Psixologiya


- MAVZU: Muloqot psixologiyasi va ijtimoiylashuv



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə9/50
tarix02.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA MAJMUA

2- MAVZU: Muloqot psixologiyasi va ijtimoiylashuv


Reja:
1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar.
2. Muloqot kishilarning o`zaro munosabatga kirishish jarayoni ekani.
3. Muloqot ma’lumot almashinuvi jaryoni.
4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni.
5. Tadbikiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi.
6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash.
Mavzuga oid izohli lug`at

  1. Kommunikativ- muomala sub’ektlarning o’zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini ta’minlaydi.

  2. Interaktiv- sub’ektlarning o’zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta’sirlarini ta’minlovchi jarayon.

  3. Perseptiv- sub’ektlarning bir-birilarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta’minlovchi muloqot tomoni.

  4. Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishga intilish.

  5. Stereotipizatsiya- ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish.

  6. Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan noto’g’ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi.

  7. Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan.

  8. Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda o’tishi tushuniladi.

  9. Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy.

  10. Muomala texnikasi- uning samarasini ta’minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko’nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi.

  11. Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo’llab quvvatlash mexanizmlari kiradi.

  12. Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir.

Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
Individlarning o`zaro ta’sir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin