Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta’siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish
harbiy psixologiyasning asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o‘zgarish, bo‘linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlari yotadi.
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual-psixologik farqlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport psixologiyasi o‘rganayotgan muammolar ko‘lami kengaydi, shu boisdan uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir o‘tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko‘rsatish jabhalari bilan ham shug‘ullanadi.
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo‘lib, tijorat ta’sirining psixologik negizlari, ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha.
Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir o‘tkazish, ularda iliq his-tuyg‘u, ishonch uyg‘otish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy
ahamiyatini tushuntira bilish, nizoli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo‘lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohaning tekshiruv predmetiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |