba’zan bu yo’nalish o’z chegarasidan chiqib, “millatchilik”, degan xavfli, xatarli xolatni tug’diradiki, milliy o’zlikni boshqa etnik guruhlarga qarama - qarshi qo’yish, milliy maxdudlik kabi nomaqbul ko’rinishlarga aylanadi.
Milliy mansublikni anglash bilan bog’liq xususiyatlar ancha barqaror bo’lib, doimo ijtimoiy-siyosiy, tarixiy o’zgarishlar ta’sirga berilmasligi yoki nisbatan kam berilishi mumkin. Shuning uchun bo’lsa kerak, tarix taqqozasi bilan o’z Vatanidan ajrab boshqa yurtlarga borib qolgani va u erda o’zoq vaqtlar davomida yashayotgan kam sonli millat vakillarida milliy ongning shakllanishi va saqlanishi o’ziga xos qonuniyatlar asosida kechadi. Ularning milliy tilni saqlash, milliy urf-odat va an’analarga rioya qilish imkoniyatlari, milliy qadriyatlar bilan bevosita aloqasi ma’lum darajada cheklangan. Bunday sharoitda har bir avlod vakilida etnik ong katta avlod tomonidan berilayotgan ma’lumotlar, oila a’zolari va yaqin qarindoshlar o’rtasida so’zlashuv vositasi hisoblangan ona til, milliy madaniyat haqidagi bilimlar asosida vujudga keladi. Turli davrlarda o’zoq ajnabiy yurtlarga borib qolgan millatdoshlarimizning hayoti bunga misol bo’la oladi. Xususan, Amerikada yashayotgan o’zbeklar bir-birlari bilan yaqin munosabatlarni saqlash, o’zaro suhbatlarni ona tilida olib borish, milliy taomlar tayyorlashga va yana eng muhimi o’zaro quda-andachilik qilishga harakat qiladilar. Umuman bir necha o’n va yo’z yillar davomida ajnabiy yurtlarda yashayotgan millatdoshlarimizning psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda o’rganish tadqiqotchiga muhim ma’lumotlar berishi mumkin.
Etnik birlik kattaroq va kuchliroq etnos qurshovida qolganda, yoki tazyiqqa uchraganda, etnik ong an’anaviy moddiy va ma’naviy madaniyatning turli shakllariga (til, din, urf-odat, qadimiy qo’shiqlar, milliy kiyim va h.) ta’sir ko’rsatib, etnik xususiyatlarni himoyalashga, saqlab qolishga yordam beradi. Shulardan ko’rinib turibdiki, etnik ong etnik jarayonlarning maxsuli bo’libgina qolmay, shuningdek, etnik jarayonning ma’naviy sohasiga ta’sir etuvchi omil rolini o’ynaydi.
Tarixiy haqiqat tiklanib, uning jaxon tarixidagi o’rniga berilgan baholar bilan millat tanishtirildi millatning egilgan sha’ni, g’ururi tiklana boshlandi. Alloma bobolarimiz Buhoriy, Yassaviy, Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Zamaxshariy qabilarning nomlarini xalqqa kaytarilishi, ularning kitoblarini chop etilishi kabi jarayonlar millatning o’zini o’zi tanishini yuqoriroq bosqichga olib chiqdi. Afsuski, hozirgi paytgacha, fanda individda o’zining etnik birlikka mansuligini anglash, ya’ni etnik ong necha yoshdan vujudga kelishligi va bu jarayon qanday bosqichlarda o’tishligi aniqlanmagan. Shveytsariyalik psixolog Jan Piaje ikki yo’zga yaqin bolalarni muayyan vaqt davomida ko’zatish va o’rganish orqali ularda hech qanday millatchilik va milliy mansublikni anglash kabi bilim va xususiyatlar bo’lmasligini, ya’ni bolalar o’zlarining eng dastlabki rivojlanish bosqichlarida “internatsional” bo’lishligi, etnik xususiyatlar va etnik ong keyinchalik, ma’lum ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muxit orqali shakllanishini aniqlagan. Bizning fikrimizcha, bolalar o’zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orqali bilib oladilar. Ota-onalari turli millatga mansub bo’lgan bolalar ota-onalaridan birining millatini qabul qiladi. Bu esa oila yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-maishiy kabi bir qancha vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha bunda etnik vaziyatlar, ota-ona mansub bo’lgan etnoslarning son nisbati ham muhim rol o’ynaydi. Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saqlanib, boshqa yurtlarda yashayotganda ham unutilmaydi. Aksincha, o’z etnik guruhini, yurtini sog’inish, qumsash sifatida namoyon bo’ladi. Shaxsning xulq-atvorlariga va boshqa ruhiy xususiyatlariga ta’sir etib turadi.


Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin