Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bolajak psixologlar tomonidan psixoanaliz haqidagi 
bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan psixoanaliz yo‘na- 
lishining rivojlanish tarixi haqida bilim, malaka va ko‘nikmalari 
asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
psixoanaliz, bolalar psixoanalizi, tushlar 
talqini, U, Men, Oliy Men, libido, ong osti holatlari, edip kom­
pleks.
5.1. Z.Freydning klassik psixoanalizida
psixik rivojlanish masalasi
Zigmund Freyd 1856-yilda Freyburgda, o‘sha paytdagi Avstri- 
ya Vengriya imperiyasining hozirgi kunda Chex respublikasiga 
taalluqli qismida tug‘ildi. U tibbiyotni Venada o‘rgandi va shu 
yerda Avstriyani natsistlar 1938-yilda anneksiya qilgunlariga qa- 
dar yashadi.
Yahudiy sifatida u vatanini tashlab ketishga majbur bo‘ldi va 
Londonga borib o‘rnashdi, o‘sha yerda 1939-yilda vafot etdi. Uzoq 
yillar davomida u bedavo saraton kasalligi bilan kurashib yashadi.
Uning eng mashhur asarlari quyidagilar: «Tushlarning ta’bi- 
ri», «Psixoanalizga kirish bo‘yicha ma’ruzalar», «Lazzat tamoyi­
li ortida», «Bir illyuziyaning kelajagi», «Madaniyatdan norozilik», 
«Muso va monoteizm».
88


Zigmund Freyd
Ontogenezda rivojlanish psixikasi tushunchasiga psixoanalitik 
yondashuv asoslari Z.Freyd tomonidan kiritilgan. Psixik rivojla­
nish psixoanalizida qiziqishlar, motivlar va tuyg‘ular sohasini 
murakkablashishi jarayoni bilan shaxs rivojlanishi hamda uni tu­
zilishi va funksiyalarining takomillashishi bilan tenglashtiriladi.
Z.Freyd inson psixikasmi 3 bosqichga, ya’ni psixik jarayonlarni 
prinsipial anglash imkoniyati mezoni bo‘yicha ong, ongosti va ong- 
sizlikka ajratadi. Uning ilmiy qiziqishlari birinchi navbatda jinsiy 
va agressiv qiziqishlarning majmuasiga qaratilgan. Aynan ongsizlik 
birinchi bo‘lib jamiyatga qarshi turadi. Freyd shaxs rivojlanishini 
individni tashqi ijtimoiy dunyoga moslashishi sifatida kiritgan ham­
da unga begona, lekin juda ham zarur deb hisoblaydi.
Inson shaxsi Z.Freyd bo‘yicha o‘z tarkibiga tuzilmaviy tarkibiy 
qismlarni qamrab oladi:
U; Men; Oliy Men.
U (Id)-shaxsning primitiv yadrosi u tug‘ma xarakterga ega, ong­
sizlik joylashgan va qoniqish tamoyiliga bo‘ysunadi. Idda tug‘ma 
impulsiv qiziqishlar mavjud (hayot instinkti Eros va o‘lim instink- 
ti Tanatos) va psixik rivojlanishni energetik asosini tashkil etadi.
Men (Ego) shaxsni ratsional va anglanuvchi qism. U biologik 
yetilishga ko‘ra, hayotning 12 va 36 oylari orasida yuzaga keladi va 
reallik prinsipi bilan boshqariladi. Egoning vazifasi sodir bo‘layot-
89


ganlarni tushuntirish va insonning xulqini shunday tuzish kerakki, 
uni instinktiv talablari qondirilishi, jamiyatning va ongning chek- 
lovlari buzilmasligi kerak. Egoning hamkorligida individ va sotsi- 
um o‘rtasidagi nizo hayot mobaynida sustlashishi kerak.
Oliy Men (Super Ego) shaxsning tuzilmaviy tarkibi sifati­
da eng oxirida 3—6 yoshlar orasida shakllanadi. Super Ego in­
sonning moslashishini ifodalaydi va bu jamiyatda qabul qilingan 
normalarga amal qilishini qattiq nazoratga oladi.
Id va Super Ego tarafidagi an’analar odatda nizoli xarakter- 
ga ega bolib, bu xavotirlanish, asabiylashishni keltirib chiqaradi. 
Bunga javoban Ego bir qator himoya mexanizmlarini yaratadi va 
qo‘llaydi. Ular siqib chiqarish, ratsionallashtirish, sublimatsiya, 
proeksiya, regressiya va boshqalar.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd to­
monidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqot- 
larning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy 
ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya — bu shaxs- 
ni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo'naltirilgan anglan- 
magan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari 
qarshilik ko‘rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya 
mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo b o la­
di va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya 
mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan hi­
moya qiladi, psixologik qulaylik (komfort)ni saqlab berishga yor­
dam beradi. Psixologik himoyaning funksional vazifasi va maq- 
sadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit 
talablarini o‘zlashtirishi, oila va jamiyatning qoida va normalarini 
o'zlashtirish oltasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan, ya’ni shaxs- 
ni ichki nizolarini (xavotirlik, siqilish) yengillashtirishdan ibo­
rat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni yengillashtira- 
di, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va 
psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta’minlovchi asosiy mexanizm 
sifatida shaxsni barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi
90


yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog‘liq bo‘lgan xa- 
votir tuyg‘ularini bartaraf qilish yoki minimumgacha keltirish- 
ga yo‘naltirilgan. Bu yondashuv bilan bogliq holda uning asosiy 
funksiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi ke­
chinmalardan «to‘sish» ko‘rib chiqiladi.
Keng ma’noda «psixologik himoya» atamasi psixologik 
diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negati- 
vizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi «yolg‘onlar» 
paydo bo‘lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o‘zgartiruvchi 
har qanday harakatlarni tushuntirishda qo‘llaniladi.
Tor ma’noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexa- 
nizmlarini funksiyalashuyi natijasida ong tarkibini o‘ziga xos 
tarzda o‘zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular 
tushkunlik, rad etish, proeksiya, identifikatsiya, regressiya, izo- 
lyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalardir.
Bu himoya mexanizmlarining faoliyati insonning ax- 
borot-yo‘nalganlik harakatlari asosini va uning subyektiv, shaxsiy 
munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini 
hatto tushirishi ham mumkin.
Himoya mexanizmi — bu xatar yoki xavotir manbayini buzib 
ko‘rish rad etish yoki qochish mumkin bolgan har qanday jarayon. 
Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning «Men»ligimizni ide- 
allashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o‘zimizni qabul qi- 
lishimiz qulay bolishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd bi- 
rinchilardan bo‘lib, himoyaning ko‘p turlarini identifikatsiyalangan 
va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko‘p qollovchi insonlar yaxshi 
moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining 
ko‘pini xavfni nazorat qilish va o‘zi haqidagi yolg'on tasavvurla- 
rini saqlab qolishga harakat qiladi. Shunga qaramay himoya me­
xanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko‘pincha xavfni yengib olish- 
ga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutulish va muammoga 
diqqatni qaratishga vaqt paydo boladi. Agar siz bizning aytganla- 
rimizdan o‘zingizga taalluqliligini olgan bolsangiz, bu siz o‘zin-
91


gizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta’kidla- 
ganimizdek, hamma ham himoya mexanizmlarini qo‘llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mav­
jud:
1. Reallikni rad etish yoki buzish.
2. Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko'pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, 
balki ularni kompleks tarzda qo‘llashni ma’qul ko‘radilar. Bun- 
dan tashqari ko‘pchilik insonlarda bitta mexanizmlarni boshqa- 
sidan afzal ko‘rish moyilligida, ya’ni xuddi ularning qollanilishi 
odat tusiga aylangandek tuyuladi.
Psixologik himoya mexanizmlarining turlari:
1. 
Siqib chiqarish — bu yoqimsiz fikr, istak yoki tuyg‘ularni 
ongsiz, beixtiyor ravishda chiqarib tashlash jarayoni. Z.Freyd mo- 
tivatsion unutish orqali himoya mexanizmini toliq ifodalab ber- 
gan. U simptomlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu 
mexanizmning faoliyati xavotirlikni kamaytirish jarayonida ye- 
tarli bolmaganda hamda siqib chiqarilgan ma’lumotni buzilgan 
holda anglashga yordam beruvchi boshqa himoya mexanizmlari 
ishga tushadi. Ma’lumki, psixologiya fanida himoya mexanizm­
larining ikkita kombinatsiyasi keng tarqalgandir:
A) siqib chiqarish+siljish. Bu kombinatsiya faollik reaksiyala- 
rining yuzaga kelishiga yordam beradi. Siqib chiqarish va siljish 
mexanizmlari dushmanlikka qarshi himoyani ifodalaydi;
B) siqib chiqarish+konversiya — bu kombinatsiya isterik reak- 
siyalarning asosini tashkil qiladi.
Tushkunlik mexanizmining mohiyati — ongdan jarohatlovchi 
voqea mohiyati va u bilan bog‘liq emotsiyalarni chiqarib tashlash- 
dir. Tushkunlik qolquv emotsiyalarini ushlab turish uchun rivoj- 
lanadi. Ularning paydo bolishi o‘zini ijobiy idrok qilish uchun 
noma’qul shuningdek, agressorga bogliq bolib qoladi. Qolquv 
real stimulni unutish oqibatida qolquvni keltirib chiqaruvchi, 
shuningdek, u bilan bogliq bolgan assotsiativ obyektlar, faktlar 
vaziyatlarning barchasi yiglladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin