Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Э.Эриксон. Детство и общество



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Э.Эриксон. Детство и общество
435


19.6. Keksalik davrida yetakchi faoliyat va rivojlanishning
ijtimoiy shart-sharoitlari
Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoq- 
lashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi 
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir. Kek- 
salarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining 
ijtimoiy vaziyatini to liq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson 
quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qo­
lish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining 
qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal 
qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu mos- 
lashuv strategiyasini — o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifati­
da saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning 
strategiyasiga bogliq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifa­
tida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘nal- 
tirilishi mumkin.
«Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tash­
qi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida
egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqm aslik 
kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda 
namoyon boladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini «passiv kek­
sayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb ata- 
shadi. Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni 
jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. 
Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan 
iborat boladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom 
ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilish- 
lari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ul- 
lanishlari mumkin.
0
‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan 
mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bolish, ya- 
qinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlik- 
ni his qilish zarur.
436


N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davr- 
larning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib 
0
‘tgan1.
I. 
Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqqun- 
cha) - nafaqaga tayyorlanish.
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq 
dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining 
to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilish- 
ni bilmaslik, noaniqlik;
— asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari 
uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni seza- 
di, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan 
kechroq chiqazishlariga umid qiladi;
— yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabi- 
ralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun «foydali», ik­
kinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qa- 
rab qolganida «kerak emasligini» his qilish;
— ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish.
2. Yetakchi faoliyat:
— ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin 
«Yaxshi nom» qoldirishga intilish;
— o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish;
— nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini mak- 
simal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham 
shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin;
— nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini 
rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi.
II. 
Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) — 
bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilar- 
da namoyon boladi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin