Ian belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan
tenglashtiriladi, ya’ni har qanday bilim, ko‘nikma, malakani
egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga
kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan.
B.F.Skinner g‘oyalari juda keng amaliy ahamiyatini top-
di. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy
qo‘llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ
xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qil
gan. Ular taklifining aniq sohalari o‘rtasida turli xil ko‘rinish-
dagi qo‘rquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga o‘rnashib
qoladigan) holatlarni yengib o‘tish destruktiv xulq-atvorni
o‘zgartirish muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, o‘ziga ishonch-
ni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo‘riqishlari, migren, xa-
votirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o‘tkazish. Ope
rant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga,
ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham
qo‘llaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibi-
lyatsiya», «to‘xtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng
mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda das-
turlashtirilgan o‘qitish B.F.Skinner tomonidan o‘ylab chiqilgan
tamoyillarga asoslanadi. Ko‘pgina mutaxassislar «Xulq-atvor
ko‘rinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, bi
roq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmi-
ga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri,
hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta’kidlaydilar va bu metodni
haddan ziyod keng qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlan-
tiriladi.
Dostları ilə paylaş: