Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Hayron qolish hissi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda 
hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi mate­
rialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiy- 
nalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib tur- 
gan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda 
bolada hayron qolish hissi tug'iladi. Bu his ham kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirish- 
ga yo‘llovchi kuchli vositadir.
311


Ishonch hissi.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va 
munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning 
tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xu­
losalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bolganida ularda 
ishonch hissi tug‘iladi.
Shubhalanish hissi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq 
rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida 
bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular 
bilan to‘qnashib qolganida tug‘ iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim 
hissiyot bolib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har to- 
monlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. «Samarali ilmiy faoli­
yat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib 
turmoq zarur» (I.P. Pavlov). Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib, 
o‘z ishida malum muvaffaqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravish­
da rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‘qish va yozishni 
bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani yechishni o‘rganib olganida 
juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. 0 ‘quvchilarda 
o‘z mehnatidan xursand bolish hissini iloji boricha ko‘proq yuza­
ga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish 
boshlanglch sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Ki­
chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bi­
lish qiziqishlari bilan bogliqdir. Boshlanglch sinf o‘quvchisi nima 
bolganiga, qayerda, qachon va qanday qilib bolganiga juda qiziqa- 
di, shuningdek, uni «Nima uchun boldi?» savoliga javobga nisbatan 
shu voqea bilan bogliq bolgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u 
o‘qib berishga yoki yozib berishga qolqib, uyalib xijolat tort- 
sa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak, 
ana shunda u tortinmaydigan bolib qoladi. Qayta-qayta doskaga 
chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat bu- 
tunlay «so‘nib qolishi» va yo‘q bolib ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorla- 
na berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutulish 
istagi muhim rol o‘ynaydi.
312


«Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez olib ketadigan his- 
larga ya’ni, bolaga bir xilda ta’sir qiluvchi va mazmuni chuqur 
bo‘lmagan obyektlar sababli tug‘iladigan hislargagina taalluqlidir. 
Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan obyekt­
lar bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bolib ketmay- 
di, balki, aksincha, yana ham kuchli va barqaror bolib qoladi. 
Masalan, musiqa asarlarini qayta-qayta eshitish natijasida bizning 
estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. 0 ‘zimiz yaxshi 
ko‘rgan, o‘zimiz uchun qadrli bolgan joylarga har safar borgani- 
mizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz, mehrimiz, odatda, 
kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib qoli- 
shi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi his­
lar ba’zi nisbatlarda bir-birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy 
his paydo bolib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan 
sabab paydo bolib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qo- 
lishi mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yiglab turibdi. Onasi 
shu paytda kelib qolib, uni erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning 
paydo bolishiga kuchli sababchi boladi, shuning uchun ham bola­
da ko‘z yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo boladi. 0 ‘quvchi- 
dagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yoli bi- 
langina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada qarama-qarshi hislarni 
tug‘dirish yoli bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin. 
Masalan, birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning 
o‘z kuchiga ishonmaganligida bolsa, unga oson bajara oladigan va- 
zifalarni berish kerak. Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar 
tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalishi bolada ijobiy hislarning 
tugllishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning 
uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy his­
lar, o‘rtoqlik, do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanpar- 
varlik, vijdoniy burch hissi va shu kabi hislar paydo boladi va 
o'sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, o‘qish 
mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o'qituvchining 
shaxsiy namunasi ta’sir ko'rsatadi. 0 ‘qishning boshida aynan shu
313


o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p 
axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi. Birinchi vaqtlar- 
da o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina bog‘langan 
bo‘ladi. 0 ‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari 
qaratilgan markaziy figura bolib hisoblanadi. Bilimli, mahorat- 
li, bolalarni sevuvchi pedagog o'qishning keyingi bosqichlari- 
da ham o‘quvchilarining o‘ziga bolgan shunday munosabatini 
saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat, bogliqlik usto- 
zi va sinf jamoasi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bolinadi. Shunga 
qaramasdan boshlanglch sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy 
avtoritet hisoblanadi. U o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hur- 
mat bilan gapiradi. 0 ‘qituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bi­
lan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun 
tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa 
bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bola­
lar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan oltoqlariga yordam berish­
ga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli 
boladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchi- 
liklarni: o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining 
darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona- 
larning qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda 
bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengish- 
ga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi 
sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida 
yoki o‘ziga yolglz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda 
o'rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bolib qolishi 
bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida toliq his etayotganidan va 
oltoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni 
idrok qilish jarayonida namoyon boladi. Uchinchi sinfga borib 
bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat mazmuniga, balki 
o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni 
o‘qiyotganlarida va kinofilmlarni ko‘rayotganlarida bolalar aso­
san asar qahramonlarining axloqiy sifatlarini baholaydilar. Ba-
314


diiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsa- 
tilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bolgan taqdirdagina kichik 
maktab yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga 
emotsional baho bera oladilar.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin