Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

2-rasm. 
Yosh va pedagogik psixologiya metodlari.
23


1. Maqsadga yo'nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki 
uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyat- 
larda va faoliyatning har xil turlarida — o‘yin, o‘qish, mehnat, 
muloqot jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar 
belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vosita- 
lari), ko‘rsatkichlarni aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘li- 
shi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin 
qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan 
xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). 
Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni 
to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan 
emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa 
bo‘lmog‘i lozim.
4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar 
uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining 
ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sez- 
masin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, 
balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan 
m a’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
6
. Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, 
obyektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining obyektiv xu­
susiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda 
qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni 
o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilinishi kerak.
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:
1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2. Qayd etishdagi xatolar.
3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.
24


Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ra­
vishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi 
xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metod- 
lardan biridir. Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug'ilgandan 2—3 oygacha — har kuni;
2—3 oydan 
1
yoshgacha — har hafta;
Ilk bolalik, ya’ni 1—3 yoshda — har oyda;
3 yoshdan 6—7 yoshgacha — yarim yilda 1 marta;
7—11 yoshda — 1 yilda 1 m arta kuzatish o‘tkazilishi zarur.
Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va labora- 
toriya eksperimenti turlariga bo'linadi. Bu metod psixik holatni 
ta’riflashgagina emas, balki ularni tushuntirib berishga ham im- 
kon beradi.
Kuzatishdan farqli olaroq, psixologik eksperiment tadqiqot- 
chining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini na- 
zarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, 
uning tadqiqotchi xohlagan yo'nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, 
har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorla- 
nishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning 
laboratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskuna- 
lar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xatti-harakat- 
lari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sina- 
layotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan 
kishi eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, konkret 
nimani va nima maqsadda tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) 
kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Laboratoriya eksperi­
menti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va boshqa- 
larning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozir­
gi paytda laboratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda 
o‘tkazishadiki, unda odam odatdagi sharoitlarda bajarishi mum­
kin bo‘lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib 
qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy zo'riqish
25


vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, 
kasbi-kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul 
qilishi mumkin. Yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan 
murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi ko‘rsatkichlarga muno- 
sabat bildirishi va hokazolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F. Lazur- 
skiy taklif etgan) mo‘ljallanganiga k o la, eksperiment olkazila- 
yotganini biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l 
qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suh­
bat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt 
xotirada saqlab qolish to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga bog‘liqligini tad­
qiq qilish tabiiy eksperimentga misol b o la oladi. 
0
‘quvchilardan 
bir guruhi o‘rganilishi lozim bolgan material bilan tanishtirila- 
di va ushbu material yuzasidan ertasiga so‘ralishini aytadi. Bosh­
qa bir guruhda esa o‘quv materiali xuddi shunday tarzda o‘tilib 
bolgach, o‘quvchilarga olilg an dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi 
aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan 
ikki haftadan keyin so‘ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jara­
yonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo‘ljallan- 
gan yo‘l-yo‘riqning afzalliklari aniqlanadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin