Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Крайг Г. Психология развития.С.591-592



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Крайг Г. Психология развития.С.591-592.
355


Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishi- 
ga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan il- 
lyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm 
komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, 
u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. 0 ‘smirlik egotsen- 
trizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afso- 
na — bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat 
kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm 
cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda teng­
doshlari bilan o‘z hissiyotlarini bolishish, ular bilan yaqin ishonchli 
munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.
Men konsepsiyasi — o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi si­
fatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisobla­
nadi. 0 ‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi 
haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xu­
susiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini, 
o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0 ‘smirlar- 
ning o‘zi bilan bogliq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu 
o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va 
tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bogliq.
Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchi- 
liklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu 
o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bogliq, kattalarning 
salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsa- 
tiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.
0
‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chi­
qishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholash- 
ga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. 
0
‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y 
beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini 
tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini 
namoyon qilishga intilish kuchayadi. 
,
0
‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi 
o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini
356


namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlan­
tirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz 
insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muam- 
mosi bilan bog'liq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shax­
siy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.
0
‘zbekistonlik psixologlarning 
0
‘smirlik davri xususiyatlari 
borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz.
G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning « 0 ‘smir- 
larda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining tur­
li vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida mehribon- 
lik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi 
o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bo‘lib, psixik og‘ishish che- 
garaviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, bi­
ologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi­
gan qo‘rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan 
va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo muno- 
sabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan 
qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini 
ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni 
tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponent- 
larga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir 
emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy sub- 
yektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda 
tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyat­
larini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishi- 
ni ta’kidlaydi2. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlar- 
da emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik ho- 
latlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smir-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin