Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə10/14
tarix05.08.2023
ölçüsü34,55 Kb.
#128645
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari

Ijodiyot psixologiyasi - badiiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda, ularning yangi ko‘rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Ijod psixologiyasi bir tomondan psixologizm ta’siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilishi individual ong ta’sirida vujudga keladi, deb talqin qilishadi. Aksilpsixologizm bu asarlarga sub’ektning psixik faolligining ta’sirini inkor qildi.

Hozirgi zamonda san’at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san’at psixologiyasi san’atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko‘rinishlarni, shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi. San’atda inson ruhiy olamini amaliy jihatdan tekshirish, baholash, o‘ziga xos jihatlarini guruhlash, individual, guruhiy, jamoaviy ta’sir xususiyatlarini sharhlash imkoniyati mavjud. San’at psixologiyasi ijtimoiy tarbiya berishning psixologik mexanizmlari, yo‘llari, qonuniyatlari, metodlari kabilarni tadqiq etuvchi muhim sohalardan biridir. Bugungi kunda uning quyidagi sohalari o‘z tadqiqot predmeti va ob’ektiga egadir: ijod psixologiyasi, san’at psixologiyasi, badiiy tarjima psixologiyasi, badiiy ijodiyot psixologiyasi, xalq amaliy san’ati psixologiyasi, badiiy me’morlik psixologiyasi kabilar.




YOsh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni, ya’ni ontogenezni o‘rganadigan psixologiya sohasi. YOsh psixologiyasi bolalar psixologiyasi sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo‘lib, u fan va texnika taraqqiyoti, jamiyat talabiga binoan bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo‘llanilgan. YOsh psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o‘smirlik va o‘spirinlik psixologiyasi, etuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik funksiyalarning roli, ularning o‘zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, mexanizmlar, ta’sir o‘tkazuvchi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar, taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi. YOsh psixologiyasi umr o‘tishi bilan psixologik farqlar, individual-psixologik xususiyatlar o‘rganishini o‘rganadi, tadqiqotlarda madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta’sirni hisobga oladi. SHuning uchun yosh psixologiyasining ob’ektlari o‘ta murakkab bo‘lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini tekshirishni taqozo qiladi. Jahon psixologiyasida to‘plangan barcha nazariy
materiallarga, shu jumladan genetik modellashtirish (L.S.Vigotskiy) metodlariga, egizaklar metodiga va shunga o‘xshash o‘ta murakkab jarayonlarning longityud (uzluksiz) uslubi yordamida tekshirishga asoslanadi. YOsh psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri - bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir. YOsh psixologiyasi pedagogik psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo‘lib hisoblanadi, lekin boshqa sohalari bilan ham uzviy alohida faoliyat ko‘rsatadi, inson kamolotining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ijtimoiy ahamiyatga molik materiallar to‘playdi.



Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin