Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari


Biografiya (tarjimai hol)



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə5/14
tarix05.08.2023
ölçüsü34,55 Kb.
#128645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o‘rin egallaydi. SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.


Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o‘ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o‘rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda o‘z ifodasini topadi. Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o‘tadi.
Guruh tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta «maydon»ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to‘g‘ri, mos keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog‘langanida o‘z ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatga ega bo‘lgan sinaluvchi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi, shaxslar bilan aloqa o‘rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o‘rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchidan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko‘lami aniqlanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki qizlar bilan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi munosabatlar va ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. SHu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.



Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin