Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə3/14
tarix05.08.2023
ölçüsü34,55 Kb.
#128645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari

Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga bog‘liqdir.

1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.


CHet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Evropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan


boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. SHuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.

Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi.


Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:


a. Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va kasb ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).


b. Insonning aql-idroki, aql-zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo‘lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.


S Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o‘rganish va baholashga mo‘ljallangan bo‘ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi: egiluvchanligi , tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, konstruktivligi va hokazo) o‘rganishga yo‘naltiriladi.





Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin