5-MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA XAVFSIZLIK MUAMMOLARI REJA: Ijtimoiy psixologiyada xavfsizlik muammolari
Shaxsni o`z-o`zini himoya qilish vositalari
Turli informatsion psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi
Axborot xavfsizligi: moxiyati va shaxsni ijtimoiy psixologik ximoya kilish muammolari Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik va biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar xayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muxim mezondir. Bu urinda fanda bevosita xavfsizlik tushunchasiga yakin ishlatiladigan bir kator tushunchalarga izox, berish joizdir.
Ijtimoiy xavfsizlik - jamiyatda mavjud bulgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni ta’minlash organlari, davlat muassasalari, oila va maxalla tomonidan axolining turli extiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish bilan boglik vazifalarini uz ichiga oladi. Bunda ayrim-aloxida tabaqa yoki axoli qatlamining manfaatlari, ya’ni, ularning yaxshi yashashlari, uzoq umr kurishlari, bir hududdan ikkinchisiga kuchib otishiga alokador xavfsizlik nazarda tutilmaydi.
Millim xavfsizlik — bu shaxe, jamiyat, iktisodiyot va davlat- chilikning barkaror tarakkiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bulgan xar kanday taxdidlarning oldini olish va ularni bartaraf tgishga yunaltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashki va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muxofaza kilishni nazarda tutadi.
Tashks xavfsizlik - ikki boskichni nazarda tutadi: umumin- soniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashki xavfsizlik taxlil etilganda avvalo ekologik, \arbiy, radiatsion, epidemiologik, kriminal-jinoiy, biolopne va madaniy-axdokiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi.
Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida iksom kopsti- |utsion xukuk va kafolatlariga alokador bulgan iktisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yul kuymaslikkv (iv ink oulgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarshpp oldini olish va ularnii vakdida bartaraf etig , kelib chikivsh buyicha ijtimoiy, tabiiy, biologik xamda texnik asosli tazdidlardan jamiyat a’zolarini ximoya kilishni nazarda tutadi.
Oxirgi yillarda dunyo mikyosida axborot texnologiyalarining keskin rivojlanib ketayotganligi, Internet tizimning barcha davlatlar, madaniy xududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun kulay axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi muno- sabati bilan xavfsizlikning uziga yana bir turi axborot xavfsizligi paydo buldi.
Axborot xavfsizligi - aslida jamiyatning ob’ektiv, xolis, xakkoniy axborot manbaiga ega bulishi uchun yaratilayotgan shart- sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustakil axborot vositalari orkali axoliga yetib keladigan ma’lumotlar okimi xam kiradi. Bu vositalar aynan mustakil bulganliklari uchun xam birinchi navbatda moliyaviy, krlaversa, siyosiy va boshka tomonlardan xech bir siyosiy kuch, aloxida davlat yoki ijtimoiy katlamning manfaatlariga xizmat kilmasliklari kerak. Chunki mustakil OAV aslida odamlarda sodir bulayotgan turfa xil jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda ming afsuski, xar doim xam shunday bulavermaydi va jamiyat uz a’zolarini, ayniksa, yosh avlodni turli axborot xurujlaridan ximoya kilishga majbur buladi.
Axborot xavfsizligining vazifalari:
1) shaxs va jamiyatning axborot kabul kilish va undan foydalanishga bulgan xukukini ta’minlash;
2) xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustakil OAV tizimini yaratish orkali);
3) informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar soxasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yuli bilan ushbu yunalishda sodir bulishi mumkin bulgan terroristik taxdidlar, jumladan, telefon orkali, kompyuter tizimi orkali ruy beradigan xavflarni, shu orkali nokonuniy mablaglarning bir manbadan ikkinchisiga okim ketishiga yul kuymaslik;
4) shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik taxdidlardan ximoya kilish;
5) imidjni shakllantirish, turli buxton, mish-mishlar va nourin xabarlarga karshi kurashish.