Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XXII BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

495


XXII BOB. TARBIYA PSIXOLOGIYASI
Reja:
1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari.
2. Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari.
3. Shaxs shakllanishiga oilaning ta’siri.
4. Shaxs tarbiyasida madaniyat.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, 
uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, tarbiyaviy texnologiyalarning 
psixologik jihatlari, turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari, 
shaxs shakllanishiga oilaning, madaniyatning ta’sirini tushun- 
tirish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi va unga ta’sir 
etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyaviy:
Milliy an’analar, urf-odatlarimizning tiklanishi, 
milliy, umumbashariy va umumma’naviy qadriyatlarga asoslan- 
gan axloq normalarini yaratish va ularni bolalarimiz, yoshlarimiz 
ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilim- 
don inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalar- 
da o'qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tar­
biyalash.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarda tarbiya usullarini egallash va un- 
dan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish.
Tayanch tushunchalar: 
shaxs, guruh, axloq, tarbiya, xulq-atvor 
motivlari, shaxsning yo‘nalganligi, e’tiqod, shaxsiy namuna, o‘z- 
o‘zini tarbiyalash.
22.1. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabi- 
ga munosib bolgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha 
dolzarb ahamiyatga molik bolib kelgan.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror ax- 
loqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish 
maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yolida tarbi­
yaviy ta’sir etish jarayonidir.
496


Tarbiya — bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish 
faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga 
muntazam ravishda ta’sir ko'rsatish jarayonidir.
Tarbiya — bolaning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishni 
o‘rganishi hamda insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga 
ega bo‘lishidir. Ta’lim jarayonining markazida shaxsning bilish 
va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi yotsa, un- 
dan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, 
uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tar­
biya — bu alohida jarayon emas, balki o'qitishning bir tomo- 
ni bolib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim 
berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish 
mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbi­
ya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va 
shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malaka­
lar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan 
tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullana- 
di. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari 
hal qilinib bo‘lmagan 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin