Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


K o ‘p jihatlarni inobatga olish testi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

K o ‘p jihatlarni inobatga olish testi.
1. Bir qancha tanish obyektlar, masalan, g‘oyalar ko‘rsatiladi. 
Obyektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bolishi kerak, bu ki­
chik sinflardagi elementlar soni bir xil bolishi kerak emas: 4 ta 
qizil va 2 ta oq.
2. Bolaga quyidagicha savol beriladi: qaysi biri ko‘proq, qizil 
gullarmi yoki oq gullar?
3. Beshyashar bolaning oddiy javobi: qizil gullar ko‘proq. J.Pia­
jening izohi quyidagicha: bola sinfga yo‘nalgan va sinf va uning 
kichik sinflari haqida bir vaqtning o‘zida o‘ylay olmaydi. Bola 
qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilishni boshlasa, odat­
da 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi qaytaruvchan- 
likni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligiga 
bogliq bolgan detsentratsiyaga qobiliyati ortganligi haqida dalo-
166


lat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to‘g‘ri hal qilish- 
ni boshlasa, odatda 7 yoshdan so‘ng bu aqliy qobiliyat o‘sganligi, 
qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakl- 
langanligiga bog‘liq bo‘lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganli- 
gi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o'zaro 
bog‘liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini, masalan, narsaning 
shakli va miqdori tushunishga qodir bo'ladi. Har xil belgilarni — 
predmet materiali, uzunligi, og‘irligi, hajmini, keyinroq vaqti
tezligi saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Obyektlar 
va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi, ya’ni qatorlarga 
tartibga solib joylashtirish, masalan, miqdorini kamayishi tartibi- 
da. Endi bola bevosita idrok ta’sirini yengib o‘tib, ma’lum bir vazi- 
yatga mantiqiy tafakkumi tatbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qur- 
shov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki 
sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg'ulot 
uchun to‘g‘ri keladigan materiallarni, ham yechish uchun top­
shiriqlarni yetkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni 
berish to‘g‘ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning 
shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashti- 
rilib, tartibga solinganda sodir bo'ladi. Shuningdek, tafakkurning 
rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtayi nazarlarni anglash- 
ni rivojlantirish uchun g‘oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va 
tengdoshlar bilan bo'lgan bahs-munozara muhim.
Aniq operatsion tafakkurga o'tish barcha psixik jarayonlar, ax- 
loqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlik- 
ka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq 
faqatgina haqiqiy, ko'zga ko'rinadigan, anglanadigan predmetlar 
va ular bilan bog'liq bo'lgan harakatlarga qo‘llaniladi, bola ha- 
qiqat havola etilgan aniq mazmunga bo‘ysunadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin